Connect with us

Sport

Mbappe gol urdi va jarohat oldi, Qozog‘istonda yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari

Published

on


Germaniya guruhida birinchi o‘ringa chiqib oldi, Shvetsiya o‘z guruhida oxirgi o‘rinda. JCh-2026 saralashi doirasida Yevropada payshanba oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.

A guruhi

Kimmih Bekkenbauer bilan tenglashib oldi

Germaniya – Lyuksemburg 4:0

Gollar: Raum, 12 (1:0). Kimmih, 21 – penalti (2:0). Gnabri, 48 (3:0). Kimmih, 51 (4:0)

Germaniya: Baumann, Ta, Shlotterbek (Anton, 46), Raum (Braun, 82), Kimmih, Pavlovich, Goretska, Virs, Adeyyemi (Baku, 61), Gnabri (Bayyer, 68), Voltemade (Burkardt, 61)

Lyuksemburg: Mori, Korats, Maxmutovich, Karlson, Yans, Martins (S. Till, 77), Olesen (Dzogovich, 87), Barreyru, Bonert (Veyga, 46), Moreyra (O. Till, 67), Dardari (Selimovich, 67)

Ogohlantirish: Martins, 60

Chetlatish: Karlson, 20

Bu o‘yindagi intriga atigi 12 daqiqa saqlanib turdi. Avvaliga arbitr Voltemadening golini hujum davomida to‘pga qo‘l bilan o‘ynalgani uchun bekor qilgandi, ammo ko‘p o‘tmay David Raum jarima zarbasidan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi. Yetti daqiqa o‘tib Lyuksemburg o‘n kishi bo‘lib qoldi, Yozua Kimmih esa penaltini aniq ijro etdi. Tanaffusdan keyin mezbonlar kamtar raqibni uzil-kesil tor-mor etishdi. Serj Gnabri va Kimmih uch daqiqa oralig‘ida ikki gol urishdi. Shu kuni dubl qayd etgan bavariyalik futbolchi milliy jamoa safidagi o‘yinlari soni bo‘yicha afsonaviy Frans Bekkenbauer bilan tenglashib oldi (104). Saralash bosqichini mag‘lubiyat bilan boshlagan Germaniya esa allaqachon birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shimoliy Irlandiya – Slovakiya 2:0

Gollar: Groshovski, 18 – avtogol (1:0). Hyum, 81 (2:0)

Shimoliy Irlandiya: Pikok-Farrell, Makneyr, Hyum, Ballard, Gelbreyt (Spenser, 85), Makkann, Sh. Charlz, Devenni, Bredli (Magennis, 90+2), Prays, Rid (D. Charlz, 71)

Slovakiya: Dubravka, Shatka, Shkrinyar, Obert, Dember, Groshovski (Benesh, 89), Duda (Garaslin, 63), Bero, Sauer (Tupta, 82), Shrans (Rigo, 63), Strelets (Mraz, 89)

Ogohlantirishlar: Ballard, 60. Bredli, 76

Birinchi turda Germaniyani mag‘lub etgan Slovakiya esa nisbatan kuchsiz raqiblarga qarshi ishonchsiz harakat qilmoqda. Sentyabrdagi ikkinchi o‘yinda Franchesko Kalsona shogirdlari Lyuksemburg bilan o‘yinning so‘nggi daqiqalarida qiyinchilik bilan g‘alabani qo‘lga kiritgandi (1:0), endi esa Belfastda katta muammoga duch keldi. Shimoliy Irlandiya birinchi bo‘limda birgina gol bilan cheklangani mehmonlarning omadi kelgandi. Masalan, Rid bir necha metr masofadan turib to‘g‘ri zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin slovaklar jonlandi va vaziyatlar yarata boshladi. Ammo nemislar darvozasiga bir gol urgan va bir golga assistentlik qilgan David Strelets bu o‘yinda yakkama-yakka vaziyatni ko‘kka sovurdi. O‘yin oxirida esa tajribali Martin Dubravka to‘pga chiqishda muvaffaqiyatsiz harakatlandi, undan qaytgan to‘pga Tray Ham ega chiqdi va amalda bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi.

