Iqtisodiyot
1-sentyabrdan Face-ID orqali elektron mehnat shartnomalari tuziladi
YaMMT orqali qayd etilgan qonun buzilishlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Joriy yil 4-avgust kuni qabul qilingan PF–126-son Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan xodimlari 50 nafargacha bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga YaMMTda biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
2025-yil 1-sentyabrdan:
Davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinadi;«Xavfni tahlil etish» tizimining tahlil natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorni xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi.
2026-yil 1-yanvardan YaMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish va qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etiladi.