Sport
Ronaldu qizil oldi, Fransiya yo‘llanmani hal qildi. Kun o‘yinlari
JCh-2026 saralashining noyabrdagi o‘yinlari start oldi. Portugaliya qatorasiga ikki o‘yinda ochko yo‘qotdi, lekin yo‘llanmani deyarli kafolatlagan. Olti o‘yindan iborat g‘alabali seriya qayd etayotgan Italiya esa yana turnirdan qolib ketishi mumkin.
Irlandiya kurashga qaytdi
Irlandiya – Portugaliya 2:0
Gollar: Perrott, 17 (1:0). Perrott, 45 (2:0)
Irlandiya: Kelleher, O`Shi, O`Brayyen, Kollinz, Skeyls (Dann, 86), Koulman, Teylor (Koventri, 68), Kallen, Eyzas (Ebosele, 79), Perrott (Ida, 68), Ogbene (Jonston, 86)
Portugaliya: Koshta, Ruben Diash, Gonsalu Inasiu (Semedu, 46), Dalot, Joau Kanselu (Veyga, 46), Vitinya, Ruben Nevesh, Joau Nevesh (Ramush, 78), Joau Feliks (Trinkao, 63), Bernardu Silva (Leau, 63), Krishtianu Ronaldu
Ogohlantirishlar: Eyzas, 38. Teylor, 45. Skeyls, 86 – Joau Kanselu, 19. Ruben Diash, 45
Chetlatish: Krishtianu Ronaldu, 59
Portugaliya milliy jamoasi muddatidan oldin 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishi mumkin edi. Buning uchun Roberto Martines shogirdlari safarda Irlandiyani mag‘lub etishi yetarli bo‘lardi. Ammo mezbonlar ham turnirga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Ularga ochkolar Portugaliyaga qaraganda muhimroq.
Dublindagi o‘yin boshida Portugaliya to‘pga egalik qildi va o‘zini mezbonlarga xos tarzda tutdi, ammo vaqt o‘tgan sayin irlandlar xavfli qarshi hujumlar uyushtira boshladi, 17-daqiqada esa Diogu Koshtaning xatosi tufayli belgilangan burchak zarbasidan hisobni ochishdi. Olis ustun oldida turgan Skeyls to‘pni boshi bilan darvozabon hududiga tashlab berdi, u yerda esa Perrott barchadan ildamlik qildi. Umuman olganda, mehmonlar bosim qildi, mezbonlar gol urishdi. Birinchi bo‘lim oxirida tomonlar o‘zaro golli vaziyatlar almashishdi (Ogbenening zarbasi ustunga tegdi, Kelleher esa Vitinyaning zarbasidan keyin qahramonlik ko‘rsatdi), keyin esa Perrott dubl rasmiylashtirdi. AZ Alkmar klubi forvardi yaqin burchakni aniq nishonga oldi.
Tanaffusdan keyin Portugaliya kambek qilish uchun oldinga tashlandi. Ammo mezbonlar to‘liq himoyalanib, raqibning yulduzlariga vaziyat yaratishga imkon qoldirmadi. 60-daqiqada esa favqulodda hodisa ro‘y berdi – Krishtianu Ronaldu to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. U ortidagi irlandlar himoyachisi Daru O’Shiga tirsagi bilan zarba berdi: avvaliga hakam Glenn Nyuberg epizodni ko‘rmay qolgandi, ammo VAR aralashuvi bilan qarorini o‘zgartirdi. Bu Krishtianu uchun milliy jamoadagi ilk chetlatish bo‘ldi.
Natijada o‘yinning qolgan qismida hisob o‘zgarmay qoldi, irlandlarga qarshi qatorasiga ikkinchi o‘yinda ochkolardan mahrum bo‘lgan (Lissabondagi o‘yinda Ronaldu penaltini urolmagandi) Martines shogirdlari endi faqat so‘nggi turda, hech qanday motivatsiyasi yo‘q bo‘lgan armanlarga qarshi o‘yinda yo‘llanmani rasmiylashtirishi mumkin. Irlandiya esa o‘tish o‘yinlarida qatnashishi uchun safarda Vengriyani mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.
