Connect with us

Mahalliy

В вузах Узбекистана полностью прекращается прием на заочное обучение

Published

on


Президент Шавкат Мирзиёев подписал Указ «О дополнительных мерах по обеспечению качества образования и совершенствованию системы предоставления образовательных услуг».

Согласно указу, с 2025/2026 учебного года приём на заочную форму обучения прекращается, при этом по альтернативным формам обучения, кроме очной, приёмные квоты будут постепенно увеличиваться.

Начиная с 2025/2026 учебного года общий приём по альтернативным формам обучения в высших учебных заведениях не должен превышать 50% от приёма на очную форму обучения.

При этом разрешается подготовка научно-педагогических кадров в магистратуре по альтернативным формам обучения.

Также разрешается организация обучения по оптимизированной очной форме (part-time education), основанной на кредитно-модульной системе, в рамках альтернативного образования в высших учебных заведениях.

Прием студентов сверх установленной нормы на альтернативные формы обучения будет расцениваться как грубое нарушение лицензионных требований и условий и станет основанием для аннулирования лицензии.

Независимо от ведомственной принадлежности и организационно-правовой формы, в каждой образовательной организации в пределах общей численности штата создаются специализированные подразделения по контролю качества образования, ответственные за исполнение данного постановления.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mahalliy

Alisher Navoiy hajga borganmi?

Published

on


Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ma’naviyat soatlari… Bu ishlar xo‘jako‘rsinlikdan boshqa narsa emas! Taassufki, oramizda shunday ta’naomuz luqma tashlovchilar oz bo‘lsada uchrab turadi. Ba’zi qalamkashlar ham shunday mazmundagi chiqishlari bilan o‘zlarining qanchalar haq ekanliklarini isbotlamoqchi bo‘ladilar.

Demokratiya. Fikrlar xilma–xilligi albatta har bir fuqaro o‘z fikrlarini aytishga haqli. Ammo shukrki, haqiqiy ilm sohiblari bunday muzokaralarga e’tibor bermaydilar, hamisha ma’rifat xizmatlariga shaylar.

Ma’naviyatni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shishdan charchamaydilar. Korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan esa atoqli sanalar, umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng nishonlanib kelinadi.

Jumladan, kuni kecha, buyuk shoir, alloma, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tadbir ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Filologiya fanlari doktori, professor Dilfuza Yuldasheva o‘z ma’ruzasini shunday mahorat bilan o‘tdiki, auditoriyaning butun vujudi quloqqa aylandi, go‘yo.

Ma’ruza davomida olima dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan allomaning tarjimai holi, o‘lmas ijod namunalaridan so‘zladi. Eng asosiysi, ularni tinglovchiga yetkazishdagi olimaning notiqlik mahorati meni lol qoldirdi. Olima Navoiyning ruboiylaridan misol keltira boshlaganda ishtirokchilar beixtiyor unga jo‘r bo‘lishdi:

Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,

O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo.

O‘z vujudingga tafakkur aylagil,

Har ne istarsen o‘zingdan istagil.

Bu ham Navoiy ijodining qalblarga allaqachon muhrlanganidan bir nishona edi. Ilgari “Navoiy hajga borganmi“, — degan savol meni ko‘p o‘ylantirardi.

Bundan 4 yillar muqaddam u haj safariga uch bor taraddud ko‘rib, davlatning dolzarb ishlari bois bora olmaganini eshitganimda xalq manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘ygan buyuk allomaga nisbatan hurmatim yanada oshgandi.

«Xamsa» asarini shoshilinch, yetti oyda yozib tugatish mas’uliyati, taxt talashayotgan shahzodalarni, ba’zi amaldorlarni tarbiyalash, qalblarida ilmu fanga muhabbat uyg‘otish, egri maqsadlardan qaytarish, taqvodorlikka da’vat qilish va ularga axloq va odobda o‘rnak bo‘lish kabi mas’uliyatli vazifalari bor edi Navoiyning.

Olima Yuldasheva ham viloyatlardagi notinchlikning oldini olish, xalqning iqtisodiy va ma’naviy hayotini yaxshilash kabi yumushlari tufayli hazratning umri davomida haj qila olmaganligini ta’kidladi.

Hofizi Qur’on bo‘lganmi, degan savolga to‘rt yoshdan maktabda o‘qigani, yetti yoshda Qur’onni yod olgani haqidagi misollar bilan javob berdi.

