Connect with us

Sport

«Ilk jiddiy chaqiriq» –​​​​​​​ xorij matbuoti Kannavaroning O‘zbekistonga kelishi haqida

Published

on


Ko‘plar bu tayinlovni iliq qarshilagan, shu bilan bilan birga, ishonchsizlik bildirganlar ham yo‘q emas.

Foto: Olimpiya qo‘mitasi

Italiya safida 2006 yilgi mundial chempioni bo‘lgan Fabio Kannavaro oradan 20 yil o‘tib murabbiy sifatida jahon chempionatida ishtirok etadi. Italiyalik mutaxassisning O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi chet el matbuotida qanday kutib olindi? Kun.uz bu boradagi munosabatlarni bir sahifaga jamladi.

O‘z vaqtida Italiya milliy jamoasida Kannavaro bilan yelkama-yelka to‘p tepgan, hozirda esa ushbu jamoani boshqarayotgan Jyennaro Gattuzo ushbu tayinlov haqida o‘z uslubida hazil qildi.

«Men Kannavaroga qo‘ng‘iroq qildim: Bu nimasi endi? Atir sepding, sochingni gellading va jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu yerda yo‘llanma uchun kurashib yotibman», – degan sobiq futbolchi. 

FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu tayinlovga birinchilardan bo‘lib reaksiya bildirdi. Futbol amaldori Kannavaroni mundial ishtirok etishi bilan qutladi. Shu bilan birga, Infantino Kannavaroning Italiya sardori sifatida 20 yil avval mazkur musobaqa bosh sovrinini ko‘targani, endi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida mundialda ishtirok etishini alohida qayd etdi.

Yaqin o‘tmishning eng taniqli murabbiylaridan biri, italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello esa «Kannavaroning tayinlanishi – juda yaxshi tanlov» bo‘lganini bildirdi. 

«U juda katta tajribaga ega va aniq O‘zbekiston milliy jamoasiga yordami tegadi», – deydi Italiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi.

Ispaniyaning mashhur AS nashri jurnalisti Alexandro Sato ushbu tayinlov haqida yozarkan, «Kannavaro murabbiy sifatida ilk jiddiy chaqiriqqa duch kelgani»ni ta’kidlagan. U italiyalik mutaxassisning oldida rivojlanish bosqichidagi jamoadan raqobatbardosh loyiha yaratishdek qiziqarli, ayni paytda juda murakkab vazifa turganini qayd etdi.

Amerikaning FoxSpors nashri Kannavaro tayinlovi haqida e’lon qilgan maqolada «bu o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochilishi» ekani keltirilgan.

Shu bilan birga, ispaniyalik futbol sharhlovchisi, jurnalist Xose David Lopes Kannavaroning tayinlanishi «katta xato» bo‘lgani haqida yozdi. 

Taniqli futbol karikaturachisi Omar Mo‘maniy hali Kannavaro tayinlanmasidan turib, ushbu voqeaga ham o‘z uslubida munosabat bildirib ulgurgandi. U Kannavaroning O‘zbekiston bosh murabbiyi bo‘lishidan hammadan ham ko‘proq Abduqodir Husanovning xursand bo‘lishini yozgandi. Bu bilan u Kannavaro ham Husanov kabi markaziy himoya chizig‘ida to‘p tepganiga ishora qilgan.

Ta’kidlash joiz, tarmoqlarning inglizzabon segmentida «Manchester Siti» muxlislari Kannavaroning O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘lganidan xursand ekanini yashirib o‘tirmayapti. «Shaharliklar» muxlislari Abduqodir Husanovning Kannavarodan ko‘p narsa o‘rganishiga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi bilan 2+3 sxemasida, ya’ni keyinroq 3 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma tuzilgan. Unga murabbiylar shtabida vatandoshlari – Aujyenio Albarayella, Troize Fransesko va Antonio Klimenti yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Kannavaro futbolchi sifatida Italiyaning qator klublarida, xususan, «Napoli», «Inter» va «Yuventus»da to‘p surgan, 2006–2009 yillarda Madridning «Real» klubi a’zosi bo‘lgan. U 2006 yilgi jahon chempionatida Italiya milliy jamoasi bilan g‘olib chiqqan, o‘sha mavsum yakunida «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgan. U hozirgacha ushbu mukofotga ega chiqqan yagona himoyachi bo‘lib qolmoqda.