Endilikda guruhdagi uchta jamoada bir xil – oltitadan ochko bor. Slovaklar to‘plar nisbatiga ko‘ra uchinchi o‘ringa quladi, keyingi turda Shimoliy Irlandiya va Germaniya guruh peshqadamligi uchun maydonga chiqadi.

13 oktyabr. Shimoliy Irlandiya – Germaniya, Slovakiya – Lyuksemburg.

D guruhi

Sardorning rekordi

Fransiya – Ozarboyjon 3:0

Gollar: Mbappe, 45+2 (1:0). Rabio, 69 (2:0). Toven, 84 (3:0)

Fransiya: Menyan, Upamekano, Saliba, Ernandez, Gyusto, Rabio (Kamavinga, 70), Tyuram, Olise (Akliush, 70), Ekitike (Nkunku, 79), Koman (Mateta, 79), Mbappe (Toven, 83)

Ozarboyjon: Magomedaliyev, Mustafozoda, Krivotsyuk, Badalov, Jafarguliyev, Aliyev (Mammadov, 70), Maxmudov, Xaybulayev (Dashdamirov, 78), Ahmadzoda (Gurbanli, 61), Bayramov (Xachayev, 78), Emreli (Oxunzoda, 70)

Ogohlantirishlar: Rabio, 63 – Bayramov, 26. Ahmadzoda, 52

Ko‘p sonli jarohatlar tufayli bu o‘yinda Fransiya hujum chizig‘i kutilmagan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin edi, ammo Mbappe tibbiyot xodimlarining prognozlariga ters o‘laroq «Real»da olgan jarohatidan tez tuzaldi va maydonga tushishga tayyor bo‘ldi. Ozarboyjon nomdor raqibga qarshi bir bo‘lim turib berdi, ammo bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda aynan Mbappe raqib mudofaasidan teshik topa oldi. Aniqrog‘i uning o‘zi uch himoyachini aldab o‘tib, bu mudofaani yorib o‘tdi va Ekitike bilan devor uslubida o‘ynaganidan keyin ideal zarbasi bilan to‘pni olis burchakka yo‘naltirdi. Mbappe terma jamoada qatorasiga beshinchi o‘yinda gol urib, o‘z rekordini takrorladi, u shuningdek, klubdagi o‘yinlar ham hisobga olinganda qatorasiga o‘n rasmiy o‘yinda gol urish orqali faoliyatidagi eng yaxshi davrni o‘tkazmoqda.

U ikkinchi bo‘limda Rabioning goliga ham assistentlik qildi. Ammo u maydonga qaytishga shoshilib, xato qilgan bo‘lishi mumkin, hujumchi o‘yin oxirida kuchli og‘riq tufayli gazonga yotib olib, o‘zini almashtirishni so‘radi va Madriddagilarni qattiq xavotirga soldi. «Uchranglilar» Parijda autsayderga qarshi o‘yinda usiz ham g‘alaba qozongan bo‘lardi, ikki kun o‘tib Islandiyada bo‘ladigan o‘yinda esa uning xizmatiga ko‘proq ehtiyoj tug‘iladi.

Islandiya – Ukraina 3:5

Gollar: Malinovskiy, 14 (0:1). Ellersson, 35 (1:1). Gutsulyak, 45 (1:2). Malinovskiy, 45+5 (1:3). Gudmundsson, 59 (2:3). Gudmundsson, 75 (3:3). Kalyujniy, 85 (3:4). Ocheretko, 88 (3:5)

Islandiya: Oulafsson, Gretarsson, Ingason, Ellersson (Tordarson, 86), Palsson, Yoxannesson (Vidlyumsson, 86), Haraldsson, Gudmundsson, Torsteynsson (Tomasson, 70), Magnusson (Hlinsson, 70), Gudyonsen (Anderson, 86)

Ukraina: Trubin, Zabarniy, Matviyenko, Mikolenko, Konoplya, Kalyujniy, Malinovskiy (Bondarenko, 86), Shaparenko (Ocheretko, 70), Sudakov (Voloshin, 39), Gutsulyak (Veleten, 86), Vanat (Dovbik, 70)

