Connect with us

Iqtisodiyot

YouTube monetizatsiyasi. O‘zbekiston uchun cheklovlar olib tashlanishiga nimalar to‘sqinlik qilyapti?

Published

on


AQSh elchisi Jonatan Xenikning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda YouTube uchun monetizatsiyaning cheklanganicha qolayotganiga bir qator tartibga soluvchi va texnik omillar ta’sir qilyapti. Bunga shaxsiy ma’lumotlarni saqlashga doir qoidalar, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, to‘lov tizimlarini tartibga solish hamda tilni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq talablar kiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar YouTube monetizatsiyasi ochilsa, o‘zbekistonliklar daromadi yiliga 50 mln dollargacha oshishi mumkin.

Bir muddat muqaddam AQSh elchisi Jonatan Xenik O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi cheklangani masalasiga urg‘u berib, Google kompaniyasi bilan muzokaralarda yordam berishi mumkinligini bildirgandi. Kun.uz muzokaralar qanday natija bilan tugaganiga aniqlik kiritish maqsadida Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan bog‘landi.

Jonatan Xenikning ma’lum qilishicha, monetizatsiyaning cheklanganiga bir qator tartibga soluvchi va texnik omillar ta’sir qilyapti.

«Amerika texnologiya kompaniyalari O‘zbekistonda faoliyat yuritish yoki monetizatsiya imkoniyatlarini kengaytirishda qator tartibga soluvchi va texnik omillar sababli qiyinchiliklarga duch kelyapti. Bunga shaxsiy ma’lumotlarni mahalliylashtirish talablari, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, to‘lov tizimlarini tartibga solish hamda tilni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq talablar kiradi. O‘zbekistonning huquqiy bazasi fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari mamlakat hududida joylashgan serverlarda saqlanishini talab qiladi, bu esa AQSh kompaniyalari tomonidan taqdim etiladigan raqamli to‘lov xizmatlarining mavjudligiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, shaxsiy ma’lumotlar bazalarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish talablari ma’muriy jihatdan og‘ir yuk sifatida baholanyapti», dedi Jonatan Xenik.

Amerika elchisining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston hukumati AQSh texnologiya kompaniyalari bilan davlat-xususiy muloqotlar orqali aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni jadallashtirgan va tartibga soluvchi bazaning ayrim elementlarini qayta ko‘rib chiqishga qiziqish bildirgan.

«Qo‘shma Shtatlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilaydigan, raqamli savdoni kengaytiradigan hamda AQSh–O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtiradigan muloqot va islohotlar davom etishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», deydi Xenik Kun.uz’ga bergan izohida.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, YouTube monetizatsiyasining yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotini 0,05−0,1 foizga oshirishi mumkin. Monetizatsiya natijasida mahalliy blogerlarning daromadi yiliga 30-50 mln dollargacha oshadi. Yangi kontent yaratuvchilar soni ko‘payib, kreativ sanoat rivojlanadi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 26 mingdan ortiq faol videoblogerlar mavjud va ulardan 1000 nafari katta blogerlar (100 mingdan ortiq obunachi), 5000 nafar o‘rta blogerlar (10−100 ming obunachi), 20 ming nafar kichik blogerlar (1−10 ming obunachi).

Agar 1000 ta ko‘rish uchun o‘rtacha CPM (reklama to‘lovi) 0,8–1,4 dollar deb olinadigan bo‘lsa va yillik umumiy ko‘rishlar soni 36 milliardni tashkil etsa, jami daromad 28,8 mln – 50,4 mln oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Taqqoslash uchun: AQShda CPM 5–15, Qozog‘istonda 0,8–2 dollar atrofida.

Avvalroq Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi qachon ochilishi haqidagi savolga ko‘proq inglizcha kontent tayyorlash kerakligini aytib javob bergandi. Shermatov bu tilda auditoriyaning ko‘pligi hisobiga monetizatsiya ham juda katta ekanini aytgan. «Siz o‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topa olasiz-u, inglizcha kontent tayyorlab qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak», – degandi vazir.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning qaysi hududlarida moliyaviy xizmatlardan ko‘proq foydalanilmoqda?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 65,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng katta moliyaviy xizmatlar hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 38 trillion so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi hududlarda qayd etildi:


Farg‘ona viloyati — 3,4 trln so‘m;
Andijon viloyati — 2,9 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 2,8 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 2,7 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 2,2 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 2 trln so‘m.

