Connect with us

Iqtisodiyot

16-apreldan dollar sezilarli ravishda oshadi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 16-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 49,05 so‘mga oshib, 12 190,43 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 49,29 so‘mga oshdi va 14 362,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 526,57 so‘m bo‘ldi (+83,5).

Rossiya rubli 162,09 so‘m etib belgilandi (+1,83).



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga kofe importi keskin kamaydi

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan 136,2 tonna kofe import qilindi. Uning umumiy qiymati 1,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan. Shu tariqa, mamlakatga kofe yetkazib berish hajmida sezilarli pasayish qayd etilgan.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlat 46,3 tonna bilan Italiya bo‘ldi.

Shuningdek, Efiopiya 26,7 tonna, Vetnam 15 tonna, Germaniya 14,8 tonna va Rossiya 14,2 tonna hajmda kofe eksport qilgan.

Qolgan 19,2 tonna kofe esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu esa import bozorida bir nechta asosiy yetkazib beruvchilar ustunligini ko‘rsatadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

18:01 O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi

Published

on



18:01

O‘zbekistonga smartfon va noutbuklar importining yangicha kanali ochiladi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston avtomobil bozorida Chevrolet’ning ulushi 80 foizdan pasaydi

Published

on


UzAuto Motors 1-chorakda sotuvlarni 12 foizga oshirishga erishdi, lekin boshqalar undan ancha tezroq o‘syapti. Masalan, BYD Uzbekistan hozir o‘tgan yilga qaraganda 2 barobar ko‘proq avtomobil sotmoqda. O‘tgan bir yil davomida Yuan Up’ga talab 5 barobarga oshdi. Song Plus sotuvlari esa 2 karraga ko‘paydi.

O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yil 1-choragida 91 088 ta avtomobil sotdi, deya xabar berdi “O‘zavtosanoat” AJ. Bu ko‘rsatkich – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 735 taga yoki 21 foizga ko‘p.

Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistan sotuvlarni qariyb 2 barobarga oshirgani e’tiborli. Kompaniya o‘tgan yili yanvar-mart oylarida 4045 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida sotuvlari 93 foizga oshgan va 7799 taga yetgan.

Shuningdek, 1-chorakda ADM Jizzakh sotuvlari 26 foizga (8623 tadan 10 886 taga), Khorezm Auto sotuvlari 24 foizga (21 275 tadan 26 348 taga) oshgan.

Bozor yetakchisi UzAuto Motors esa 12 foizlik o‘sishga erishgan: 1-chorakda sotilgan avtomobillar soni 40 985 tadan 45 881 taga yetgan.

Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Chevrolet brendining bozordagi ulushi 80 foizdan pasayganini ko‘rish mumkin: o‘tgan yili 1-chorakda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 79,3 foizgacha tushgan.

Shu bilan birga, Chevrolet sotuvlari 16 foizga oshganini ham qayd etish lozim. Lekin boshqa brendlar, aniqrog‘i BYD (+93%) va Kia (+65%) sotuvlari bozor yetakchisiga qaraganda tezroq o‘sgani natijasida, o‘tgan bir yil davomida Chevrolet’ning bozordagi dominant ulushi 3,3 foiz punktga qisqargan.

Avtomobil modellari qatori yetakchisi – Chevrolet Cobalt sotuvi joriy yil birinchi chorakda 24 mingtaga yetmagan, bu – 17 foizlik pasayishni ko‘rsatadi.

Damas, Tracker va Onix’ga talab esa sezilarli oshgan: Damas sotuvi 22 foizga (18,8 mingta sotilgan), Tracker xaridorlari 55 foizga (11,2 mingta), Onix sotuvlari esa 156 foizga (10,4 mingta) ko‘paygan.

Chevrolet brendidan tashqarida eng ko‘p sotilayotgan model hamon Kia Sonet bo‘lib qolmoqda: bu avtomobil joriy yil 1-chorakda salkam 5600 ta sotildi, bu – bir yil oldingiga qaraganda 43 foizga ko‘p.

Keyingi o‘rindagi BYD Song Plus Champion DMI sotuvlari 2 barobarga oshgan (2,8 mingta sotilgan, +97%), lekin o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi u emas.

BYD Uzbekistan o‘tgan yili shu davrda qariyb 400 ta Yuan Up sotgan edi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 2,1 mingtaga yetdi. Ya’ni bu modelga talab o‘tgan bir yil davomida 5,2 barobarga oshgan.

“O‘zavtosanoat” AJ e’lon qilgan infografikalar

2025 yil 1-chorak:

2026 yil 1-chorak:



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

​​​​​​​Soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangi imtiyozlar bermaslik zarur – XVJ missiyasi

Published

on


Xalqaro valuta jamg‘armasi O‘zbekiston hukumatiga 2027 yildan mineral resurslarni chiqarib tashlagan holda nominal birlamchi taqchillikning yuqori chegarasini belgilashni tavsiya etyapti. Shuningdek, ayrim tovarlar bo‘yicha aksiz stavkalarini oshirish, eski soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangilarini bermaslik kerakligi ta’kidlanyapti.