Armaniston – Vengriya 0:1
Gol: Varga, 33 (0:1)
Armaniston: Avagyan, S. Muradyan, Mkrtchan, Tiknizyan, Piloyan, K. Muradyan (Agasaryan, 90), Spersyan, Oganesyan (Nalbandyan, 77), Shagoyan (Grigoryan, 69), Sevikyan (Eloyan, 77), Ranos (Serobyan, 76)
Vengriya: Dibus, Salai, Orban, Kerkez (Nad, 86), Nego, Stayls (Vitalish, 71), Soboslai, Shefer, Sholloi (Tot, 71), Bolla (Lukach, 61), Varga
Ogohlantirishlar: Ranos, 52 – Shefer, 83
Vengriya milliy jamoasi safarda Armaniston ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 33-daqiqada Dominik Soboslaining uzatmasi orqali hujumchi Barnabash Varga tomonidan urildi. Armanlar esa darvoza sohasi tomon biror marta to‘g‘ri zarba berolmadi. Yakunda mag‘lubiyatga uchragan mezbonlar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasidan butkul umid uzdi. Vengrlar esa Portugaliya Irlandiyaga yutqazgani tufayli hali ham ikkinchi o‘rinni kafolatlay olmadi. 6-turda barchasi irlandlar bilan o‘zaro o‘yinda hal bo‘ladi. Ammo Vengriyada ustunlik bor: Marko Rossi jamoasini durang ham qoniqtiradi.
16 noyabr. Vengriya – Irlandiya, Portugaliya – Armaniston.
Fransiya qatorasiga oltinchi yirik turnirga yo‘llanma oldi
Ozarboyjon – Islandiya 0:2
Gollar: A. Gudmundsson, 20 (0:1). Ingason, 39 (0:2)
Ozarboyjon: A. Bayramov, Mustafozoda, Krivotsyuk, Badalov, Maxmudov (D. Nuriyev, 60), Xaybulayev (A. Nuriyev, 84), Abbasov, Guseynov, T. Bayramov (Ahmadzoda, 60), Aliyev (Abdullazoda, 72), Oxunzoda (Dadashov, 72)
Islandiya: Oulafsson, Gretarsson, Ingason, Ellersson, Palsson, Yoxannesson (Tourdarson, 90), Haraldsson, Y. Gudmundsson (Torsteynsson, 68), Hlinsson (Vidlyumsson, 68), A. Gudmundsson (Tordarson, 90+1), A. Gudyonsen (D. Gudyonsen, 68)
Ogohlantirishlar: Xaybulayev, 31. Mustafozoda, 62. Ahmadzoda, 83. Krivotsyuk, 85 – Palsson, 49. Vidlyumsson, 69
Ozarboyjon Fernandu Santushni ishdan bo‘shatgach, yoshlar jamoasidan jalb etilgan Oyxon Abbosov bilan ukrainlarga qarshi ikki o‘yinda raqibni ochkolardan mahrum etdi (1:1, 1:2). Ammo o‘tish o‘yinlariga boshqa bir da’vogar bilan o‘yinlarda buning uddasidan chiqib bo‘lmadi. Islandiya Bokudagi o‘yinning birinchi bo‘limi o‘rtalarida mezbonlar sun’iy ofsayd hosil qilishda yo‘l qo‘ygan xatodan foydalandi va Gudmundsson Yoxanessonning pasidan keyin darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Bo‘lim oxirlarida esa himoyachi Ingason standart vaziyatda Gudmundsson oshirib bergan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobdagi ustunlikni oshirdi. Ozarboyjon bir yarim yildan buyon g‘alabasiz seriya qayd etmoqda, islandiyaliklar esa minimum vazifani bajarib, guruh jadvalida ukrainlarni quvib o‘tdi va Parijdan yangilik kuta boshladi.
Fransiya – Ukraina 4:0
Gollar: Mbappe, 55 – penalti (1:0). Olise, 76 (2:0). Mbappe, 83 (3:0). Ekitike, 88 (4:0)
Fransiya: Menyan, Upamekano, Saliba, Din, Kunde (Gyusto, 89), Kone (Zair-Emeri, 80), Kante, Sherki (Akliush, 68), Barkolya (Ekitike, 67), Olise (Nkunku, 89), Mbappe
Ukraina: Trubin, Svatok, Zabarniy, Mixavko (Tsigankov, 75), Mixaylichenko, Karavayev, Yarmolyuk (Voloshin, 85), Nazarina, Ocheretko (Shaparenko, 64), Yaremchuk (Zubkov, 75), Gutsulyak (Vanat, 64)
Ogohlantirishlar: Kone, 31 – Mixavko, 54. Yarmolyuk, 74
Parijdagi o‘yinda esa Fransiya jahon chempionati yo‘llanmasini hal qildi. Fransuzlar o‘z maydonida Ukrainani yirik hisobda tor-mor etishdi. Mezbonlar birinchi bo‘lim davomida zarbalar berish bo‘yicha 8:0 hisobida ustunlikka erishdi, ammo to‘p darvozaga kirishni istamadi. Faqat ikkinchi bo‘lim boshida Kilian Mbappe Maykl Olise tomonidan ishlangan penaltini aniq ijro etib, hisobni ochdi.