Keyingi o‘rinlarda Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1,9 trillion so‘mdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax viloyatida 1,6 trillion so‘mdan, Navoiy viloyatida 1,5 trillion so‘m, Sirdaryo viloyatida esa 1 trillion so‘mni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Endi cheklarni «Soliq» ilovasiga yuklaganlar avtomobil yutib olishi mumkin

Published

on


2026 yil 1 iyuldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xarid cheklarini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolar uchun yutuqli o‘yinlar yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tiraj g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomobil topshiriladi.

Qonunchilikka muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarida amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha nazorat-kassa texnikasi orqali berilgan cheklar asosida yutuqli o‘yinlar tashkil etiladi.

Buning uchun xarid chekini «Soliq» mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish kifoya. Chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan har bir shaxs avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Qoidalarga ko‘ra, har bir yutuqli o‘yin g‘olibiga bosh sovrin sifatida avtomobil taqdim etiladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?

Published

on


2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulushni mashinalar va transport asbob-uskunalari egallagan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari importi eng yuqori o‘sish sur’atini qayd etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatga 5,5 mlrd AQSh dollarlik mashinalar va transport asbob-uskunalari import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,1 foizga ko‘p.

Import tarkibida sanoat tovarlari 2,5 mlrd dollar (+17,1 foiz), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 2,0 mlrd dollar (+22,6 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar esa 1,9 mlrd dollar (+47,2 foiz) bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Shuningdek, xizmatlar importi 1,6 mlrd dollar (+15,5 foiz), mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash mahsulotlar 1,4 mlrd dollar (+25,8 foiz)ni tashkil etgan.

Turli xil tayyor buyumlar importi 585,7 mln dollar (+34,6 foiz), nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilg‘idan tashqari) 464,8 mln dollar (+34,5 foiz), hayvon va o‘simlik moylari, yog‘lar hamda mumlar 217,7 mln dollar (+37,3 foiz), ichimliklar va tamaki mahsulotlari esa 100,5 mln dollar (+24,3 foiz) miqdorida import qilingan.

Statistikaga ko‘ra, eng yuqori o‘sish sur’ati oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importida kuzatilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi import hajmi bir yil oldingi davrga nisbatan 47,2 foizga oshgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tadbirkorlarni tekshirishning yangi tartibi belgilandi

Published

on


O‘zbekistonda raqobat sohasida tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish jarayonida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi joriy etiladi. Yangi tartibga ko‘ra, xavf darajasi past deb baholangan tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Adliya vazirligi Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Nizomga muvofiq, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi. Bunda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Shu bilan birga, xavf tahlili jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xavf darajasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari, tovar-xomashyo birjalari, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji hamda chakana savdosi sohalari bo‘yicha belgilangan mezonlar asosida baholanadi.

Natijaga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari yuqori, o‘rta va past xavf toifalariga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilik asosida tashkil etiladi.

Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Ayni vaqtda, elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Endi kino sohasidagi tadbirkorlar xavf darajasi bo‘yicha baholanadi

Published

on


Kinematografiya sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari endi «Xavfni tahlil etish» elektron tizimi orqali xavf darajasi bo‘yicha baholanadi. Yangi tartib tekshiruvlarni xavf darajasiga qarab tashkil etish va nazorat jarayonlarini avtomatlashtirishni nazarda tutadi.

Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish faoliyatida «Xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi. Hujjat Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Nizomga muvofiq, tizim tadbirkorlik sub’yektlarida qonunchilik talablari buzilishi xavfini avtomatik tarzda baholaydi. Buning uchun davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, murojaatlar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bunda tadbirkorlardan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumot talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Elektron tizimda baholash «ball» tizimi asosida amalga oshiriladi va tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfi yuqori, o‘rta yoki past toifalarga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiruvchi sub’yektlarda profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar amaldagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.

Shu bilan birga, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. Xavf tahlili jarayoni tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi va uning faoliyatiga bevosita aralashuvga sabab bo‘lmasligi belgilangan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.