Ogohlantirishlar: Gudyonsen, 41 – Matviyenko, 65. Konoplya, 68. Mikolenko, 83. Ocheretko, 90

Yevropa saralashi doirasida kunning eng gollarga boy uchrashuvi Islandiyada bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar 0:1 va 1:3 hisoblaridan keyin kambek qilishgandi, ammo 85- va 88-daqiqalarda gollar o‘tkazib, baribir mag‘lubiyatga uchrashdi. Ruslan Malinovskiy dubl qayd etdi, g‘alaba golini Ivan Kalyujniy urdi. E’tiborli tomoni, 2022 yilda u Islandiyaning «Keblavik» klubida o‘ynagandi. Bu g‘alaba evaziga Ukraina guruh jadvalida Islandiyani quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

13 oktyabr. Islandiya – Fransiya, Ukraina – Ozarboyjon.

J guruhi

Qozog‘iston yangi murabbiy bilan g‘alaba qozondi

Qozog‘iston – Lixtenshteyn 4:0

Gollar: Kenjyebek, 26 (1:0). Zaynutdinov, 28 (2:0). Kenjyebek, 59 (3:0). Qosim, 81 (4:0)

Qozog‘iston: Seysen, Alip (Jumaxanov, 82), Qosim, Vorogovskiy (Jagorov, 75), Kairov, Kuat, Zaynutdinov (Sviridov, 62), Orazov (Jukov, 75), Kenjyebek (Karaman, 62), Samorodov, Chesnokov

Lixtenshteyn: Byuhel, Hofer, Geppel, Shlegel (Vayssenhofer, 70), Zele (Mayyer, 70), A. Hasler (Volfinger, 60), Lyuhinger, Tsyund, N. Hasler, Lyuk-Notaro (Salanovich, 90), Kindl (Saglam, 46)

Ogohlantirishlar: Samorodov, 31. Zaynutdinov, 41 – Hofer, 1. Tsyund, 72

Stanislav Cherchesov o‘rniga Qozog‘iston milliy jamoasi boshqaruviga tayinlangan Ali Aliyev sentabr oyidagi ikki mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqarildi, ushbu mutaxassisning so‘nggi o‘yinida Belgiyadan o‘ta og‘riqli mag‘lubiyat qabul qilib olindi (0:6). Federatsiya hozirda yangi kouch qidirmoqda, hozircha jamoani Talgat Baysufinov v.b sifatida boshqarib turibdi. Bu 57 yoshli murabbiy oldin ham, JCh-2018 va JCh-2022 saralashlarida terma jamoa bilan ishlagan.

Lixtenshteyn bilan o‘yinda Kenjyebek o‘zini ko‘rsatdi, u Uels bilan o‘yinda ham o‘zining faolligi bilan ajralib turgandi. Ammo o‘shanda unga bir necha vaziyatda aniqlik yetishmagandi, juma oqshomida esa u ikki bor chiroyli zarbasi bilan to‘pni olis «to‘qqizlik»ka yo‘lladi, shuningdek, ikkinchi golni urgan Zaynutdinovga ideal pas berdi. O‘yin ozirida esa himoyachi Qosim hisobni yanada yiriklashtirdi, u Lixtenshteynga qarshi birinchi o‘yinda darvoza chizig‘i ustida to‘pni to‘xtatib qolgani bilan yodda qolgandi.

Endi ochkolari sonini oltitaga yetkazib olgan qozog‘istonliklar keyingi turda makedonlar maydonida bir bosh baland sakrab g‘alaba bilan qaytadigan bo‘lsa, yo‘llanma uchun kurashga qo‘shiladi.