76-daqiqada esa «Bavariya» vingerining o‘zi pressing orqali boshlangan tezkor hujumni gol bilan yakunladi. Ko‘p o‘tmay Mbappe dublni rasmiylashtirdi. Bu 26 yoshli futbolchining faoliyatidagi 400-gol bo‘ldi. Yakuniy hisob 88-daqiqada Ugo Ekitike tomonidan o‘rnatildi. 4:0 – fransuzlar muddatidan oldin yo‘llanmani hal qildi. Ukraina endi o‘tish o‘yinlarida qatnashish uchun Islandiyani mag‘lub etishi kerak bo‘ladi, so‘nggi turda islandlarni ikkinchi o‘rinni o‘zida saqlab qolish uchun durang hisob ham qoniqtiradi.
16 noyabr. Ozarboyjon – Fransiya, Ukraina — Islandiya
Holand rekordga qarab ketmoqda
Norvegiya – Estoniya 4:1
Gollar: Serlot, 50 (1:0). Serlot, 52 (2:0). Holand, 56 (3:0). Holand, 62 (4:0). Saarma, 64 (4:1)
Norvegiya: Nyulann, Ayyer, Heggem, Volfe (Berkan, 86), Ryuerson, Berg (Torsbi, 74), Berge, Nusa (Dennum, 86), Bobb (Shelderup, 69), Serlot (Torstvedt, 74), Holand
Estoniya: Xeyn, Kuusk, Mets, Shenning-Larsen, Peetson, Soomets (Vetkal, 75), Palumets (Kristal, 83), Sheyn (Poom, 83), Sinyavskiy, Saarma (Miller, 69), Sappinen (Paalberg, 83)
Norvegiya milliy jamoasi navbatdagi bor yirik g‘alabaga erishdi. Bu safar jabrlanuvchi Estoniya bo‘ldi. Norveglar ikkinchi bo‘limning 14 daqiqasi ichida to‘rt bor darvozani ishg‘ol etishdi: Erling Holand va Aleksandr Syorlot dublga erishdi. Krishtianu Ronalduning milliy jamoa uchun gollar bo‘yicha rekordi xavf ostida. Holandda allaqachon Norvegiya safidagi 47 o‘yinda 53 gol urishga ulgurdi. Qolaversa, u bu safargi saralash turnirining o‘zida 14 gol bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Bu g‘alabadan keyin skandinavlar amalda JCh-2026 yo‘llanmasini hal qilishdi. So‘nggi tur oldidan Stol Solbakken shogirdlari 21 ochko to‘plagan va Italiyadan uch ochkoga oldinda. Ammo Norvegiya to‘plar nisbati bo‘yicha katta farq hosil qilgan («+12»ga qarshi «+29»), natijada so‘nggi turda italyanlarga mag‘lub bo‘lish ham amalda hech narsani o‘zgartirmaydi, vaziyat o‘zgarishi uchun Norvegiya yakshanba kuni Italiyada 9 ta javobsiz gol o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shunday ekan, Norvegiya 28 yil ichidagi ilk jahon chempionati yo‘llanmasini bayram qilishni boshladi.
Moldova – Italiya 0:2
Gollar: Manchini, 88 (0:1). Espozito, 90+2 (0:2)
Moldova: Kojuxar, Krechun, Dumbrevanu, Shtefan, Ionitse, Persiun (Bogachuk, 61), Ratse (Bodishtyanu, 74), Ryabchuk (Bitsa, 55), Revenko, Nikolaesku (Fratya, 74), Postolaki (Damashkan, 55)
Italiya: Vikario, Buondjorno, Manchini, Kambyaso (Dimarko, 74), Bellanova, Kristante, Raspadori (Retegi, 65), Tonali, Dzakkani (Frattezi, 82), Orsolini (Politano, 74), Skamakka (Espozito, 65)
Ogohlantirishlar: Dumbrevanu, 2. Revenko, 28. Shtefan, 90
Italiya ham Kishinyovdagi o‘yinda oson g‘alabaga erishishi kutilgandi, ammo mehmonlar uzoq vaqtgacha ko‘plab vaziyatlardan (2,58 xG) gol ura olmadi, mezbonlar darvozaboni Kojuxar muntazam ravishda seyv amalga oshirdi. Va faqat 88-daqiqaga borib devor buzib o‘tildi: himoyachi Janluka Manchini raqib jarima maydonida barchadan baland sakrab, boshi bilan darvozani ishg‘ol etdi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa Franchesko Espozito ham qanotdan oshirilgan uzatmani bosh bilan golga aylantirdi.