Ayniqsa olimaning hozirgi kunda katta hajga, umra ziyoratiga borish kimlarga joizu, kimlarga mumkin emasligini bilmaslik yoki bilib turib bilmaslikka olish, muhtoj qarindoshlari, ehtiyojmand qo‘shnilarini unutib, muqaddas zaminga xotirjamgina, hatto tantanavor borib kelayotgani to‘g‘risidagi mulohazalari juda o‘rinli edi.

Shu o‘rinda, mana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda yaqindan yordam bergan «O‘zbekiston pochtasi» AJ Farg‘ona filiali hamda «O‘zbektelekom» AK Sharqiy filiali rahbariyatlariga, qolaversa, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi va Farg‘ona Davlat universitetiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

“Xabar.uz“ axborot-tahliliy portalining Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Hafiza Salyahova



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Xalqaro Nordik universiteti O‘zbekiston bo‘yicha xususiy oliygohlar orasida — 1-o‘rinni egalladi

Published

on


Nufuzli uniRank–2025 xalqaro reytingiga ko‘ra, Xalqaro Nordik universiteti:

O‘zbekiston bo‘yicha umumiy reytingda — 19-o‘rinni;

Xususiy oliygohlar orasida — 1-o‘rinni egalladi.

Jahon reytingida esa 7 900 dan ortiq universitetlar qatoridan joy oldi.

Xalqaro Nordik universiteti (Axborot texnologiyalari va menejment universiteti) 2022 yilda tashkil etilgan. Nordik universiteti (NIU) qo‘shma ta’lim beruvchi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Universitet bir nechta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va magistr darajalari kabi rasman tan olingan oliy ta’lim darajalariga olib boradigan kurslar va dasturlarni taklif etadi. NIU shuningdek, talabalarga kutubxona, onlayn kurslar va masofaviy o‘qitish imkoniyatlari, ma’muriy xizmatlar kabi bir qator akademik va akademik bo‘lmagan qulayliklar va xizmatlarni taqdim etadi.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

AUIK O‘zbekistonning uch sohadagi loyihalariga investitsiya kiritdi

Published

on


Ozarbayjon–O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIK) O‘zbekistonda oliy ta’lim, raqamli infratuzilma va chakana savdo sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarga yangi investitsiyalar kiritilganini ma’lum qildi.

Ta’lim sohasida AUIK Toshkent shahrida joylashgan, “Cintana Education” va “Arizona State University” bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan “American University of Technology” ustav kapitaliga kirdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2 million AQSh dollarini tashkil etdi. Mablag‘lar universitet infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. AUIK ushbu loyihadagi ishtirokini raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladigan zamonaviy akademik muhitni shakllantirish, shuningdek, mamlakatning ilmiy-ta’lim salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan amaliy hissa sifatida baholaydi.

«Loyiha xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va boshqaruv amaliyotlarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimining institutsional rivojini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan», — deya ma’lum qildi kompaniya vakili.

O‘zbekistonda raqamli infratuzilmaning rivojlanishi data-markazlar, hisoblash quvvatlari va IT-yechimlarga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan kechmoqda. Shunga ko‘ra, texnologik sektorda AUIK “Engineering+” kompaniyasi bilan qo‘shma korxonaga 1,7 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Loyiha ICE+ immersion sovitish texnologiyasi asosida yangi avlod data-markazlari uskunalarini, jumladan mikro-SODlar va sun’iy intellekt hamda bulutli hisoblash vazifalari uchun yuqori unumli serverlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ishlab chiqarish ichki bozorga, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, kompaniya mahalliy chakana savdo tarmog‘iga 15 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. Bitim tarmoqni kengaytirish, logistika infratuzilmasini hamda operatsion jarayonlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, alohida loyihalarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi 1 milliondan 25 million AQSh dollarigacha bo‘lib, sarmoyalar ta’lim, ishlab chiqarish, logistika, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kabi iqtisodiyotning qator sohalaridagi loyihalarga yo‘naltirilgan.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Bola o‘g‘irlikka qo‘l urdi. Nega?

