Jamiyat

Yashnobodda ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


3 fevral kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in yuz berdi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.

Joriy yilning 3 fevral kuni soat 15:08 da Yashnobod tumani Botkina ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:21 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:30 da qurshab olingan va soat 15:34 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida taxminan 10–15 kv m maydonda xonadonning uy-jihozlari yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version