Jamiyat

zarar 339 mln so‘mga baholanmoqda

Published

on


Jamiyat | 12:57

784

1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ozg‘on shahri bo‘limi tekshiruvida “B.Ch.” MChJ mas’ul shaxslari tomonidan marmar konidan qonunga xilof ravishda 862,11 m³ marmar qazib olingani aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zarar 339 mln so‘mga baholanmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Tekshiruv materiallariga ko‘ra, korxona mas’ullari belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmasdan xomashyo qazib olgan. Aniqlangan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek qonunbuzarlikka aloqador shaxslarning javobgarligini belgilash bo‘yicha protsessual choralar ko‘rilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version