Belgiya – Shimoliy Makedoniya 0:0

Belgiya: Kurtua, Debast, Teat, De Keyper (Mene, 89), Kastan (Seys, 89), Raskin, De Breyne, Vanaken (Onana, 74), Doku, Salemakers (Openda, 59), Trossar (Fofana, 74)

Shimoliy Makedoniya: Dimitriyevski, Stoychevski (Despotovski, 74), Musliu (Velkovski, 84), Alioski, Zaykov, Bardi, Atanasov (Alimi, 74), Kostadinov, Elmas, Ashkovski (Churlinov, 46), Miovski (Ristovski, 57)

Ogohlantirishlar: Salemakers, 6. Teat, 68. De Breyne, 79 – Ashkovski, 30. Kostadinov, 87

Belgiya makedonlarga qarshi o‘yinning 75 foiz qismida to‘pga egalik qildi, 25 bor zarba berdi, xG bo‘yicha 2,84 ko‘rsatkichini qayd etdi, ammo hisobni ocha olmadi. De Bryuynening uzoq masofadan yo‘llagan zarbalaridan ham naf bo‘lmadi, Openda esa yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Mezbonlarda aniqlik pand berdi, shuncha zarbadan faqat uchtasi darvoza sohasiga to‘g‘ri bordi. Shimoliy Makedoniya Gentga bir maqsadda tashrif buyurgandi – gol o‘tkazmaslik. Jamoa bu maqsadiga erishdi va birinchi o‘rinda qoldi (Belgiyaga qaraganda bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan).

Keyingi turda Rudi Garsiya shogirdlarini Uels maydoniga qiyin safar kutmoqda, Shimoliy Makedoniya esa Qozog‘istonni qabul qiladi.

13 oktyabr. Shimoliy Makedoniya – Qozog‘iston, Uels – Belgiya.

V guruhi

Shveytsariya ilgarilab ketdi, Shvetsiya so‘nggi o‘rinda

Shvetsiya – Shveytsariya 0:2

Gollar: Jaka, 65 – penalti (0:1). Manzambi, 90+4 (0:2)

Shvetsiya: Yohansson, Hin, Gudmundsson, Lagerbilke, Bergvall (Barji, 85), Chelstrem (Saletros, 65), Ayyari, Sema (Holm, 72), Bernhardsson (Svensson, 72), Isak, Yokeresh

Shveytsariya: Kobel, Elvedi, Akanji, Rodriges, Vidmer (Hakes, 74), Jaka, Rider (Sou, 59), Froyler, Vargas (Manzambi, 84), Ndoy, Embolo

Ogohlantirishlar: Lagerbilke, 90 – Akanji, 49

Sentyabrdagi ikki o‘yinda atigi bir ochko olgan Shvetsiya halokat yoqasiga kelib qolgan. Darvozabonning seyvlari hamda Embolo vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishda davom etishi bo‘lmaganida, skandinavlar dastlabki yigirma daqiqalikdayoq taslim bo‘lib ulgurgan bo‘lardi.

Mezbonlar raqibning shiddatli hujumlaridan omon chiqib oldi, ammo o‘z vaziyatlaridan ham foydalana olmadi. Isakning zarbasidan keyin to‘p ustunga bordi, shvedlarning yana bir hujumi esa ancha vaqtgacha eslab yuriladigan epik ko‘rinishni yuzaga keltirdi. Maydon markazida to‘pni egallab olgan Yokeresh va himoyachilardan qochib ketgan Isak Bergval gol urishi uchun barcha ishni qilishgandi. Ammo «Tottenhem» futbolchisi bo‘sh darvoza qarshisida turib to‘pga zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa Sou jarima maydonida yiqitildi va Jaka belgilangan penaltini aniq ijro etdi. Hakamning o‘yin yakunlangani to‘g‘risidagi hushtagi chalinishi arafasida Shveytsariya rikoshet orqali hisobdagi ustunligini oshirdi.

Kosovo – Sloveniya 0:0

Kosovo: Murich, Aliti, Xaydari, Gallapeni (Sadriu, 88), Krasnichi, Avdullaxu, Redjbechay (Berisha, 50), Voyvoda, Rraxmani (Rashitsa, 77), Musliya (Jyegrova, 88), Murichi (Asllani, 77)

Sloveniya: Oblak, Biyol, Drkushich, Karnichnik, Brekalo, Elshnik, Gnezda Cherin, Stoyanovich (Yanja, 71), Seshlar (Xorvat, 71), Gradishar (Vipotnik, 63), Sheshko

