Iqtisodiyot
1990 yildan beri Yevropa qanday o‘zgardi
Yevropa mamlakatlarida hayot 1990-yillardan beri keskin o‘zgardi. O‘zgarishlar quyida keltiriladigan infografikalarda aniq tasvirlangan.
Foto: Shutterstock / Rokas Tenys
Sovuq urushning tugashi, Sovet Ittifoqi va Yugoslaviyaning qulashi bilan Yevropada katta o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi davlatlar paydo bo‘ldi va Yevropa Ittifoqi kengaydi. Bularning barchasi ushbu mamlakatlarning iqtisodiy va demografik ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topdi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Yalpi ichki mahsulot Bosniya va Hersegovina, Gurjiston, Armaniston va Ozarboyjonda eng ko‘p o‘sgan. Italiya eng kam o‘sishni ko‘rsatdi.
Aholi jon boshiga to‘g‘rilangan sof milliy daromad mamlakat farovonligining yana bir muhim ko‘rsatkichidir. Boltiqbo‘yi mamlakatlari — Litva, Estoniya va Latviya — eng katta o‘sishga ega.
Energiyadan foydalanish boshqa yonilg‘iga, masalan, benzinga aylantirilgunga qadar birlamchi energiya qancha sarflanishini aks ettiradi. Iste’molning oshishi iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo pasayish qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishni ko‘rsatadi. Turkiya energiya iste’moli o‘sishi bo‘yicha yana dunyoda yetakchi bo‘ldi.
Qazib olinadigan yonilg‘i energiyasi iste’moli iste’mol qilinadigan umumiy energiyaning qancha qismini ko‘mir, neft, neft mahsulotlari va tabiiy gazdan tashkil etishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich Daniya, Latviya va Estoniyada eng ko‘p pasaygan.
YaIMga nisbatan davlat qarzi Ukraina, Buyuk Britaniya va Fransiyada eng ko‘p oshdi.
Aholining umumiy soni huquqiy maqomi yoki fuqaroligidan qat’i nazar, mamlakatning barcha aholisini hisobga oladi. Kipr, Irlandiya, Islandiya va Turkiya aholisi 1990 yildan 2024 yilgacha eng ko‘p o‘sgan.
65 va undan katta yoshdagi aholining ulushi mamlakatdagi jami aholining qaysi yosh guruhiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Eng katta o‘sish Bosniya va Hersegovina, Albaniya va Xorvatiyada kuzatildi.
Shifokorlar sonining o‘zgarishi sog‘liqni saqlashdan foydalanish imkoniyatlari qanday o‘zgarib borayotganini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich umumiy amaliyot shifokorlari va mutaxassislarni o‘z ichiga oladi. Eng katta o‘sish Xorvatiya, Turkiya va Irlandiyada kuzatildi.
«Qasddan odam o‘ldirish» indikatoriga ehtiyotsizlik yoki o‘zini himoya qilish maqsadida sodir etilgan qotilliklar kirmaydi. 1994 yildan 2019 yilgacha odam o‘ldirish darajasi Estoniya, Gurjiston va Bolgariyada eng ko‘p kamaydi.
Tug‘ilganda kutilayotgan umr ko‘rish, agar hozirgi o‘lim darajasi o‘zgarmagan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘rtacha qancha yashashini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkich Ozarboyjon, Armaniston, Turkiya va Estoniyada eng ko‘p oshgan.
Barcha Yevropa mamlakatlarida tug‘ilish kamaydi. Ming kishiga tug‘ilish darajasi Albaniya, Kosovo va Ozarboyjonda eng ko‘p pasaygan.
Iqtisodiyot
Birinchi chorakda O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari 13 foizga oshdi
2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qariyb 3,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 283 mln dollarga yoki 52,2 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘p. O‘z navbatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan 604 mln dollar chiqib ketgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 39 mln dollarga kam.
Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg
2026 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 3,79 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Xususan, o‘tkazmalar miqdori joriy yilning dastlabki 3 oyida quyidagicha bo‘lgan:
yanvar: 1,23 mlrd dollar;
fevral: 1,23 mlrd dollar;
mart: 1,33 mlrd dollar.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari miqdori 2024 yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 283 mln dollarga yoki 52,2 foizga, 2025 yilning mos davriga nisbatan esa 433 mln dollarga yoki 13 foizga ko‘p.
O‘z navbatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistondan 604 mln dollar chiqib ketgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 39 mln dollarga kam.
«Xorijiy valutaga bo‘lgan taklifning ortishi asosan eksport tushumlari, banklar tomonidan jalb qilingan tashqi qarzlar va xalqaro pul o‘tkazmalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, aholi tomonidan valuta sotuvining yuqori sur’atlarda o‘sishi bozorda qo‘shimcha taklif bo‘lib xizmat qildi», deyiladi Markaziy bank sharhida.