Published

on


Yoshlar haqida gap ketganda, ko‘pincha umumiy va chiroyli iboralar ishlatiladi. Ammo hayotda-chi? Ayrim hollarda ba’zi yoshlarning xatti-harakatlari tarbiyadagi yetishmovchilikni, e’tiborsizlikni yoki atrof-muhit ta’sirini ochiq ko‘rsatib qo‘yadi. Bu holatni faqat «tarbiyasizlik» deb baholash oson, ammo masalaning mohiyati undan ancha chuqur. Chunki bolaning xulqi – uni o‘rab turgan muhitning, munosabatning va nazoratsiz qolgan jihatlarning natijasidir.

– Nodir (ismi o‘zgartirildi) hozirda sakkizinchi sinfda o‘qiydi, – deydi Parkent tumani IIB HPB voyaga yetmaganlar masalasi bo‘yicha ins­pektor-psixolog, katta leytenant Gulchehra Mirzaxmedova. – U o‘g‘rilik sodir etgan. Mazkur holatning sabablari o‘rganilganda, bolaning ota-onasi dehqonchilik orqasida tirikchilik qilishi, u buvisining qaramog‘iga ishonib qoldirilgani ma’lum bo‘ldi. Dastlab Nodir buvisining erkasi bo‘lib, uning pensiya pullarini bemalol ishlatib yurgan, keyin «ehtiyojlari» ortgan. Va begona cho‘ntakka qo‘l solib, pul o‘g‘rilagan. Tashvishlisi, bolaning o‘g‘rilik qilishdan maqsadi osongina pul topish ekanligi. Vaholanki, hozir u o‘qish, o‘rganish, kelajakdagi orzulari poydevorini qo‘yish pallasida. Biroq oilaviy muhitning nosog‘lomligi, nazoratsiz qolishi, vaqtini behuda sarflashi bilan bog‘liq bir-birini to‘ldirgan vajlar sabab huquqbuzarlikka qo‘l uryapti. Hozirda Nodir jinoyat sodir etishga moyil o‘smirlar ro‘yxatida turadi. U bilan goh yakka, gohida  ota-onasi ishtirokida profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.   

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan taqdim etilgan mavzuga doir raqamlarni keltirib o‘tsak. Mamlakatimiz bo‘yicha 2024-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 3 112 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 2 798 taga tushgan. Ya’ni, jinoyatlar soni 10,1 foizga kamaygan. Bu esa maktab, oila, mahalla va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Biroq bir nafar bolaning qonun chegarasini buzib o‘tishi ham uning kelajagiga salbiy ma’noda soya solishi mumkinligi bizni tashvishlantirishi kerak. Masalaning o‘ylab ko‘riladigan tomoni ham shunda.

– Yoshlar tomonidan sodir etilgan  jinoyatlarni o‘tgan yil misolida tahlil etadigan bo‘lsak, har ikkinchisi (1313ta) o‘g‘rilikka to‘g‘ri keladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti Jinoyatchilik omillarini tadqiq qilish markazi ilmiy xodim-tadqiqotchisi, mayor Madina Abdijalilova. – Shuningdek, 84 ta firibgarlik, 193 ta bezorilik, 87 ta talonchilik, 68 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 68 ta transport vositasini olib qo­chish, 36 ta nomusga tegish, 17 ta bosqinchilik va 15 ta qotillik holatlari qayd etilgan. Shu o‘rinda yana bir xavotirli jihatni aytib o‘tishim kerak. Ushbu  jinoyatlarning 12 foizi axborot texnologiyalari orqali sodir etilgan. Bu bevosita internet yoshlar uchun imkoniyat eshiklarini ochish barobarida, kiberfiribgarlik va virtual tajovuz kabi xavf-xatarlarni ham olib kelayotganini dalillaydi.

Jamiyatda yoshlar jinoyatchiligi haqida gap ketganda, ko‘pincha oqibatga e’tibor qaratiladi. Aslida esa muammoni tushunish uchun sabablarga nazar tashlash muhim. Tahlillarga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida jinoyatga olib kelayotgan omillar orasida ota-onaning tarbiyaviy namunasi omili yetakchi o‘rinda turadi. Bu ko‘rsatkich bola shaxsining shakllanishida oilaning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatadi. Chunki bola, eng avvalo, ota-onasining kundalik xulq-atvori, munosabati va hayot tarzidan o‘rnak oladi. Oilada qonunga hurmat, mehnatsevarlik va mas’uliyat hissi ustuvor bo‘lsa, bolada ham shu qadriyatlar shakllanadi. Aksincha, beparvolik yoki zo‘ravonlik mavjud muhitda o‘sgan bolaning salbiy xulq-atvorga moyil bo‘lishi ehtimoli oshadi.