Ogohlantirishlar: Aliti, 48. Avdullaxu, 79 – Seshlar, 21. Elshnik, 46

Bu o‘yin natijasini Shvetsiya uchun ham, Shveytsariya uchun ham qoniqarli deyish mumkin. Butun o‘yin davomida ikki jamoa jami ikki marta darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan zarba yo‘lladi – shuning o‘zi o‘yin haqida ko‘p narsani aytadi. Kosovo birinchi davrani guruh jadvalining ikkinchi pog‘onasida yakunlamoqda, Sloveniya – uchinchi o‘rinda. Shveytsarlar tez orada JCh yo‘llanmasini kafolatlaydi, qolgan uch jamoa ikkinchi o‘rin orqali pley-offga chiqishga harakat qiladi.

13 oktyabr. Sloveniya – Shveytsariya, Shvetsiya – Kosovo.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi

Published

on


«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida himoyachi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya jamoasiga o‘tishini tasdiqladi.

«Abdumajidov 1 yanvardan e’tiboran “Brest” a’zosiga aylanadi, shartnoma imzolangan. Shunchaki Muhammadrasulning o‘zi jamoada qolib, yordam berishni istadi.

Agar ular oldinroq xat jo‘natishganida, balki, uni Fransiyaga jo‘natar edik. O‘tgan yili Muhammadali O‘rinboyevni Belgiya jamoasiga bergandik», — dedi Tojiyev.

Avvalroq tarmoqda «Paxtakor» rahbariyati futbolchining Fransiya klubiga o‘tishiga ruxsat bermagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shundan so‘ng klub Fransiyadan taklif kech yetib kelgani va O‘zbekistonda transfer davri yopilganini ma’lum qildi. Shu tufayli mazkur transfer bo‘yicha taklif qishda ko‘rib chiqilishi aytilgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi

Published

on


Bugun «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashida O‘zbekiston Biatlon federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaning yangi rahbariyati saylandi.

Konferensiya yakuniga ko‘ra, Husan Botirov O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi. Mansur Mamadaminov birinchi o‘rinbosar, Anvar Kurbaniyazov esa rais o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Yangi rahbariyat federatsiya oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab, O‘zbekiston biatlonini yanada rivojlantirish, sportchilarning xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash va yuqori darajadagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

Xususan, 2027-yilgi Jahon chempionati hamda 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik federatsiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi ta’kidlandi.

Yangi rahbariyat oldida biatlon infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash hamda O‘zbekiston biatlonining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash kabi vazifalar turibdi.



Source link

Continue Reading

Sport

«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Published

on


Afsonaviy futbolchi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Leo ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi maktubni e’lon qildi.

«Finaldan keyingi voqealar va uzoq o‘ylanishlardan so‘ng barchaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu og‘riqli qaror bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Biroq hozir buning uchun eng munosib vaqt ekanini tushunyapman.

Qasam ichaman, men nafaqat so‘nggi yillarda, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan davrimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuchimni berib keldim. Har doim kurashdim va sizlarga quvonch ulashish, futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun ushbu kiyim sharafi uchun borimni berdim.

Vaqt oz qoldi. Yangi boblar ochilmoqda, ammo bu bob menga chuqur og‘riq bermoqda. Men milliy terma jamoada bo‘lishni sevdim, sevaman va har doim sevib qolaman. Bor kuchimni berdim. Endi beradigan boshqa narsam qolmadi.

Bundan tashqari, ortimdan juda iste’dodli yosh futbolchilar kelmoqda va ular terma jamoada bo‘lishga loyiq. 20 yil davomidagi mehringiz uchun rahmat», — deb yozdi Messi.

Messi Argentina terma jamoasida 2005 yildan buyon o‘ynab kelgan. U jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan, shuningdek, 2008 yilgi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Leo bilan Argentina 2014 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida finalga chiqqan. Jamoa 2007, 2015 va 2016 yillardagi Amerika kubogida ham kumush medallarni qo‘lga kiritgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Published

on


Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.

Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.



Source link

Continue Reading

Sport

EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi

Published

on


UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.

Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.

Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.

1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.

Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.

Manba: UEFA



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.