Iqtisodiyot
“2+6” dasturiga muvofiq yoshlarga subsidiya ajratiladi
Subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, subsidiya ajratish keyingi yilga qadar to‘xtatiladi.
Hukumat qarori bilan “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
“2+6” dasturi belgilangan xorijiy tillarni bilish bo‘yicha ballning (darajaning) kamida minimal ko‘rsatkichli sertifikatiga ega bo‘lgan ariza beruvchi o‘quv markazi tomonidan unga xorijiy tilni o‘qitish xizmatini ko‘rsatgani uchun dastlabki 2 oy uchun o‘qish xarajatini o‘z hisobidan to‘laganda, keyingi 6 oygacha o‘qish xarajati uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida subsidiya ajratilishini nazarda tutadi.
“2+6” dasturiga muvofiq, yoshlarga har oy yakuni bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
🔹 Toshkent shahrida – BHMning 2 baravarigacha;
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida – BHMning 1,5 baravarigacha;
🔹 tuman (shahar)larda – BHMning 1 baravarigacha.
Agentlik tomonidan 2025–2026 yillarda o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan 20 ming nafargacha, 2031 yilga qadar har yili 20 ming nafargacha yoshlarga o‘qish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi.
Bunda tegishli yilda subsidiya ajratilgan yoshlar soni 20 ming nafardan oshgan taqdirda, o‘sha yil uchun subsidiya ajratish keyingi yilga qadar to‘xtatiladi.
Ariza beruvchilarning xorijiy tilni o‘qitish xarajati uchun:
▪️ o‘quv markazlarining reytingini shakllantirish uchun belgilangan tartibda elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tgan;
▪️ ariza beruvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashganini kunlik elektron nazorat qilish imkonini beruvchi elektron platformaga integratsiya qilingan o‘quv markazlariga “2+6” dasturi doirasida subsidiya ajratiladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.
Foto: Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.
“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Jamiyat4 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Sport4 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
-
Dunyodan5 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Siyosat4 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Turk dunyosi3 days agoTurkiya Rossiya quvur liniyali gaz ta’minotini bir yil davomida kengaytirmoqda