Ha, dono xalqimiz tilidagi «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» maqoli yosh avlod tarbiyasida hayotiy asoslariga tayangan hikmatdir. Bugun voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi faqatgina ichki ishlar organlarining muammosi emas. Bolalardagi salbiy o‘zgarish avvalo ota-onani, qolaversa, maktab, mahalla va butun jamiyatni tashvishga solishi lozim. Bunda eng muhim maqsad – bolaning xatosini  o‘z vaqtida to‘g‘rilash, uning xatti-harakatlarini nazoratga olish. Shuningdek, balog‘at davrining beqaror  kayfiyati, qiziqqonlik va o‘zini namoyon qilish istagining kuchliligi, huquqiy savodxonlikning yetishmasligi ham  kutilmagan og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishini unutmaslik kerak.

Bolalarning savollari ko‘p. Bu savollarga ular ulg‘aygani sayin javob topib boradi. Kimning ko‘magida? Albatta, yaqinlari, ota-onasi, ustoz-murabbiylari, tengdoshlari bilan muloqotda, o‘zaro suhbatda.  Demak, hamma istakning ro‘yobi maslak birligi, do‘stona tillashishda, to‘g‘ri tarbiyada.

Gulnoza Turg‘unboyeva



Source link

Continue Reading

Mahalliy

“Oshkora qotillik qissasi” (esse)

Published

on


Aytishlaricha, o‘sha kuni havo har doimgidan dim, issiqroq va  go‘yoki, yoz kuni emas, kech kuzni eslatib yuboradigan timqora bulutlari hansirab, ana yog‘aman, mana yog‘aman deb turgan ajabtovur kun bo‘lgan emish. Bu vahshiyona fojeani oldingi hafta payshanba shomida eshitganmidim yoki undan oldingi hafta juma xuftonidami hozir eslolmayman. Aslida, gap qachon eshitganimda ham emas, qotillikning ikki kun davomida qotil tomonidan jar solinib, butun mahalla xabardor holda sodir etilishidir. Men kabi, uyida biqinib shu kungi ob-havodan ham xabari bo‘lmagan “uy alvastisi”dan esa bu haqda surishtirib o‘tirishning ham hojati yo‘q. Qotillik qo‘shni mahallada emas, yon qo‘shnimnikida ro‘y bergan taqdirda ham dunyo bexabar o‘tiravergan bo‘lar edim. Xo‘p, qotillik qo‘shni uyda ro‘y berib, g‘ala-g‘ovur, chinqiriq va o‘kiriklar shundoqqina peshonamda sodir bo‘lganidachi!? Qanday chora ko‘rgan bo‘lar edim? Hech qanday! Asabiylashganimcha, “Boshlandi, ko‘chib qutulamiz shekilli bu bedavolardan!? Aroqxo‘r, bir kun xotinini bo‘g‘izlab qo‘yishi tayin!” — derdim. Ammo, yuqorida aytganimdek ushbu qotillik odatiy holatlardan tamom boshqacha, ta’bir joiz bo‘lsa, Markeschasiga “oshkora qotillik” tarzida sodir etilgan va o‘sha mash’um qissa ko‘r-ko‘rona takrorlangan.

Xullas, Santyago Nasarning prototipi bo‘lmish 30 yoshlar atrofidagi juvon chavaqlangan tunda butun mahallani qon va murda hidi tutib ketgan. Aniqlanishicha, ayolning bo‘g‘ziga pichoq tortilganida u hech narsadan xabari yo‘q holda yotog‘ida uxlab yotgan bo‘lgan. Sho‘rlikning so‘yilayotgan tovuqdek tipirchilab g‘iyqillashga ham ulgurolmay qolgani bizga ma’lum holda, erining ishni bamaylixotir davom ettirishi; ayoli tanasi bo‘ylab ayovsiz pichoq sanchishi, tanani ilma teshik qilib ishini tugatgach, ko‘chaga chiqib qonli pichog‘ini yuqori ko‘tarib, “Odamlar ko‘rib qo‘yinglar, men dunyoni bitta yengiltakdan tozaladim!” — deb quturgan ayiqdek o‘kirishi, ayni, tanish ssenariy takrorini eslatadi. Uni aroq ichgani uchun nima qilayotganini anglab yetmagan desak, xuddi shu qotillik kuni qotil hushyor bo‘lgan. Qolaversa qotillik haqida ham o‘zi xabar bergan. Sud jarayonida “Qilgan ishingizdan pushaymonmisiz?” — degan savolga “Esiz, u manjalaqini go‘shtini maydalab daydi itlarga tashlashga ulgurolmadimda!” — deb afsus chekkan….