2017-2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari dinamikasining o‘zgarishi:
2020-2025 yillar oralig‘ida mamlakatga yuborilgan o‘tkazmalar miqdori 3 barobarga, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgacha ko‘paydi.
Iqtisodiyot
Yevroittifoq O‘zbekistonning ikkita korxonasiga sanksiya kiritdi
O‘zbekistonning paxta sellyulozasi ishlab chiqaruvchi ikkita kompaniyasi: Farg‘ona kimyo zavodi va Jizzaxdagi Raw Materials Cellulose korxonasi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketiga kiritildi.
Foto: REUTERS/Yves Herman
Bu ikki korxona Rossiya harbiy sanoati uchun paxta sellyulozasi yetkazib berganlikda gumon qilingan.
Sanksiya izohida keltirilishicha, Farg‘ona Kimyo Zavodi – Perm va Qozondagi porox zavodlarini, Raw Materials Cellulose esa Tambovdagi porox zavodini xomashyo bilan ta’minlagan.
Bu korxonalarga Yevropa Ittifoqi sub’yektlari tomonidan mablag‘ va iqtisodiy resurslar ajratish taqiqlangan. YeI yurisdiksiyasida aktivlari bo‘lgan taqdirda, ular muzlatiladi.
Ushbu ikki korxona, shuningdek, “Mercury Renaissance” MChJga o‘tgan yili Ukraina ham sanksiya qo‘llagan edi.
Farg‘ona kimyo zavodi – 2012 yilda tashkil etilgan. Ta’sischisi – Mercury Renaissance. Bu korxonaga 2023 yilda Rustam Rahimjonovich Mo‘minov (60%) va Gluxov Mixail Aleksandrovich (40%) egalik qilgan, keyinroq Gluxovning ulushi Shahriyor Saxiyorovich Tojiyevga, Mo‘minovning ulushi esa Olga Yurevna Shagiyevaga o‘tgan.
Shahriyor Tojiyev 2022 yilda tugatilgan Qwerty Up’da ulushdor bo‘lgan. Olga Shagiyeva esa Aloqainvest, Breegs, Atrium Tashkent, Geo Profi Mombasa Finance, Aloqa Klimkontrol, Visata Group, Fortress Invest, Pod Klyuch, Professional Legion va boshqa firmalarda ham ulushlarga ega.
Raw Materials Cellulose – 2017 yilda Jizzax shahrida ro‘yxatga olingan. 2024 yil yanvar holatiga, korxona yagona ta’sischi Larisa Mixaylovna Utkina egaligida bo‘lgan. Keyinroq uning ulushi 76 foizgacha qisqarib, Larisa Rahimjonova Bikova 24 foizlik ulushdorga aylangan. Bugungi kunda ta’sischilar tarkibi quyidagicha: Larisa Rahimjonovna Bikova (25,1%), Bobur Lutfullayevich Qobulniyozov (24,97%), Azamjon Nurillayevich Valixonov (24,97%), Ma’murjon Mahmudjon o‘g‘li Alimov (24,96%).
Larisa Bikova – Aloqa Klimkontrol va Vinder Invest’da, Mahmudjon Alimov – Velcor va Voltria’da, Bobur Qobulniyozov – Business Standart, Complex Technical Centre Asia va Fiber Expo kompaniyalarida hissadorlar qatorida turadi.
Azamjon Valixonov esa Chirchiq transformator zavodi, “O‘zbekkimyomash” zavodi, Quytosh koni, Universal Rent Tashkent, Maxwell Service, Glory Project, Fiber Expo va boshqa korxonalarda ulushdor sifatida ko‘rsatilgan.
Iqtisodiyot
Ikki oyda xorijga 466,6 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari sotildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga 466,6 mln AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 13,2 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 52 foiz
Ip-kalava — 30 foiz
Trikotaj mato — 8 foiz
Gazlamalar — 7 foiz
Paypoq mahsulotlari — 2 foiz
Gilamlar — 1 foiz
Iqtisodiyot
Hindistonda raqamli valuta orqali subsidiya tarqatish boshlandi
2026 yil aprel oyida moliya sohasidagi eng dolzarb va amaliy yangiliklardan biri – Hindistonda davlat to‘lovlari uchun raqamli valutadan foydalanish boshlanganidir.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston hukumati e-rupee (raqamli rupiya) orqali fermerlar va aholiga subsidiyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri berishni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu pilot dastur bir nechta shtatlarda joriy etilgan.
