Connect with us

Siyosat

O‘zbekiston va Fransiya munosabatlari yangi bosqichda

Published

on


Bir tomonda — asrlar davomida Sharq sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan O‘zbekiston, ikkinchi tomonda — san’at, siyosat va iqtisodiy taraqqiyot markazi bo‘lgan Fransiya. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilda o‘rnatilgan bo‘lsa-da, bu aloqalar keyingi yillarda mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga ikki bor rasmiy tashrifi davomida o‘tgan muzokaralar va Emmanuel Makronning 2023 yilda Samarqandga kelishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni tubdan boshqa darajaga olib chiqdi.


Foto: Xabar.uz

2018 yilgi rasmiy tashrif davomida hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat, 2022 yilgi muzokaralarda esa strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid 14 ta hujjat va 59 ta shartnoma imzolandi.

Fransiya va O‘zbekiston nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda, balki xalqaro miqyosda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi. Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida O‘zbekiston tashabbuslarini yuqori baholab, mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvida muhim rol o‘ynamoqda. Shuningdek, Fransiya Markaziy Osiyoda o‘z nufuzini oshirishda O‘zbekistonni asosiy sheriklaridan biri sifatida ko‘radi.

Strategik hamkor

2021 yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 280 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024 yilga kelib 1,1 mlrd. AQSh dollariga yetdi yoki o‘tgan to‘rt yil ichida 5 barobarga oshdi.

Fransiyaning Veolia, Suez, Total Energies, Lactalis kabi yirik kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, kommunal xizmatlar, energetika va oziq-ovqat sohalarida muhim loyihalarni amalga oshirishmoqda. Jumladan, Total Energies kompaniyasi Navoiyda quyosh elektr stansiyasini qurishda ishtirok etyapti. Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 1 milliard yevrolik Strategik hamkorlik dasturi amalga oshirilmoqda.

San’at va ilm-fan rivoji yo‘lida

Fransiya va O‘zbekiston tarixiy, madaniy jihatdan uzoq yillik aloqalarga ega.

O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgani sabab fransuz sayyohlari, savdogarlari va diplomatlari Sharq bilan savdo va madaniy aloqalar o‘rnatish maqsadida qadimiy shaharlarimizga tashrif buyurishgan.

1253-1255 yillarda fransuz sayyohi va diplomati Gilom de Rubruk Fransiya qiroli Lyudovik IX topshirig‘i bilan Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonga elchi sifatida borgan. U Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lib, mahalliy va madaniyat hayot haqida yozib qoldirgan. Uning ushbu sayohatiga Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning boshlanishi sifatida qaraladi.

2022-2023 yillarda Parijdagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida O‘zbekistonning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Bu kabi loyihalar nafaqat madaniy almashinuv, balki xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlaydi.


Foto: Xabar.uz

Fransuz tili O‘zbekistonda ommalashgan xorijiy tillardan biri bo‘lib, 141 mingdan ortiq o‘quvchi va 15 ming talaba uni o‘rganmoqda. Vatel mehmonxona menejmenti maktabi, Parij moda akademiyasi fakulteti va 3D-modellash markazi singari loyihalar bu hamkorlikning amaliy samarasini ko‘rsatmoqda.

Sportchilarimizga muvaffaqiyat keltirgan zamin

O‘tgan yili o‘zbekistonlik sportchilar uchun Fransiya maydonlari juda muvaffaqiyatli keldi. Parij Olimpiadasida 13 ta medal (8 oltin, 2 kumush, 3 bronza) bilan tarixiy natija — 206 mamlakat orasida 13-o‘rin qayd etildi. Paralimpiadada 26 ta medal (10 oltin, 9 kumush, 7 bronza) bilan 13-o‘rin qo‘lga kiritildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubiga o‘tishdan oldin aynan Fransiya zaminida — “Lans” klubi tarkibida jahonga tanildi.

Fransiya sayyohlari O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga katta qiziqish bildirib kelishgan. 2024 yilda 23,5 ming fransuz sayyohi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Fransiya va O‘zbekiston madaniy diplomatiya vositasida ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni kuchaytirishga intilmoqda. Samarqand va Lion, Buxoro va Ryuey-Malmezon shaharlari o‘rtasida sheriklik aloqalari o‘rnatilgan.

Parijda Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek haykallari o‘rnatilgan, shuningdek, Tuluza shahrida “O‘zbek bog‘i” tashkil etilgan.

O‘zbekiston va Fransiya munosabatlari faqat ikki davlat manfaatlari uchun emas, balki Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoning mintaqaviy integratsiya hamda iqtisodiy hamkorligini mustahkamlashda ham muhimdir.

L.Tursunov



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Farrux Zokirovga «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini topshirdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida milliy estrada san’atining yorqin namoyandasi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari, ijodkor ziyolilar, «Yalla» ansambli a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari so‘zga chiqib, Farrux Zokirovni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy qutladi, unga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va yangi-yangi ijodiy yutuqlar tiladi.