2:0 – Italiya jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma uchun nazariy imkoniyat saqlab qolmoqda. Amalda esa bu ilojsiz ish. Yakunda birinchi o‘ringa chiqish uchun italyanlar Norvegiyani to‘qqiz gol farqi bilan mag‘lub etishi kerak bo‘ladi. Shunday ekan, Norvegiya bilan o‘yinda italyanlar o‘tish o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlasa ham bo‘ladi.
16 noyabr. Isroil – Moldova, Italiya – Norvegiya.
Angliyaga hech kim gol urolmayapti
Angliya – Serbiya 2:0
Gollar: Saka, 28 (1:0). Eze, 90 (2:0)
Angliya: Pikford, Konsa, Stouns, O`Rayli, Jyeyms, Rays (Henderson, 65), Anderson (Uorton, 85), Rodjyers (Bellinghem, 65), Reshford (Foden, 65), Saka, Keyn (Eze, 65)
Serbiya: Raykovich, Pavlovich, Milenkovich, Terzich (Gruich, 76), Mimovich, Gudel (Samardjich, 69), Lukich (Radonich, 76), Ilich (Stankovich, 39), Kostich, Jivkovich (Yovich, 76), Vlahovich
Ogohlantirish: Kostich, 85
Muddatidan oldin yo‘llanmani hal qilib bo‘lgan Angliya JCh-2026 saralashi doirasidagi yettinchi o‘yinda ham g‘alabaga erishdi. Tomas Tuxel jamoasi Serbiyani ikkinchi o‘yinda ham mag‘lub etdi. 28-daqiqada Bukayo Saka standart vaziyat davomida amalga oshirilgan hujumni gol bilan yakunladi. Shundan keyin inglizlar o‘yinni nazorat qildi va katta kuch sarflamasdan himoyada o‘ynadi. Serbiya deyarli vaziyatlarga ega bo‘lmadi, o‘yin oxirida esa Pikford Kostichda yuzaga kelgan yagona vaziyatni ham bartaraf etdi. Qo‘shimcha daqiqalarda Eberechi Eze yakuniy hisobni o‘rnatdi – 2:0. Inglizlar saralashda yetti o‘yinda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (20:0). Serblar esa bu mag‘lubiyatdan keyin ikkinchi o‘rindan umid uzishdi, ammo ularda Millatlar ligasi orqali o‘tish o‘yinlariga o‘tish imkoniyati bo‘ladi, buning uchun jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagan jamoalar orasida kuchli to‘rtlikka kirish talab etiladi.
Andorra – Albaniya 0:1
Gol: Aslani, 67 (0:1)
Andorra: Ruis, Llovera, Olivera, San Nikolas (Remolins, 86), Borra, Babot (Ferreyra, 86), Iskierdo (Teysheyra, 69), Servos, Rodrigo, Lopes (Moreno, 86), Rosas (Fernandes, 69)
Albaniya: Strakosha, Ayyeti, Jimsiti, Mitay, Hyusay, Aslani, Lyachi (Bayrami, 60), Shexu, Xo‘ja, Broyya (Uzuni, 60), Manay (Tutsi, 77)
Ogohlantirishlar: Iskierdo, 39. Rodrigo, 75. Lopes, 81 – Ayyeti, 56. Bayrami, 83
Albaniya milliy jamoasi hali biror marta jahon chempionatiga chiqmagan. Ammo endi buning uchun ikki o‘yinda g‘alaba qozonish yetarli bo‘ladi. Albanlar bu turda safarda Andorrani mag‘lub etgan holda o‘tish o‘yinlaridagi ishtirokini ta’minladi. Silvinio shogirdlariga g‘alabani «Torino» yarimhimoyachisi Kristyan Aslani 67-daqiqada urilgan gol bilan kafolatladi. Albaniya endi so‘nggi tur oldidan uchinchi o‘rindagi Serbiyani to‘rt ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda va so‘nggi turda Angliyaga qarshi o‘yin quruq rasmiyatchilikka aylanadi.
16 noyabr. Albaniya – Angliya, Serbiya – Latviya.
Sport
Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.
Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.
«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.
Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.
Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.
Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.
Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.
«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.
Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.
Sport
Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi
Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
Sport
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.
Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.
Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.
Sport
O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.
Sport
O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.
Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.
27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat3 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Iqtisodiyot1 day ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
