Sport
1000 dan ortiq futbolchi «stavka ishi»ga aralashgan
Turkiya futbolida istalgan voqea ro‘y berishi mumkin: mushtlashuvlar, boykotlar, korrupsiya bo‘yicha ayblovlar – bular Superliga uchun odatiy manzara. Ammo bu safargi voqealar barchasidan oshib tushdi. Yuzdan ortiq turk hakamlari va mingdan ortiq futbolchilar totalizator o‘ynab kelishi oshkor bo‘ldi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Stavkachi hakamlar
Shov-shuvli «stavka ishi» oktyabr oyi oxirida boshlangandi. 2024 yilda Turkiya futbol federatsiyasi prezidentligiga kelgan Ibrohim Hojiusmono‘g‘li islohotlar bo‘yicha va’dalariga amal qildi hamda Istanbulda bo‘lib o‘tgan maxsus matbuot anjumanida bir necha oy davom etgan keng ko‘lamli ichki tergov yakunlari haqida hisobot berdi.
Natijalar esa hayratlanarli edi.
Hojiusmono‘g‘li 571 nafar hakamdan 371 nafarining bukmekerlik idoralarida akkauntlari borligi, ulardan 152 nafari esa muntazam ravishda o‘yinlar natijalari uchun pul tikib kelishi aniqlanganini ma’lum qildi.
Federatsiya ma’lumoiga ko‘ra, bu ishga aralashganlar orasida Superligada ishlovchi yetti bosh hakam hamda o‘n besh nafar qanot hakamlari bor. Nomlar ochiqlanmadi, ammo klublar shaffoflik talab qilishmoqda.
1 noyabr kuni Turkiya futbol federatsiyasi dastlabkich jazo choralarini e’lon qildi: 149 nafar hakam sakkiz oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Ular orasida totalizatorga mukkasidan ketgan bir hakam 18 mingdan ortiq stavka tikkani ma’lum bo‘lgan — uning shaxsi va qo‘llangan jazo chorasi oshkor qilinmagan. Yana uch nafar hakam bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Jami hakamlarning to‘rtdan bir qismi chetlatilganiga qaramay, federatsiya xorijdan arbitrlar jalb qilmoqchi emas.
Futbolchilar ham «qo‘lga tushdi»
Ikki hafta o‘tib turk matbuoti shokka tushiruvchi raqamlarni qo‘lga kiritdi: 1000 dan ortiq futbolchi Turkiya futbol federatsiyasi tekshiruvlaridan o‘ta olmadi.
Ibrohim Hojiusmono‘g‘li oktyabr oyi oxirida bunday tekshiruv futbolchilarga nisbatan ham olib borilishini ma’lum qilgandi – prezidentning so‘zlariga ko‘ra, betting-kontoralarda qariyb 4 ming futbolchida akkaunt borligi aniqlangan.
«Raqamlarni ko‘rganimda qayg‘uga tushdim. Biz o‘n besh nafar hakam bo‘lishini kutgandik, amalda esa – 350 dan ortiq kishi chiqdi. Endi esa 3700 futbolchi tekshirilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tganlik uchun jazo yo‘q – ular shunchaki o‘yinlarni kuzatib borishi mumkin. Ammo stavka qo‘yish – bu endi jinoyat. Biz ishlashda davom etamiz», – degandi federatsiya prezidenti.
Endi o‘sha tekshiruvlar yakunlanib, qoidabuzarlar ro‘yxati e’lon qilindi. Federatsiya bayonotida aytilishicha, 1024 nafar futbolchi «stavka ishi» tufayli intizomiy javobgarlikka tortilgan. Totalizator bilan shug‘ullangan futbolchilarning eng ko‘pi Uchinchi ligada aniqlangan – jami 629 kishi, Ikkinchi ligada 282 nafar qoidabuzar qo‘lga tushgan.
Birinchi ligada 77 nafar futbolchi o‘yinlar natijalariga pul tikib kelishi ma’lum bo‘lgan, Turkiya futbolidagi eng yuqori divizion hisoblangan Superligada esa bunday futbolchilar soni 27 nafar – ular orasida «Galatasaroy», «Beshiktosh» va «Trabzonspor» kabi nomdor klublardan ham futbolchilar bor.