Ta’kidlanganidek, Zokirovlar sulolasi ko‘p yillardan buyon milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atimizning rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirov asos solgan san’at maktabi, milliy o‘zbek estradasi asoschilaridan biri Botir Zokirovning boy ijodiy merosi xalqimizning ulkan ma’naviy boyligi sifatida yuksak qadrlanadi.

Butun bir oila va avlodning o‘z umrini san’at va madaniyat ravnaqiga bag‘ishlashi dunyoda kam uchraydigan noyob hodisa ekani alohida qayd etildi. Farrux Zokirov ana shu ulug‘ an’analarni munosib davom ettirib, milliy estrada san’atini yangi bosqichga olib chiqqan san’atkor sifatida e’tirof qilindi.

Tadbirda Farrux Zokirov nafaqat xalqimiz, balki butun Markaziy Osiyo, Hamdo‘stlik mamlakatlari va turkiy ellarning sevimli san’atkori ekani ta’kidlandi. Uning O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti degan faxriy unvonlar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Tatariston, Boshqirdiston va Ingushetiya xalq artisti degan yuksak unvonlarga sazovor bo‘lgani uning ijodiga berilgan katta baho sifatida qayd etildi.

Bugun Farrux Zokirov deganda «Yalla» ansambli, «Yalla» deganda esa Farrux Zokirov siymosi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Mana 55 yildirki, ushbu mashhur jamoa nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning nufuzli sahnalarida ham go‘zal qo‘shiqlar kuylab, millionlab muxlislar mehrini qozonib kelmoqda. «Yalla» ansambli jamoaviy estrada ijrochiligini yo‘lga qo‘yib, yurtimiz san’ati va madaniyati tarixida butunlay yangi sahifa ochdi. Bugun xalqimizning bayramlari, muhim tadbirlari va qutlug‘ ayyomlarini ushbu ansambl ijrosidagi qo‘shiqlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Tadbirda «Yalla» ansambli a’zolari Javlon To‘xtayev, Abbos Aliyev, Temur Xalikov va Igor Xalikovning ham ko‘p yillik samarali faoliyati e’tirof etildi.

Davlatimiz rahbari Farrux Zokirovning yurtimiz ijtimoiy-madaniy hayotidagi faol ishtirokiga ham alohida to‘xtalib, uning yuzlab yoshlarga ustozlik qilib, ularni katta sahnalarga olib chiqayotgani, «Ovoz» kabi yirik loyihalar orqali yangi iste’dodlarga san’at sirlari va sahna madaniyatini o‘rgatayotgani barcha uchun haqiqiy ibrat ekanini ta’kidladi.

Mintaqa ijodkorlari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik xalqlar o‘rtasida ma’naviy ko‘prik vazifasini o‘tayotgani qayd etildi. Shuningdek, davlatimiz Farrux Zokirov kabi san’at darg‘alarining xalqaro ijodiy loyihalari va yangi asarlarini hamisha qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Tantanada Farrux Zokirovning ko‘p yillik samarali mehnati, milliy madaniyatimiz va san’atimizni rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini munosib taqdirlash maqsadida Prezident tomonidan alohida farmon va qaror imzolangani e’lon qilindi.

Xususan, Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi.

Ushbu maktabda «Yalla» nomidagi bolalar ansambli, yoshlar ijodiy laboratoriyasi, zamonaviy ovoz va video yozish studiyasi tashkil etiladi. «Ustoz-shogird» an’analari asosida estrada yo‘nalishi bo‘yicha ijrochilik mahorati sinflari yo‘lga qo‘yiladi, ustoz ijodkorlarning oyligiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Maktabda a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun ixtisoslashgan san’at va madaniyat ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha alohida imkoniyatlar yaratiladi. Har yili respublika hududlaridan iqtidorli o‘quvchilar mazkur maktabda o‘z mahoratini oshirib boradi. Budjet hisobidan iqtidorli o‘quvchilar ustozlari bilan birga nufuzli xalqaro ko‘rik-tanlovlarga yuboriladi va munosib rag‘batlantiriladi.

Tadbirda ushbu ta’lim dargohi yurtimizdagi eng namunaviy maskanlardan biriga aylanib, Zokirovlar sulolasi yaratgan bebaho ijodiy merosni kelajak avlodga yetkazishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Tantanali marosimda Prezidentimiz milliy san’atimiz va madaniyatimizni rivojlantirish yo‘lidagi ko‘p yillik beqiyos xizmatlari uchun Farrux Zokirovga «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini topshirdi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi

Published

on


Saida Mirziyoyeva Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Bugun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

«Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qildik. Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar e’tibor markazida bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Shuningdek,  Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqilgan. 

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. 



Source link

Continue Reading

Siyosat

Norvegiya qirolligi O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi

Published

on


Norvegiya qirolligi diplomat Xelen Sand Andresen xonimni O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinladi.

Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov elchi xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.

«Biz O‘zbekiston va Norvegiya aloqalarida hali ro‘yobga chiqmagan katta salohiyat ko‘rmoqdamiz.