Xalqaro valuta jamg‘armasi missiyasi O‘zbekistonga 2026 yil uchun budjet ijrosi doirasida xarajatlarni oshirish holatlarini imkon qadar cheklashni tavsiya etyapti. Bu inflyatsion bosimni jilovlashga yordam beradi.

«Budjetda, ayniqsa, oltin narxlariga oid daromadlar bo‘yicha ehtiyotkor prognozlar inobatga olingan sharoitda daromadlar rejasining ortig‘i bilan bajarilishi ehtimoli mavjud bo‘lsa ham, xarajatlarning budjetda belgilangan darajadan oshib ketishini cheklash muhim. Aks holda allaqachon yuqori bo‘lgan ichki talab, neft narxlarining balandligi va savdo yo‘nalishlaridagi uzilishlar fonida inflyatsion bosim yanada kuchayishi mumkin», deyiladi hisobotda.

XVJga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush bilan bog‘liq ehtimoliy qo‘shimcha mablag‘ ajratish zarur bo‘lsa, umumiy subsidiyalar va narxlarni tartibga solishdan qochish kerak. Chunki bunday choralar katta xarajat talab qiladi, bozorni buzadi va ularni keyinchalik bekor qilish qiyin kechadi.

Shuningdek, 2027 yildan boshlab mineral resurslarni chiqarib tashlagan holda nominal birlamchi taqchillikning yuqori chegarasini belgilash tavsiya etilyapti. Bu mineral resurslar qazib chiqarishdan tushadigan o‘zgaruvchan daromadlarni boshqarish mexanizmini mustahkamlash uchun umumiy taqchillikning 3 foizlik maqsadli ko‘rsatkichiga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladi.

Soliq siyosati

Davlat tez o‘sib borayotgan aholining ta’lim, tibbiyot va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlarini moliyalashtira olishi uchun XVJ yangilangan o‘rta muddatli daromadlar strategiyasini amalga oshirishni taklif qilyapti.

Xususan, soliq siyosati sohasida ayrim tovarlar bo‘yicha aksiz stavkalarini oshirish, eski soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangi imtiyozlar bermaslik zarur. Bu ayniqsa, foyda solig‘i bo‘yicha «soliq ta’tili» va pasaytirilgan stavkalarga taalluqli. Shuningdek, foyda solig‘i va bojxona bojlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlarni bekor qilish kerak.

«Soliq tushumlarini oshirish jarayonida QQSni qaytarish bo‘yicha qarzdorlik to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik va mavjud qarzdorlikni bartaraf etish zarur. Bunga hisob-fakturalar uchun yangi risk baholash tizimini joriy etish orqali erishish mumkin. Ushbu tizim tekshirilgan arizalar bo‘yicha QQSni tezkor va avtomatik qaytarishni ta’minlashga xizmat qiladi», deyiladi hisobotda.

Shuningdek, budjet institutlarini isloh qilish, jumladan, qarzni boshqarish strategiyasini e’lon qilish va budjet statistikasini rivojlantirish borasidagi yutuqlar ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

«Shu bilan birga, qo‘shimcha taraqqiyot uchun imkoniyatlar mavjud. G‘aznachilik jarayonlarini yanada avtomatlashtirish budjet ijrosi bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida tekshirish va tayyorlash imkonini beradi hamda xarajatlar samaradorligini baholashni osonlashtiradi. Budjet bilan birga soliq xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish ham shaffoflikni oshiradi. Fiskal xatarlarni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qatoriga DXSh majburiyatlari uchun yillik yuqori chegarani yanada qat’iylashtirish, shartnomalarini standartlashtirish, Iqtisodiyot va moliya vazirligining DXSh ustidan nazorat vakolatlari va axborot bazasini mustahkamlash, shuningdek, budjet hujjatlaridagi davlat korxonalari bilan bog‘liq xatarlar haqida ma’lumotlarni oshkora qilish tartibini takomillashtirish kiradi», deya qayd etgan XVJ missiyasi.

 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Qurilishdagi byurokratik talablar 2 barobargacha qisqarishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda qurilishga ruxsat olishdan boshlab foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar tahlil qilinib, talablar, muddatlar va to‘lovlarini 2 barobargacha qisqartirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kungi yig‘ilishda bu topshiriq ijrosi uchun mas’ullarga 3 oy muddat belgiladi.

Shuningdek, pudrat korxonalariga chet eldan yiliga faqat bitta maxsus texnika olib kelish cheklovi bekor qilinadi. Bu haqdagi qaror loyihasi 1 hafta ichida kiritilishi kerak.

Prezident “Shaffof qurilish” reytingida quruvchilarga lizingga olingan texnikasi uchun ball berilmayotgani noto‘g‘ri ekanini aytdi. Bunday texnikalar hisobga olinsa, kamida 500 ta korxonaning reytingi 1-2 pog‘ona ko‘tarilib, 17 trillion so‘mlik bozorga kirish imkoni paydo bo‘ladi.

Qurilish vazirligiga lizingga olingan texnikalar elektron bazasini ishga tushirib, “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilish va ball berishni boshlash topshirildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.