Connect with us

Iqtisodiyot

Yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar sotuvi avtomatik cheklanadi

Published

on


2026 yil 1 martdan e’tiboran, markirovkalangan tovarlar (dori vositalari, salqin ichimliklar va boshqalar)ning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning sotuvi do‘kon (dorixona) kassasida to‘xtatib qolinadi: tovarni nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazib bo‘lmaydi. Bu holatda tizim yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni avtomatik aniqlab, chek shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

2026 yil 1 martdan e’tiboran raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi. Bu 6 oktyabrda qabul qilingan 296-sonli prezident qarorida nazarda tutilgan.

“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etilgan. Yangi tartib bilan, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar savdosi avtomatik cheklanadi: bunday tovarlarga chek shakllantirib bo‘lmaydi.

Davlat soliq qo‘mitasi Kun.uz’ga bu tizim qanday ishlashini tushuntirib berdi.

Amaldagi tartibga asosan, markirovkalanadigan mahsulotlarga raqamli markirovka kodlarini biriktirishda ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mahsulot bo‘yicha to‘liq ma’lumot “Asl belgisi” avtomatlashtirilgan tizimiga kiritish uchun “CRPT Turon” MChJga taqdim etiladi. Bu ma’lumotlar mahsulot nomi, qiymati, miqdori, ishlab chiqarilgan sana, yaroqlik muddati va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Misol uchun, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar tomonidan mijozga mahsulotni sotishda 2D skaner orqali o‘qitishda mazkur mahsulotdagi markirovka kodi “Asl belgisi” ATdan olingan ma’lumotlar bilan solishtirilib, yaroqlik muddati o‘tgan bo‘lsa, onlayn-NKT ekranida “mahsulot yaroqli muddati o‘tgan” yozuvi paydo bo‘ladi.

Shu tariqa, agar tizim mahsulotning muddati o‘tgan deb topsa, u mahsulotga chekni shakllantirishga avtomatik tarzda yo‘l bermaydi.

Soliq qo‘mitasining tushuntirishicha, bunday tovarlar tizimda “bloklangan” deb belgilanganidan so‘ng, ishlab chiqaruvchi yoki do‘kon egasi yaroqsiz holga kelgan tayyor mahsulotning qiymatini hisobdan chiqarishi kerak.

“Tovarlar yaroqsiz holatga kelgani aniqlangan bo‘lsa, majburiy inventarizatsiya o‘tkazish kerak. Uning natijalariga binoan hisobdan chiqarish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Tovarlarning buzilishidan ko‘rilgan zararlar korxonaning boshqa operatsion xarajatlariga kiritiladi (9430-schyot)”, – deyiladi Soliq qo‘mitasi izohida.

Ma’lumot uchun, majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan tovarlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi:


dori vositalari va tibbiy buyumlar;
suv va salqin ichimliklar;
maishiy texnikalar;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?

Published

on



O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?

Published

on


2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.

Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.

Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?

Published

on



Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar soni 21 mingga yaqinlashdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi biznes subyektlari soni sezilarli ko‘payganini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.

Xitoyga tegishli xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatlar reytingida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan.

Rossiya 3 512 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda, Turkiya esa 2 327 ta korxona bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston — 1 321 ta va Janubiy Koreya — 730 ta korxona bilan egallagan.

Shuningdek, Afg‘onistonda 706 ta, Ozarbayjonda 492 ta, Tojikistonda 467 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 453 ta va Hindistonda 439 ta korxona qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 3 trln so‘mga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Yarim yillik natijalar farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sganini ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 1,8 trln so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Sirdaryo viloyati 443,6 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida 226,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Namangan viloyatida ishlab chiqarish hajmi 169,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 116,9 mlrd so‘m, Andijonda 71,4 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Farg‘onada 53,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 49,3 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 15,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 12,1 mlrd so‘m, Buxoroda 7,8 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan. Jizzax va Navoiy viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 0,1 mlrd so‘mdan qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.