Ammo uning murabbiylik faoliyati u qadar yorqin kechmagan. Uning dastlabki ish joyi Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi bo‘lgan (2014-2015), keyinroq Saudiya Arabistonining «An-Nasr» (2015-2016), Xitoyning «Tyanszin» (2016-2017), «Guanjchou» (2017-2021) klublarida ishlagan, 2019 yilda bir muddat Xitoy milliy jamoasini boshqargan, so‘ngra Italiyaning «Benevento» (2022-2023) hamda «Udinize» (2024) klublarida faoliyat yuritgan. So‘nggi ish joyi Xorvatiyaning «Dinamo» Zagreb klubi bo‘lib turgandi. U 2024 yil dekabrida ushbu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan, ammo 2025 yil aprelida qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilgan edi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi

Published

on


«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida himoyachi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya jamoasiga o‘tishini tasdiqladi.

«Abdumajidov 1 yanvardan e’tiboran “Brest” a’zosiga aylanadi, shartnoma imzolangan. Shunchaki Muhammadrasulning o‘zi jamoada qolib, yordam berishni istadi.

Agar ular oldinroq xat jo‘natishganida, balki, uni Fransiyaga jo‘natar edik. O‘tgan yili Muhammadali O‘rinboyevni Belgiya jamoasiga bergandik», — dedi Tojiyev.

Avvalroq tarmoqda «Paxtakor» rahbariyati futbolchining Fransiya klubiga o‘tishiga ruxsat bermagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shundan so‘ng klub Fransiyadan taklif kech yetib kelgani va O‘zbekistonda transfer davri yopilganini ma’lum qildi. Shu tufayli mazkur transfer bo‘yicha taklif qishda ko‘rib chiqilishi aytilgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi

Published

on


Bugun «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashida O‘zbekiston Biatlon federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaning yangi rahbariyati saylandi.

Konferensiya yakuniga ko‘ra, Husan Botirov O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi. Mansur Mamadaminov birinchi o‘rinbosar, Anvar Kurbaniyazov esa rais o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Yangi rahbariyat federatsiya oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab, O‘zbekiston biatlonini yanada rivojlantirish, sportchilarning xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash va yuqori darajadagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

Xususan, 2027-yilgi Jahon chempionati hamda 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik federatsiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi ta’kidlandi.

Yangi rahbariyat oldida biatlon infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash hamda O‘zbekiston biatlonining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash kabi vazifalar turibdi.



Source link

Continue Reading

Sport

«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Published

on


Afsonaviy futbolchi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Leo ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi maktubni e’lon qildi.

«Finaldan keyingi voqealar va uzoq o‘ylanishlardan so‘ng barchaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu og‘riqli qaror bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Biroq hozir buning uchun eng munosib vaqt ekanini tushunyapman.

Qasam ichaman, men nafaqat so‘nggi yillarda, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan davrimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuchimni berib keldim. Har doim kurashdim va sizlarga quvonch ulashish, futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun ushbu kiyim sharafi uchun borimni berdim.

Vaqt oz qoldi. Yangi boblar ochilmoqda, ammo bu bob menga chuqur og‘riq bermoqda. Men milliy terma jamoada bo‘lishni sevdim, sevaman va har doim sevib qolaman. Bor kuchimni berdim. Endi beradigan boshqa narsam qolmadi.

Bundan tashqari, ortimdan juda iste’dodli yosh futbolchilar kelmoqda va ular terma jamoada bo‘lishga loyiq. 20 yil davomidagi mehringiz uchun rahmat», — deb yozdi Messi.

Messi Argentina terma jamoasida 2005 yildan buyon o‘ynab kelgan. U jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan, shuningdek, 2008 yilgi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Leo bilan Argentina 2014 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida finalga chiqqan. Jamoa 2007, 2015 va 2016 yillardagi Amerika kubogida ham kumush medallarni qo‘lga kiritgan.



Source link

Continue Reading

Sport

Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Published

on


Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.

Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.



Source link

Continue Reading

Sport

EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi

Published

on


UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.

Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.

Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.

1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.

Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.

Manba: UEFA



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.