Yangi tizimning asosiy mohiyati shundaki: pul naqd yoki bank orqali emas, raqamli hamyonga tushadi, mablag‘lar faqat belgilangan maqsad (masalan, o‘g‘it, uskuna) uchun ishlatiladi, davlat nazorati va shaffoflik oshadi.
Mutaxassislar aytishicha, bu usul orqali milliardlab dollarlik korrupsiya va yo‘qotishlarni kamaytirish mumkin.
Ayni paytda ushbu tizimda taxminan 10 millionga yaqin foydalanuvchi ishtirok etmoqda, lekin hali to‘liq ommaviylashmagan.
Shu bilan bir vaqtda Yevropa moliya bozorida ham muhim harakatlar kuzatilmoqda. Fransiya moliya vaziri yevro asosidagi raqamli aktivlar va steyblkoynlarni ko‘paytirishga chaqirdi.
Rejaga ko‘ra: yirik banklar (BNP Paribas, ING va boshqalar) 2026 yilda yevroga bog‘langan raqamli valuta chiqarishni rejalashtirmoqda.
Bu qadam AQSh dollarining raqamli moliyadagi ustunligiga qarshi javob sifatida baholanmoqda.
Yana bir muhim yangilik — Gonkong birinchi marta rasman steyblkoyn litsenziyalarini berdi.
Bu litsenziyalar: HSBC, Standard Chartered ishtirokidagi kompaniyalarga berildi
Bu esa raqamli valutalarni rasmiy moliya tizimiga kiritish yo‘lida katta qadam sifatida baholanmoqda.
2026 yilda moliya sohasida asosiy voqelik: davlatlar raqamli valutani amalda qo‘llayapti, subsidiya, to‘lov va bank tizimi o‘zgarmoqda, global raqobat dollar, yevro va yuan o‘rtasida kuchaymoqda.
Eng muhim jihat: raqamli valuta endi nazariya emas — u real iqtisodiyotda ishlayapti.
Iqtisodiyot
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
Qozog‘iston Energetika vaziri so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan bir qator yirik tashabbuslar, jumladan, neft-kimyo va qayta ishlash sohalarida muhokama qilinmoqda.
Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov Ostonada bo‘lib o‘tgan MES-2026 mintaqaviy ekologik sammiti doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish rejalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik tajriba almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan.
«Tajriba almashish va o‘zaro yordam – bularning barchasi amaliy vazifalarni hal etishga xizmat qiladi. Biz hamkorlarimiz bilan nafaqat energetika sohasida, balki iqtisodiyotning barcha sohalarida faol hamkorlik qilmoqdamiz», dedi vazir.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bilan bir qator yirik tashabbuslar, jumladan, neft-kimyo va qayta ishlash sohalarida muhokama qilinmoqda.
«O‘zbekiston bilan juda ko‘p qo‘shma loyihalarimiz bor. Yaqinda prezidentning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi, unda ko‘plab tashabbuslar muhokama qilindi. Neft-kimyo sanoatini rivojlantirish va neftni qayta ishlash sohasini kengaytirish shular jumlasidandir», dedi vazir.
Energetika, jumladan, tranzit va resurslarni yetkazib berish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
«Biz Rossiya gazining O‘zbekistonga tranziti, shuningdek, Rossiya neftini yetkazib berish masalalari bo‘yicha yaqindan ishlayapmiz. Bundan tashqari, Qozog‘iston mahsulotlarini, xususan, xom neft va neft mahsulotlarini O‘zbekistonga yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz», deb qo‘shimcha qildi Yerlan Akkenjyenov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihalarning bir qismi allaqachon amaliy bosqichga o‘tgan.
«Ko‘plab loyihalar allaqachon amalga oshirish bosqichida. Umuman olganda, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan juda yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan», dedi vazir.
-
Jamiyat4 days ago
Самарқандда МЧЖ раҳбарларининг кирдикорлари ошкор бўлди: тафсилотлар
-
Dunyodan5 days ago
Ukraina Turkiyaga Zelenskiy-Putin uchrashuvi boʻyicha soʻrov yubordi
-
Dunyodan4 days agoEron Hurmuz boʻgʻozini bloklagani sababli muzokaralarni rad etmoqda
-
Siyosat3 days agoSaida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
-
Siyosat4 days ago“Oʻzbekneftgaz” va Xitoyning CNPC hamkori uglevodorodlarning oʻta chuqur zahiralarini oʻrganish boʻyicha
-
Siyosat4 days agoSamarqandda narkotiklarning transmilliy tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
-
Siyosat2 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
-
Siyosat3 days agoHukumat mehnat muhojirlariga til oʻrgatish va malaka olish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlashi kerak
