Dunyodan
Zilzila qurbonlari soni 1400 dan oshadi, 69 000 kishi bedarak yo’qolgan
24-iyun kuni Venesuelada sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila qurbonlari soni 1430 nafardan oshdi. Mamlakat parlamenti spikeri Xorxe Rodrigesning aytishicha, kamida 68 900 kishi bedarak yo‘qolgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruv guruhlari vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirishni davom ettirmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, zilziladan keyingi dastlabki 48-72 soat tirik qolganlarni qutqarish uchun juda muhim davr hisoblanadi. Biroq vayronalar ostida qolgan odamlarda oziq-ovqat va ichimlik suvi bo‘lsa, ularni shu muddatdan keyin ham qutqarib qolish mumkin.
Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro hamjamiyat ham ishtirok etmoqda. Hozirgacha Venesuelaga qutqaruvchilar, shifokorlar va maxsus jihozlarni olib ketayotgan kamida 17 ta reys yetib kelgan. Qutqaruv ishlarida AQSh, Braziliya, Meksika, Fransiya, Turkiya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Eslatib o’tamiz, 24 iyun kuni 7,2 va 7,5 magnitudali zilzilalar bir daqiqadan kamroq vaqt oralig’ida sodir bo’lgan edi.