Elchi xonimga mamlakatimizdagi faoliyati davomida barcha sohalardagi keng imkoniyatlarni ishga solishda muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deb yozadi Saidov.



Source link

Continue Reading

Siyosat

XVF O‘zbekistonning 2026-yilda YaIM o‘sishi prognozini 6,8 foizga oshirdi

Published

on


Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi prognozini, shuningdek, inflyatsiya kutilmalarini oshirdi, deyiladi xodimlar missiyasidan so‘ng e’lon qilingan yakuniy bayonotda.

Surat: Yuriy Gripas/Reuters

Jamg‘armaning qayd etishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yil davomida yuqori darajadagi iste’mol va investitsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlangan “ajoyib barqarorlik” ko‘rsatdi. O‘tgan yili yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati 7,7 foizga yetdi, ishsizlik darajasi esa 5,5 foizdan 4,8 foizga tushdi. Bu o’sish keng tarqaldi, eng muhim faollik xizmatlar va qurilish sohalarida kuzatildi.

Kuchli ichki talabga qaramay, inflyatsiya 2025 yil oxiriga kelib o’tgan yilgi 9,8 foizdan 7,3 foizgacha pasaydi. Ushbu pasayish 2024-yilning may oyidan boshlab energiya resurslari narxining oshishi taʼsirining susayishi, soʻmning AQSh dollariga nisbatan 6,9 foizga qimmatlashishi va yetarli darajada pul-kredit qattiqlashuvining amalga oshirilishi bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda bazaviy inflyatsiya ham 1,5 foiz punktga kamaydi.

Bundan tashqari, joriy hisob taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3,9 foizigacha qisqardi, chunki birlamchi va noxomashyo mahsulotlar eksporti va kuchli pul o‘tkazmalari import xarajatlarini qopladi. Taxminan 13 oylik importni qoplaydigan xalqaro zaxiralar kuchliligicha qolmoqda. Kuchli xom ashyo narxlari va faol iqtisodiy faollik ham byudjet taqchilligini YaIMning 2,1 foizigacha kamaytirishga yordam berdi, bu hukumatning 3 foizlik ko’rsatkichidan qulayroqdir.

XVJ 2026-yil uchun yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi prognozini 6,2 foizdan 6,8 foizga oshirdi. Yuqori chastotali ko’rsatkichlar joriy yilning birinchi choragida iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanib qolganligini ko’rsatmoqda. Bu istiqbolni amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar, barqaror investitsiyalar, yuqori pul o‘tkazmalari va oltin narxining oshishi bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq, o’sish 2027 yilda 6% atrofida sekinlashishi kutilmoqda, chunki ichki talab asta-sekin sekinlashadi.

2026-yil uchun inflyatsiya prognozi 6,5 foizdan 6,8 foizgacha qayta ko‘rib chiqildi va markaziy bankning 5 foizlik ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib qoldi. Ushbu tuzatish qisman Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli global neft narxlarining ko’tarilishi bilan bog’liq. XVJ ta’sir “tartibga solinadigan narxlarning o’rtacha o’sishi” va transport sektori uchun vaqtinchalik subsidiyalar bilan yumshatilishini kutmoqda. Agar pul-kredit siyosatining keskinlashuvi va tarkibiy islohotlar davom etsa, inflyatsiya 2027 yilga kelib 5 foizlik ko‘rsatkichga yetishi kutilmoqda.

Prognoz ijobiy bo’lib qolsa-da, XVJ noaniqliklar kuchayganini ta’kidladi. Salbiy xavflar orasida potentsial geosiyosiy keskinliklar, savdodagi uzilishlar va tovarlar narxining o’zgarishi kiradi. Ichki risklar protsiklik xarajatlar orqali talabni rag’batlantirishga qaratilgan bosimlarni va davlat korxonalari va davlat tijorat banklari balansidagi mumkin bo’lgan zaifliklarni o’z ichiga oladi. Aksincha, tizimli islohotlarni amalga oshirishni jadallashtirish mamlakatning rivojlanish istiqbollarini hozirgi prognozlardan ham oshib ketishiga olib kelishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Norvegiya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Published

on


15 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Xelene Sand Andresenning ishonch yorliqlarini rasman qabul qildi.

Suhbat chog‘ida vazir Saidov ikki davlat o‘rtasidagi mavjud hamkorlikning mustahkam asoslarini ta’kidladi va Toshkent O‘zbekiston-Norvegiya munosabatlarini yanada chuqurlashtirish uchun katta imkoniyatlar ko‘rayotganini alohida ta’kidladi.

Muhokamalarda hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlash va turli sohalarda, jumladan, iqtisodiy, siyosiy va madaniy almashinuvlarda mavjud bo‘lgan keng imkoniyatlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Janob Baxtiyor Saidov elchi Andresenga muvaffaqiyatli va samarali faoliyat tiladi. Uning kasbiy faoliyati mamlakatdagi missiyasi davomida qo‘shma tashabbuslarni samarali amalga oshirish va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.