Jamiyat
Yarmi kukun, limit kam, ombor uzoq
Kunlar sovib, uy isitish yana dolzarb masalaga aylandi. Tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda ko‘mir va o‘tinga talab kundan kun ortib bormoqda. Kun.uz muxbiri Namangan viloyati Pop tumanidagi Guliston qishlog‘ida bo‘lib, odamlardan uylarini isitish uchun bahorgacha qancha mablag‘ sarflashlari, tarqatilayotgan ko‘mir sifati haqida so‘radi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
So‘rovdan ma’lum bo‘ldiki, odamlarda tarqatilayotgan ko‘mir sifatiga e’tirozlar bor. Noilojlikdan kukun ko‘mirga go‘ng aralashtirib, qo‘lbola briket yasashga majbur bo‘lyapmiz, deydi Guliston qishlog‘i aholisi.
Sifatlisi sotuvga, kukuni xalqqa…
“Qishlog‘imizda tabiiy gaz yo‘q. 30 kunda berilishi kerak bo‘lgan gazballon ba’zan 45-55 kunda keladi. Qish mavsumi uchun ikki tonna ko‘mir olaman. Bir tonna ko‘mirning davlat narxi 310 ming so‘m. Qishloqqa yetib kelishi bilan 600-700 ming so‘mgacha tushadi-da. Yetib kelish xarajati juda qimmat.
Ko‘mirning o‘zi yetmaydi. Ro‘zg‘or katta. Bir mavsumda bo‘lmaganda 5-6 million so‘mlik o‘tin va ko‘mir sotib olaman. Har bir oila uchun bir tonnadan ko‘mir tarqatilyapti. Bu endi urpog‘am bo‘lmaydi-da. Bitta Labo’dagi arzimagan o‘tin hech qancha chiqmaydi, 1 million so‘mgacha sotib olamiz. 15 kunga yetmaydi.
Tabiiy gaz bo‘lmagandan keyin, hech bo‘lmasa ko‘mir bilan ta’minlab qo‘yishsa, xursand bo‘lamiz. Ko‘mir kelsa to‘polon, militsiyabozlik bo‘lib ketadi. Ko‘mir kelganini oldindan bilib qolib, kechalari omborxonaga poylab borib, vagonni ko‘z oldimizda ochasan, deb qat’iy tursak, shundagina sifatliroq ko‘mir olishimiz mumkin. Bexabar qolsak, sifatli ko‘mir chekkaga chiqib ketadi, bizga chiqindisi keladi. Ko‘mir saqlanadigan omborxona ishchilariga insof bersin”, deydi Guliston qishlog‘ida yashovchi Omonxon Saidov.
Ko‘mirdan ko‘ra yo‘l haqi qimmat
“Ko‘mir masalasi juda qiyin. Gazballon ham vaqtida kelmaydi. Qiyin bo‘lyapti. Qishloqchilik. Chekka joydamiz. Xalqqa qiyin bo‘lyapti. Avvallari 20-23 kunda kelardi.
O‘zi ko‘mir arzon, yo‘lkirasi qimmatga tushyapti juda ham. Bir mavsumda 2 tonnadan ko‘p ko‘mir yoqaman. 2-3 Labo o‘tin ham ketadi. Berayotgan ko‘mirining tuprog‘i ko‘p. To‘g‘risini aytgan yaxshi-da. Ustiga ozroq pul bersangiz, saralanganini beryapti. Arzon narxda tarqatilgan ko‘mir shubhasiz yetmaydi. Keyin qo‘ldan qimmatga sotib olib amallab qishni chiqaramiz. Iloji yo‘q. Qishlog‘imiz “tupik” joyda-da…”, deydi fuqarolardan yana biri.
Ko‘mirdan tappi qilamiz…
“Qishloqqa ko‘mir tarqatilyapti. Endi bitta muammoki, limit juda kam. Bitta xonadonda kamida ikkita-uchta pechka yonadi-da. Endi buni hisoblab chiqsangiz, 6 oyga bir tonna ko‘mir hech narsa emas-da. Mana, hozir davlat narxi bo‘lgani bilan, 309 ming so‘mlik ko‘mir yetib kelishi bilan 600 ming so‘mdan tushyapti-da. Yo‘lkirasi biland. Ustiga ustak, bergan ko‘miri tuproqdan iborat. Ko‘mir tuprog‘ini yig‘ib olib, qo‘lbola briket qilib ham yoqamiz boriga shukur deb”, deydi Valixon To‘rayev.
Guliston qishlog‘i aholisi qishloqqa qo‘shimcha transformator o‘rnatilishi lozimligi, ayniqsa qish faslida yuklamalar ortib, kunni svetsiz o‘tkazishga majbur bo‘layotganliklarini ham ma’lum qilishdi.
Sarvar Ziyoyev,
Sardor Mamirov,
Kun.uz
Jamiyat
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati:
“Do‘stlik” ordeni bilan
Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari
Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi
Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori
Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori
Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri
Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.
Jamiyat
Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.
Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.
Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.
Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.
Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi
Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.
Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.
Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.
Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.
Jamiyat
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.
Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.
Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.
Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.
Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.
Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.
Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.
Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.
Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.
-
Siyosat2 days ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Mahalliy4 days ago
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
-
Siyosat5 days ago
Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
-
Siyosat1 day ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Mahalliy5 days ago
O‘zbekistonda xorijiy oliygohlar soni 10 yilda 4,3 barobar oshdi