Bizning qotilimiz, guyoki singlisi Anxela Vikario nomusi, balki o‘zlarining sha’ni uchun Kolumbiyaning bir chekka qishlog‘i bo‘ylab qotilligini oshkora aytib, hammaga bildirib ketayotgan aka-uka egizaklar Pablo hamda Pedro Vikariolardan qay jihati bilan farqli deb o‘ylaysiz? Ishonavering, biror farqli tomoni topilmaydi. Ikki qotillik ham shu qadar o‘xshashki, necha zamonlar o‘tib hayot atalmish yozuvchi yana Markesning “Oshkora qotillik qissasi”ni qaytadan, boshqa makon va zamonda yozgandek. Qotillikdan keyin tergov-surishtiruv ishlari olib borilganida, deyarli butun mahalla ahli bu xunrezlikning sodir etilishidan xabardor bo‘lgan. Albatta, sezib turganingizdek Santyago Nasar kabi birgina qotillik qurbonigina bexabar bo‘lgan.

Surishtirib borilsa, qotillik ibtidosining ilk makoni shahar tupkanining tubida joylashgan allaqanday “shisha zavodi”ga borib taqaladi. Bilishimizcha, butun mahallaning ishsiz ayolu erkak, xotin qizlari og‘ir mehnat, turfa xil orttirilgan kasalliklar, albatta, past oylik maosh bilan “qora xalq” orasida dovrug‘ qozongan zavodda ertalabdan qara kechgacha mehnat qilishga majbur bo‘lishgan. Shu jumladan, qurbonlikka so‘yilgan qo‘ydek bo‘g‘izlangan qurbonimiz ham. Keling, bu safar doimgi uslubimga teskari bo‘lsada, qahramonlarimizni shartli ravishda ismlarning bosh harflari bilan ataymiz. (Odatda asarlarimda qahramonlar ismsiz bo‘lishadi. Ayol, qiz, erkak, bobo, buvi degandek) Qurbonimizni L desak, aroqxo‘r erini K deb atay qolamiz. Xullas, K bilan L oila qurishganiga 15 yildan oshgan, ikki nafar farzandlari bo‘lgan. Avvaliga K ning shaxsiy tijorat ishi va mo‘maygina daromadi bo‘lgan. Keyinchalik ishlari chappasidan ketib, qarzga botgan. Shu bo‘lganu erkak ichkilikka ruju qo‘ygan va turmush o‘rtog‘i L amal-taqal kun ko‘rishlari uchun shisha zavodida ishlay boshlagan. Qo‘shnilarining guvohlik berishicha, garchi eri jig‘ildoniga deyarli har kuni “shayton suvi”dan to‘ldirib olib, cho‘chqadek bo‘kib kelsada, urush-janjallarsiz yashashgan. Na, L ning diydiyosi va na K ning almoyi-aljoyi haqoratlariyu, ayovsiz kaltak zarblari, baqir-chaqirlarini eshitishmagan. Marhuma bilan zavodga birgalikda qatnagan 4-5 nari uyda yashovchi ayol ham “Juda xushchaqchaq va sabrli ayol edi” — deb xotirlagan. Har kuni tongda mahallaga keladigan zavod avtobusi ayol-erkak ishchilarni olib ketib, kechga tashlab ketgan. Qisqa qilib aytganda, umr tinchgina o‘tib, qora qozon qaynab turgan. Ammo, peshona yozig‘idan arqon eshib, qotillik sodir etilgan mash’um kundan ikki kun oldinga sirtmoq solib otadigan bo‘lsak, ayni mahalla guzaridagi choyxona ostonasiga borib tushadi. Bu vaqtda K va bekorchi oshnalari choyxonada otamlashib o‘tiradilar. Xurmacha zahri qotilga to‘lgan sari tillar ham iblis tilida so‘ylay boshlaydi. K xuddi shu manzilda allaqachon butun mahalla quloqlari eshitib, tillarda g‘iybatga aylanib ulgurgan, bigiz barmoqlarga nishon bo‘lgan L haqidagi “haqiqat” bilan yuzlashadi. Oshnalari K ga ayoli suyuqoyoq ekani, zavodda jazman orttirganiyu, bu sharmandagarchilikdan butun mahalla voqifligi haqida sha’ma qilishadi. K me’yordan ortiq aroq ichgani uchun shu tunda choyxonada qolib ketadi.

