Connect with us

Iqtisodiyot

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida eksport salohiyati kengaytiriladi

Published

on


“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 ishlab chiqarish hajmi 9 foizga o‘sishini ta’minlash va 146 trln so‘mga yetkazish;

🔹 eksportni 3,3 mlrd AQSh dollariga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali 2022–2023 yillar paxta hosiliga ajratilgan kreditlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha garov ta’minotini mol-mulk bilan to‘liq ta’minlagan klasterlarga:

🔸 2025 yil 1 avgustdan faqat asosiy qarzni to‘lashga hamda asosiy qarz tugagandan keyingi 12 oyda teng ulushlarda foiz to‘lashga ruxsat etiladi;

🔸 to‘lov grafigi bo‘yicha ham asosiy qarz, ham foizini o‘z vaqtida to‘lagan klasterlarga ushbu kreditlar bo‘yicha Jamg‘armaga joriy yil 1 avgustdan keyin undirilgan foiz summasining 50 foizi qaytarib beriladi;

🔸 2025 yil 1 avgust holatiga to‘lanmagan foizlarga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqariladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda chakana savdo hajmi 210 trln so‘mdan oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 210,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,7 foizga oshgan.

1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda chakana savdo sohasida 88 686 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Hisobot davrida ulgurji savdo tovar aylanmasi 209,4 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizlik o‘sishni anglatadi.

1-iyun holatiga respublika bo‘yicha ulgurji savdo sohasida 55 216 ta tijorat korxonasi faoliyat olib bormoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotni aniqlovchi yangi platforma yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


O‘zbekistonda 2026 yil oxirigacha “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” raqamli platformasi ishga tushiriladi. Yangi tizim yashirin iqtisodiyot bilan bog‘liq xavflarni avtomatik aniqlash, nazorat ishlarini samarali tashkil etish hamda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Prezidentga yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti doirasida “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” raqamli platformasini ishga tushirish loyihasi tanishtirildi va ma’qullandi.

Ma’lum qilinishicha, platformaga 16 ta vazirlik va idoraning axborot tizimlari integratsiya qilinadi. Bu ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish va tahlil qilish imkonini beradi.

Tizim 22 ta iqtisodiyot tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta hudud va 208 ta tumanni qamrab oladi. U 100 dan ortiq xavf mezonlari asosida sohalar va hududlarni avtomatik tarzda «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratadi.

Platforma litsenziyasiz faoliyat yuritish, haqiqiy tovar aylanmasini yashirish, ish o‘rinlari va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini kam ko‘rsatish, shuningdek, rentabellik va foydani sun’iy ravishda pasaytirish kabi holatlarni avtomatik tarzda aniqlaydi.

Taqdimotda qayd etilishicha, so‘nggi ikki yilda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 35 foizdan 23 foizgacha qisqargan. Bu hisobidan davlat budjetiga qo‘shimcha 38 trillion so‘m tushum ta’minlangan, rasmiy band aholi soni 8,5 million nafardan oshgan, o‘rtacha oylik ish haqi esa qariyb 6,5 million so‘mga yetgan.

2030 yilga qadar yashirin iqtisodiyot hajmini yana ikki barobar qisqartirish, band aholi sonini 14 million nafarga yetkazish hamda naqdsiz to‘lovlar ulushini 75 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, platformaning tahliliy imkoniyatlari nazorat organlari faoliyatini aniq yo‘naltirish, inson omilini kamaytirish va muammolarni tuman darajasidan respublika miqyosigacha tezkor yetkazish imkonini yaratadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston eng ko‘p giloslarni Rossiyaga eksport qilmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 36,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 16,8 ming tonna gilos eksport qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga kamaygan.

Shu bilan birga, o‘zbek gilosi tashqi bozorlarda talabgirligini saqlab qolgan bo‘lib, eksport geografiyasi 11 ta mamlakatni qamrab oldi.

Hisobot davrida O‘zbekistondan eng ko‘p gilos Rossiyaga eksport qilindi. Bu mamlakatga 11,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.

Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iz Respublikasi bo‘lib, ushbu davlatga 2,6 ming tonna gilos eksport qilingan.

Shuningdek, Qozog‘istonga 2 ming tonna, Belarusga 135,3 tonna, BAAga 116,7 tonna, boshqa davlatlarga esa jami 140 tonna gilos yetkazib berilgan.

Statistika ma’lumotlari Rossiya bozori O‘zbekiston gilosi uchun asosiy eksport yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Eksport qilingan mahsulotning katta qismi aynan ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi

Published

on


Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) prognoziga ko‘ra, 2026–2027 yillarda ham Hindiston dunyodagi eng tez o‘sadigan yirik iqtisodiyot maqomini saqlab qoladi. Indoneziya ikkinchi, Xitoy esa uchinchi o‘rinni egallashi kutilmoqda.

IHTT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2026 yilda 2,8 foizga, 2027 yilda esa 3,1 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. G20 davlatlari iqtisodiyoti esa har ikki yilda ham o‘rtacha 3 foizlik o‘sishni namoyon qilishi kutilmoqda.

Tashkilot prognoziga ko‘ra, Hindiston eng yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlab qoladi. Agar 2025 yilda mamlakat YaIM 7,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 6,3 foiz, 2027 yilda esa 6,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Indoneziya iqtisodiyoti ham barqaror o‘sishni davom ettiradi. 2025 yilda YaIM 5,1 foizga oshgan bo‘lsa, IHTT mamlakatning 2026–2027 yillarda ham o‘sish sur’ati bo‘yicha ikkinchi o‘rinni saqlab qolishini prognoz qilmoqda.

Xitoy iqtisodiyoti ham o‘sishda davom etadi, ammo sur’at biroz sekinlashishi mumkin. 2025 yilda YaIM 5 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2026 yilda 4,5 foiz, 2027 yilda esa 4,3 foizlik o‘sish kutilmoqda.

IHTT tahlilchilariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda 2026 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati biroz pasayadi. Bundan istisno sifatida Janubiy Koreya qayd etilgan. Mamlakat iqtisodiyoti 2025 yilda 1 foizga o‘sgan bo‘lsa, yarimo‘tkazgichlar (chiplar) sanoatidagi yuqori talab hisobiga 2026 yilda o‘sish 2,6 foizga yetishi mumkin.

Rossiya iqtisodiyoti ham o‘sishni davom ettiradi, biroq nisbatan past sur’atlarda. IHTT hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakat YaIM 2025 yilda taxminan 1 foizga oshgan. 2026 yilda o‘sish 0,5 foiz, 2027 yilda esa 0,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, kelgusi ikki yilda jahon iqtisodiyotida o‘sish saqlanib qoladi, biroq mamlakatlar o‘rtasidagi sur’atlar sezilarli darajada farq qilishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursida keskin ko‘tarilish yuz berdi

Published

on



Dollar kursida keskin ko‘tarilish yuz berdi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.