Connect with us

Iqtisodiyot

Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi

Published

on


“Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarordan ko‘zlangan maqsad, zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga har tomonlama ko‘maklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish etib belgilandi.

O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi PQ–452-son qarorining 2-bandiga muvofiq qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029 yil 1 fevralga qadar uzaytirildi.

2026 yil 1 fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarining ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha mezonlar inobatga olinadi:

▪️ yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan zargarlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgani va ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;

▪️ zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yekti bo‘lishi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Qurilish materiallari korxonalariga 50 mln dollar ajratiladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yirik va megaloyihalar uchun qurilish materiallari ta’minoti, mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligi hamda sohadagi moliyaviy muammolarga to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilishicha, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan investorlar import qilinadigan materiallarni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilishni so‘ramoqda.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham davlatdan teng sharoit yaratilishini talab qilmoqda. Ularning ta’kidlashicha, agar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar mahalliy mahsulotlarga ham tatbiq etilsa, ular sifat va standartlar bo‘yicha import mahsulotlari bilan raqobat qilishga tayyor.

Yig‘ilishda mutasaddilarga yirik va megaloyihalarga import hamda mahalliy mahsulotlarni yetkazib berishda teng sharoit yaratish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilishda sohadagi moliyaviy holatga ham alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum qilinishicha, ayni paytda qurilish materiallari tarmog‘idagi 457 ta korxonaning kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi 3,5 trillion so‘mga yetgan.

Bu holatning asosiy sabablaridan biri sifatida mahsulot tannarxining yuqoriligi va ayrim turdagi mahsulotlarning bozor talablariga to‘liq javob bermayotgani ko‘rsatildi. Natijada korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar uchun yetarli xaridor topishda qiynalmoqda.

Prezident har bir korxona kesimida tahlil o‘tkazish va ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga 457 ta korxonaning har biriga borib, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha qisqa muddatli dastur tayyorlash vazifasi yuklatildi. Ushbu maqsadlar uchun 50 million dollar miqdorida resurs ajratilishi belgilandi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston kivilarni asosan Erondan import qilmoqda

Published

on


2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan jami 7,3 ming tonna kivi import qilindi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, ushbu mahsulot importining umumiy qiymati 2,8 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Qayd etilishicha, kivi importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 ming tonnaga ko‘paygan. Bu esa yillik hisobda qariyb 59 foizlik o‘sishni anglatadi.

O‘zbekistonga eng ko‘p kivi eksport qilgan davlat Eron bo‘lgan. To‘rt oy davomida mazkur mamlakatdan 6 ming tonna mahsulot olib kelingan.

Ikkinchi o‘rinni Xitoy egallab, u yerdan 1,2 ming tonna kivi import qilingan. Shu tariqa ikki davlat umumiy import hajmining deyarli barchasini ta’minlagan.

Qozog‘istondan 27,5 tonna, Tailanddan 13 tonna va Italiyadan 3,6 tonna kivi keltirilgan. Qolgan 5,5 tonna mahsulot boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 iyun kuni yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va sohada prokuror nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda Bosh prokuratura tomonidan ishga tushirilgan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi haqida axborot berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda qayd qilinishicha, yashirin iqtisodiyot ulushi hali ham yuqoriligicha qolmoqda. Statistik baholashlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qishloq xo‘jaligida 81,1 trillion so‘mni, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida 24,5 trillion so‘mni, qurilishda 23,9 trillion so‘mni, sanoatda esa 6,7 trillion so‘mni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 2030 yilgacha yashirin iqtisodiyot hajmini ikki barobar qisqartirish, rasmiy band aholi sonini 14 million nafarga, naqdsiz to‘lovlar ulushini 75 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Taqdimotda Bosh prokuratura tomonidan yaratilgan va sinov tariqasida ishga tushirilgan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasining imkoniyatlari haqida axborot berildi.

Ta’kidlanishicha, platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta ma’muriy hudud va 208 ta tuman-shahar kesimida yashirin aylanmalar xavfini aniqlash va mas’ullar tomonidan ularning bartaraf etilishini nazorat qilish orqali budjet daromadlarini oshirish hamda sog‘lom raqobatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Platformani ishlab chiqishda soliq, bojxona, moliya, iqtisodiyot, statistika, ekonometrika va ehtimollar nazariyasi yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzdan ortiq xavf mezonlari ishlab chiqilgan hamda ularga hudud va tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari, soliq rejimi, tovar aylanmasi, budjet uchun ahamiyati va boshqa omillarni inobatga olgan holda individual koeffitsiyentlar belgilangan. Soha va hududlar kesimida yashirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy budjet yo‘qotishlarini aniqlash maqsadida platformaga 16 ta mas’ul vazirlik va idoraning axborot tizimlari integratsiya qilingan va barcha ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash imkoniyati yaratilgan.

Platforma tahlillari asosida yashirin iqtisodiyot xavfi va ehtimoliy budjet yo‘qotishi miqdoridan kelib chiqib, soha va hududlar avtomatik tarzda “yashil”, “sariq” hamda “qizil” toifalarga ajratiladi. Mazkur platforma orqali litsenziyasiz faoliyat yuritish, haqiqiy aylanma, ish o‘rinlari va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini yashirish, rentabellik va foydani kamaytirish kabi xavflar avtomatik aniqlanadi.

Taqdimotda platformaning imkoniyatlaridan foydalangan holda sohada prokuror nazoratini raqamlashtirish orqali uni yangi bosqichga olib chiqish taklif etildi.

Mazkur jarayonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga mas’ul vazirlik va idoralarning kuch va vositalari platforma tahlillari asosida manzilli yo‘naltiriladi, ularni nazorat qilishda esa inson omili yanada kamaytiriladi. Yashirin iqtisodiyot xavfi yuqori bo‘lgan soha va hududlar avtomatik tarzda aniqlanadi, sabablar tahlil qilinadi, mas’ul idoralarga manzilli topshiriqlar beriladi, ijro nazorat qilinadi va natijalar baholab boriladi.

Agar tuman yoki shahar darajasida muammo hal etilmasa, masala viloyat bosqichiga, zarur hollarda respublika darajasiga olib chiqiladi. Tizim orqali muammoning ildiz sabablari aniqlanib, uni bartaraf etish, qonunchilikni takomillashtirish va budjet daromadlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Davlat rahbari yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda asosiy e’tibor raqamlashtirish, ma’lumotlar almashinuvini kuchaytirish, inson omilini kamaytirish va nazoratni manzilli tashkil etishga qaratilishi zarurligini yana bir bor ta’kidladi. Mas’ullarga 1 oktyabrga qadar 70 dan ortiq axborot tizimini platformaga integratsiya qilish, 1 yanvarga qadar barcha hududlar va sohalarni ushbu platforma bilan qamrab olib, to‘liq ishga tushirish topshirildi.

Shuningdek, barcha tadbirkorlik sub’yektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirishda mutasaddilarning mas’uliyatini oshirishda prokuror nazoratini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston xorijdan qaysi mahsulotlarni ko‘proq sotib olmoqda?

Published

on



O‘zbekiston xorijdan qaysi mahsulotlarni ko‘proq sotib olmoqda?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Ertaga dollar tushib, yevro biroz ko‘tariladi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 26-iyundan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 6,88 so‘mga oshdi va 13 649,76 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 841,03 so‘m bo‘ldi (-2,32).

Rossiya rubli 159,95 so‘m etib belgilandi (-0,46).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.