Connect with us

Iqtisodiyot

yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

Published

on


ezilarli natijasiz pul yig‘ishdan charchadingizmi? AVO bank sizga haqiqatan ham samarali yechim — yillik 25% gacha daromad keltiruvchi va mablag‘laringiz ustidan to‘liq nazorat imkonini beruvchi omonatni taklif etadi.

Nima uchun aynan AVO omonatini tanlash kerak?

Ko‘proq daromad olasiz: foizlar har oy hisoblanadi va kapitalizatsiya qilinadi — ya’ni asosiy summaga qo‘shiladi, natijada daromadingiz ham oshib boradi.

To‘liq boshqaruv erkinligi

Omonatingizni xohlagan vaqtda to‘ldirishingiz yoki uning bir qismini yechib olishingiz mumkin — hech qanday cheklovlarsiz.

Butun jarayon mobil ilovada

Hech qayerga borish — navbatlarda turish, ortiqcha hujjatlar bilan ovora bo‘lish ham shart emas. Barchasi to‘liq mobil ilova orqali amalga oshiriladi.

Xavfsizlik kafolati

200 mln so‘mgacha bo‘lgan omonatlar O‘zbekiston Respublikasining «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra himoyalangan.

AVO omonatining eng foydali tomoni — foizlar kapitalizatsiyasi. Bu nimani anglatadi? Har oy hisoblangan foizlar alohida qolib ketmaydi, balki avtomatik tarzda omonatning asosiy summasiga qo‘shiladi. Shuning uchun siz daromadni nafaqat dastlabki mablag‘dan, balki unga har oy qo‘shilib boradigan foizlardan ham olasiz.

Bu jarayon butun muddat davomida davom etadi. Agar foizlarni yechmasdan, ularni omonatda saqlab tursangiz, muddat yakunida oladigan umumiy daromadingiz sezilarli darajada ortadi.

100 000 so‘m yoki undan yuqori omonat qo‘yilganda — bazaviy 22,52% stavka qo‘llaniladi. Agar summa bundan kam bo‘lsa — pasaytirilgan 0,01% stavka amal qiladi.

Mablag‘laringizni oqilona taqsimlab, umumiy daromadingizni oshirish uchun siz kuniga 5 tagacha va oyiga 50 tagacha omonat ochishingiz mumkin.

AVO bilan 5 daqiqada omonat oching:


App Store yoki Google Play’dan ilovamizni yuklab oling;
pasport yoki ID-karta orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting;
«Mahsulotlar» bo‘limiga kirib, «Omonatlar»ni tanlang;
omonatni oching, unga kartangizdan pul o‘tkazing va yig‘ishni boshlang.

AVO: orzularingizni keyinga qoldirmang — bugunoq daromad olishni boshlang!

Omonat muddati: 6 oy. Yillik stavka — 100 000 so‘mdan yuqori omonatlar uchun 22,52%, kamroq bo‘lsa — 0,01%. Foizlar kapitalizatsiyasi bilan daromadlilik yiliga 24,996% yoki 6 oyda 11,8% gacha yetishi mumkin, agar mablag‘lar muddat oxirigacha yechilmasa. Batafsil: avo.uz



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.

Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi

Published

on


O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m

Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m

Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda

Published

on


Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi. 

Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.

Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi

Published

on


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi

Published

on


Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.

Foto: Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.

O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.

“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.

KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.