Evren Elmali: o‘tgan mavsum avvalida «Trabzonspor»dan «Galatasaroy»ga o‘tgan va mamlakat chempioni bo‘lgan. U o‘tgan mavsum davomida asosiy tarkibga kirgan va hozirga kelib jamoa uchun muhim futbolchilardan biriga aylangan. Vinger pozitsiyasida ham o‘ynay oladigan ushbu himoyachi joriy mavsumdagi barcha 11 turda ishtirok etdi hamda 3 ta golga mualliflik qildi. Bundan tashqari, u Turkiya milliy jamoasiga nomzod futbolchi sanaladi, u 2022 yildan buyon asosiy jamoa safida 16 o‘yinda maydonga tushgan.
U totalizator o‘ynashini tan olgan, ammo o‘zi ishtirok etgan o‘yinlar uchun pul tikmaganini alohida ta’kidlagan. Endi u uch oydan bir yilgacha diskvalifikatsiya qilinadi. Shuningdek, JCh-2026 saralashida muhim o‘yinlar arafasida turgan Turkiya milliy jamoasi safidan chetlatildi.
Metehan Boltachi: «Galatasaroy» akademiyasining yosh tarbiyalanuvchisi, juda kam maydonga tushadi. U ham o‘yinlar natijalariga stavka qo‘yishini tan olgan.
Ersin Destano‘g‘li: u besh yil oldin «Beshiktosh»ning asosiy darvozaboni edi, keyin esa raqobatni Mert Gyunokka boy berdi, ammo so‘nggi vaqtlarda asosiy darvozabon va yangi murabbiylar shtabi o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqach, yana darvozaga qaytgandi.
Ersin aybini tan olmagan. U sudga kelgan va uning pasport ma’lumotlari jinoyatchilar qo‘liga tushib qolganini aytgan. Go‘yoki ular uning nomidan akkaunt ochib, o‘yinlarga pul tikishgan.
Najib Uysal: «Beshiktosh»ning uzoq yillik sardori, tirik afsona. U so‘nggi yillarda jarohatlar tufayli ko‘p o‘ynamayapti. Shu bilan birga, Uysal doimo hurmatga sazovor va halol futbolchilar timsoli bo‘lib kelgan, faoliyatida shu vaqtgacha qora dog‘ yo‘q edi. U ham iqror bo‘lmayapti.
U hech qachon o‘ynamagani, uning ham pasport ma’lumotlari o‘g‘irlanganini aytmoqda. Chindan ham uning ma’lumotlari asosida tuzilgan akkaunt futbolchiga aloqador bo‘lmagan telefon raqamiga bog‘langan.
«Trabzonspor»dagi Boran Buzruk va Solih Malkocho‘g‘li esa asosiy tarkib futbolchilari emas.
Buyog‘iga nima bo‘ladi?
Ayni vaqtda mingdan oshiq bu futbolchilarga rasman faqat ayblov e’lon qilingan. Ya’ni, nazariy jihatdan ular maydonga tushishda davom etishi mumkin, ammo ayrim klublar allaqachon bu futbolchilar tarkibdan chetlatilganini ma’lum qildi. Masalan, «Beshiktosh» ro‘yxatda nomi chiqqan futbolchilari o‘ynamasligini tasdiqladi. Turkiyada futbolchilar faqat Professional futbol bo‘yicha intizom kengashi tomonidan chetlatilishi mumkin. Federatsiya ishni aynan ushbu idoraga o‘tkazgan.
1000 dan ortiq futbolchining chetlatilishi quyi ligalarga og‘riqli ta’sir ko‘rsatdi – ba’zi klublarda maydonga tushadigan odam qolmagan, chunki ba’zi jamoalarda birdaniga 17–18 kishi gumondorga aylangan.
Shu munosabat bilan Turkiya futbol federatsiyasi Ikkinchi va Uchinchi liga taqvimida ikki haftalik tanaffus e’lon qilgan, shuningdek, FIFAdan qo‘shimcha transfer oynasi ochib berishni so‘ragan. Rahbariyat klublar vaziyatni o‘nglash imkoniga ega bo‘lishi uchun 14 kun davomida ichki transferlarga ruxsat berilishini so‘ramoqda.
Federatsiya prezidenti Ibrohim Hojiusmono‘g‘li yuzaga kelgan vaziyatni «turk futbolining ma’naviy inqirozi» deb atamoqda.
Endi barcha intizomiy kengash qarorini kutmoqda – bu har qanaqasiga Turkiya futboli uchun tarixiy qaror bo‘ladi.
Sport
Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.
Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.
«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.
Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.
Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.
Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.
Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.
«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.
Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.
Sport
Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi
Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
Sport
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.
Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.
Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.
Sport
O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.
Sport
O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.
Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.
27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot23 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