Voqiylik ayni nuqtasiga yetganida beixtiyor Gabriel Garsiya Markesning “Oshkora qotillik qissasi” asarini ilk marta mutolaa qilgan chog‘im yodimga tushdi. Xotiram pand bermasa deyolmayman, esini yegan xotiralarsiz ham eslab ko‘rishga harakat qilaman. Bitiruvchi sinf edik. Adabiyot, kitoblar desa bor ishimni yig‘ishtirib, sho‘ng‘ib ketadigan ashaddiy muxlis edim. Adabiyot darsligimizda qissadan parcha, adib va asar haqida batafsil ma’lumot berilgandi. Asarni o‘qib shu qadar hayrat va o‘zgacha hislar qurshovida qolgandimki, “shunday yozsa ham bo‘larkanda, Markes deganlari boshqacha yozuvchi ekanmi!” — deb yuborgan edim va adibning ijodiga mehrim tushib, ashaddiy muxlisasiga aylangandim. Ayniqsa, toki qissa yakuniga qadar “Kimdir borib Santiyagoni qotillikdan ogohlantirsachi, nega hamma qotillikdan xabardor bo‘lsa ham churq etmayapdi?! Nega Santiyago ogohlantirish xatini ko‘rmadi yoki biror kishi topib olib uni ehtiyotkorlikka chorlamadi? Nima uchun barcha tomoshabin bo‘lib turdi? Ne sababdan oxirgi daqiqalarda ochiq eshiklar yopildi va qotillik baribir ro‘y berdi? Aka-uka Pablo va Pedro jazoga shoshilishdan oldin, Anxela rost gapirmoqdami yoki Santiyago Nasar rostdan gunohkormi degan savollarni o‘zlariga berib ko‘rmadi? Ular qotillikni shundayin oshkora tarzda, ta’bir joiz bo‘lsa, butun olamga jar solib, qo‘llarida qon yuqili qassob pichoqlarini ko‘z-ko‘z qilganlaricha, ro‘parasidan chiqqan odamga “Biz Santiyagoni o‘ldirmoqchimiz, uni ko‘rmadingizmi?!” — deb davom ettirdilarki, bu harakatlari bilan kimdir o‘zlarini to‘xtatib qolishlari yoki Santiyagoni ogohlantirib qo‘yishlarini istadilar. Bo‘lajak qurboni yashrinib, yo bo‘lmasa biror uzoq joylarga qochib ketib rejasini chippakka chiqarishini chin dildan tiladilar. Men ham guyoki ularni izma-iz kuzatib yurar, ammo, ming afsuski Santiyagoni qutqarishi mumkin bo‘lgan odamlar orasida bo‘lolmasdim. Igna ustida o‘tirgandek tipirchilar, nuqul ichimda “Kimdir ogohlantirsachi? Biror jon borib aytsin, toki u jonini saqlab qolishga ulgursin!” — deb ich-etimni yeb bitirgan edim. Ammo, ming afsus-nadomatlar bo‘lsinki, qotillik oldi olinishi mumkin bo‘lgan olomon guvohligida, ochiqdan-ochiq ijro etildi. Aka-uka qotillar o‘zlarini gunohkor hisoblashmadi. Oilamiz, singlimiz or-nomusini saqlab qolish uchun aybdorni jazoladik va to‘g‘ri ish qildik deb bilishdi. Qotillik sodir etilgunga qadar og‘ziga tolqon solib o‘tirgan odamlar, xunrezlikdan keyin qotillarni quvlab ayuhannos sola boshlashdi…

Kechagi maishatparastlikdan so‘ng kallasi shishib uyg‘ongan K o‘zini choyxonada ko‘radi. Choyxonachi aytguvchi — xotini va katta o‘g‘li kechasi kelib olib ketmoqchi bo‘lgani, borishni istamay oyoq tirab turib olganini ming tirishib ham eslay olmadi. Ammo, oshnalari, ko‘chadagi jamiki odamlar, manavi choyxonachidan tortib, choyxona eshigida yotgan anavi daydi itgacha sim-sim ustidan masxaralab kulayotgani, “Erkak bo‘lmay, bu kuningdan o‘lib ketganing afzalroq edi, so‘tak!” — deb kuydirilgan kalladek tirjayib turishgani na ko‘z oldidan yo‘qoldi, na xayollarini iskanjasidan bo‘shatdi. K qo‘lidagi qotillik qurolini ko‘z-ko‘z qilganicha butun guzar hamda mahalla bo‘ylab kezinadi va ko‘ringan odamga ayolini so‘ymoqchi ekani haqida jar soladi. Xullas, xuddi qotil egizak Vikariolar kabi qotillikdan ogoh etmagan biror odam qolmaydi. Shu tariqa kun bo‘yi allaqayerlarda sandiroqlab, yarim tunda uyiga qaytadi. Bu paytda bolalari o‘z xonalarida, xotini L yotog‘ida hech narsadan bexabar dong qotib uxlab yotishardi. Ayoli erining shum niyatidan shunchalar bexabar bo‘lganki, oshxonada usti yopig‘liq issiq ovqat va choy tayyor qilib qo‘ygan. O‘zi esa Santiyago Nasar singari, bosh uzra hujum qilayotgan qushlarni tush ko‘rib yotganmikin?! Yoki, ishxonasida shallaqilikda dovrug‘ qozongan ayolning “Fohisha, nimalar qilib yurganingni hech kim sezmaydi deb o‘ylaysanmi?” — deb chinqirganiyu, sochidan changallab butun mahalla bo‘ylab, yalong‘och holda sazoyi qilib chiqayotganini tushida ko‘rib, yuz muskullari, qo‘l-oyoqlari uchib-uchib, chala uyqu holatida bo‘lganmikin? Bilmadim, birovnii xayollarini o‘qiy olish, tushlariga mo‘ralab ishtirok etish imkoni bo‘lsaki tayin fikr bildira olsam. Fikr bildirganimdachi, barcha falokatlar ortiga qaytib, olam munavvar bo‘lib ketarmidi? Bolalar onasining qonga botgan tanasini ko‘rib, bir umrga yetadigan chiqur ruhiy zarba olmasmidi? Bir tunda onasidan judo bo‘lib, endilikda qotilga aylangan otasi 20 yilga qamalib chorasiz yetimlarga aylanib qolmasmidi? Bilolmadim, agar men L ning qo‘shnisi yoki yaqin dugonasi bo‘lsamu, K ning qotillik rejasidan xabardor bo‘lsam, hechqursa qo‘ng‘iroq qilib, “L ehtiyot bo‘l, bolalaringni olda iloji boricha uzoqroqqa qoch! Eringni hovuri bosilguncha qonga to‘lgan ko‘ziga ko‘rinmay tur!” — degan bo‘larmidim? Yoki, “Aroqxo‘r, bo‘kib olgach nimalar deb aljiramaydi!” — derdimu, qo‘l siltab qo‘ya qolarmidim? Sizchi, balki L bilan birga ishlagandirsiz? Yo, shunchaki mahalladoshdirsiz? Nega jimsiz? Nima uchun ogoh etib qo‘ymadingiz? Gunohkorning jazosi shu dedingizmi? “Menga nima, bu ularning oilaviy, shaxsiy ishi, qolaversa, butun mahalla eshitgan, birortasi aytib ogohlantirib qo‘yar” — deb o‘yladingizmi? Albatta, sizni ayblashdan yiroqman. Chunki, men ham huddi shunday o‘ylagan bo‘lar edim. Qolaversa, bundayin “Oshkora qotillik qissalari”ni bir Markes yoki biz ko‘rgan emasmiz. U hamon tomoshagohda jimgina uzluksiz  davom etmoqda…!

Aytishlaricha, marhumani sud tibbiy ekspertizaga olib ketishganidan so‘ng, qarindoshlari qotillik ro‘y bergan yotoqxonani tozalab olishibdi. Qonga botgan yotoqni yuvib tozalash uchun hovliga chiqarishibdi. Tunda shunchalar kuchli jala quyibdiki, ertalabgacha tinmabdi. Yotoqdan selgigan qon jilg‘alarga bo‘linib, mahalla ko‘chasiga oqibdi va har bitta hovliga kirib, butun mahalla sathini alvon rangga bo‘yash uchun yetib ortgan emish…

Mastura Abduraimova



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.