Connect with us

Iqtisodiyot

Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi

Published

on


Yaponiya hukumati O‘zbekistonda energiya samaradorligiga oid ikkita loyihani amalga oshiradi. Xususan, 21,79 milliard iyenagacha kreditlar davlat binolarining energiya samaradorligini oshirishga, 14,97 milliard iyenagacha mablag‘lar esa sanoat sektoriga yo‘naltiriladi. Har ikkala kredit 25 yil muddatga, 7 yillik imtiyozli davr bilan berilyapti.

Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 229,6 mln dollar kredit ajratadi. Bu haqda Yaponiya elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki loyiha bo‘yicha almashinuv notalari 10 iyun kuni Toshkentda imzolandi. Hujjatlarni Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Xirata Kendzi va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov imzoladi.

Birinchi loyiha — «Davlat binolarining energiya samaradorligini oshirish» — 21,79 milliard iyenagacha (136 million dollar) kredit ajratishni ko‘zda tutadi. Ikkinchisi — «Sanoat sektorida energiya samaradorligini oshirish» — 14,97 milliard iyenagacha (93,4 million dollar). Har ikkala kredit 25 yil muddatga, shu jumladan, 7 yillik imtiyozli davr bilan berilmoqda. Kreditning asosiy qismi bo‘yicha foiz stavkasi 2,4 foizni, konsalting xizmatlari bo‘yicha esa 0,8 foizni tashkil etadi.

Ushbu hamkorlik davlat binolarida, shuningdek, sanoat va tijorat sektorlarida energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni modernizatsiya qilish hamda joriy etish orqali energiya iste’moli va issiqxona gazlari ajralishini kamaytirishga qaratilgani ta’kidlanyapti.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

205 tonna unni birja savdolarisiz sotgan korxonaga chora ko‘rildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida «DENOV OLTIN DON» MChJ tomonidan yuqori likvidli mahsulotlarni sotish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya qilinmagani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, korxona 2025-yil oktyabridan 2026-yil 31-martga qadar Jamg‘arma hisobidan birja savdolari orqali xarid qilingan 273 tonna bug‘doyni qayta ishlagan. Belgilangan me’yorlarga ko‘ra, ushbu hajmdan 205 tonna un mahsuloti ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan.

Biroq mazkur un mahsulotlari birja savdolariga chiqarilmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport shartnomalari asosida sotilgan. Savdo operatsiyalarining umumiy qiymati 634 million so‘mdan oshgan.

O‘zbekistonning «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasiga muvofiq, birja savdolarini o‘tkazish tartibini buzish yoki raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlar taqiqlanadi.

Shuningdek, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni faqat birja savdolari orqali sotish talab etiladi. Bunday mahsulotlarni birjadan tashqari holda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilish qonunchilikka zid hisoblanadi.

Raqobat qo‘mitasi ta’kidlashicha, mazkur talablar bozorda shaffoflikni ta’minlash, narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan «DENOV OLTIN DON» MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, korxona tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 170-son qarori bilan tasdiqlangan tartib talablari buzilgani e’tirof etildi va belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Shu bilan birga, qonunbuzilish oqibatlarini bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha korxonaga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?

Published

on


Bozordan yoki qaysidir do‘kondan oyoq kiyim xarid qildingiz. Uyga kelganingizda krossovkaning o‘lchami to‘g‘ri kelmadi yoki rangi ma’qul kelmayapti. Sotib olgan joyingizga qaytib kelganingizda, do‘kondor «sotilgan tovarlar qaytarib olinmaydi», degan yozuvni ko‘rsatib, talablaringizni qanoatlantirmayapti. Xo‘sh, do‘konning bir chetiga ilib qo‘yilgan bunday yozuv qonun kuchiga egami?

Aytaylik, o‘zingiz uchun ko‘ylak sotib oldingiz. Uni uyda qayta kiyib ko‘rilganda sifatsizligidan matosi ham, tikilishi ham narxiga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi. Sotuvchi tomonidan «yuvib-yuvib kiyasiz, hech narsa qilmaydi, bu falon firmaniki…» deb qo‘lingizga tutqazilgan qimmatbaho ust-bosh ham bir yuvilganda rangi chiqib, choklari so‘kilib, kirishib ketib, yaroqsiz holga kelib qolsa-chi? Bunda iste’molchilar qanday yo‘l tutishi kerak? 

Oxirgi paytlarda O‘zbekistondagi yirik  bozorlar, savdo markazlari va kiyim-kechak do‘konlarida «Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi!»  yoki «Almashtirib berilmaydi!» degan mazmundagi yozuvlar ko‘payib boryapti. Xo‘sh, bu talab qanchalik asosli?

Qonunchilik nima deydi?

Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarorida belgilanishicha, chakana savdo qoidalarida zarur sifatdagi, qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat tovarlari ro‘yxatiga kiyim-kechaklar kiritilmagan. Uni mavjud tartib-qoidalar asosida belgilangan muddatda sifatlisiga almashtirib olish huquqiga egasiz. Ammo bunda ham ma’lum tartib-qoidalar bor.

«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasida fuqarolar maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli ekani belgilab qo‘yilgan.

Bu yerda «maqbul sifatli» deyilmoqda. Ya’ni tovarning hech qanday nuqsonlari yo‘q, u iste’molga yaroqli, sifatiyam yaxshi. Xo‘sh, unda almashtirib olish nimaga kerak, deyishingiz mumkin. Qonunga binoan, iste’molchi sifati yaxshi tovarni ham almashtirib olishi mumkin. Faqatgina bunda unga o‘sha sotib olingan tovarning qandaydir iste’mol xossalari mos kelmagani sabab bo‘la oladi. Siz tufli oldingiz, lekin uning o‘lchami biroz mos kelmadi yoki rangi yoqmadi va boshqa shu kabi holatlar.

Iste’molchi xarid qilgan tovarini sotib olgan kundan boshlab 10 kun ichida (oziq-ovqat uchun 24 soat) boshqa tovarga almashtirish huquqiga ega. Agar 10 kun o‘tib ketsa, bu huquqdan foydalana olmaydi.

Shuningdek, sifatli tovarlar qaytarilganda ular iste’mol qilinmagan bo‘lishi, tovar ko‘rinishini yo‘qotmagan, iste’mol xossalari, plombasi, yorliqlari saqlangan holatda bo‘lishi kerak.

Mahsulot kerakli sifatda bo‘lmagan taqdirda-chi?

Qonunda zarur sifatga ega bo‘lmagan, nuqsonli mahsulotni sotib olgan iste’molchida o‘z huquqlarini himoya qilishga imkon beradigan 5 ta qoida mavjud. Bular quyidagilar:

·       tovarni ayni shunday markali maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;

·       tovarni boshqa markali shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish;

·       tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;

·       xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;

·       shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.

Bundan tashqari, sotuvchi aksiya yoki chegirma doirasida sotiladigan tovarda kamchilik mavjudligi to‘g‘risida xaridorni ogohlantirmagan bo‘lsa, nuqsonli tovar sotilganda xaridor tovarni qaytarib berish huquqiga ega. Sotuvchilarning «Aksiya doirasida sotib olingan tovarlar almashtirilmaydi yoki qaytarilmaydi» kabi iboralari qonunga muvofiq emas.

Qanday mahsulotlarni qaytarish yoki almashtirish mumkin emas?

Qonunchilikda sifati talabga javob bergan taqdirda qaytarib olinmaydigan yoki shunga o‘xshash tovarga almashtirilmaydigan nooziq-ovqat mahsulotlarning ro‘yxati mavjud:

·       dori vositalari va tibbiy asboblar;

·       shaxsiy gigiyena buyumlari (tish cho‘tkalari, taroqlar, soch turmaklash anjomlari va hokazo);

·       attorlik-pardoz tovarlari(atir-upalar);

·       to‘qimachilik mahsulotlari (metrlab sotiladigan gazlamalar, tasmalar);

·       oziq-ovqat bilan bog‘liq buyumlar;

·       maishiy kimyo tovarlari;

·       pestitsidlar va agroximikatlar;

·       mebel, zargarlik buyumlari;

·       avtomototransport vositalari;

·       maishiy elektr tovarlari;

·       hayvonlar va o‘simliklar.

Aytaylik, siz taroq sotib olgansiz. Taroq shaxsiy gigiyena buyumi hisoblanadi. Siz ana shu taroqni uyga olib kelib, ishlatib ko‘rgach, menga taroqning u yeri yoqmadi, bu yeri yoqmadi degan sabab bilan almashtira olmaysiz.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki, fuqarolar «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari»ning 1-ilovasida keltirib o‘tilgan ro‘yxatdagi tovarlardan tashqari har qanday nooziq-ovqat tovarini ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Sotuvchilar esa iste’molchining qonuniy talablarini bajarishga majbur. Agar do‘konda «sotilgan tovar qaytarib olinmaydi» degan yozuvni ko‘rsangiz, bu shunchaki sotuvchining shaxsiy xohishi xolos. Ichki qoidalar bilan iste’molchiga qonun tomonidan berilgan huquqlarni cheklab bo‘lmaydi.

Naqd pulni qaytarish yoki almashtirish uchun iste’molchi kassa va tovar chekini taqdim etishi shart. Shuning uchun hujjatlarni saqlash tavsiya etiladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

InfinBANK biznes uchun xalqaro pul o‘tkazmalariga qat’iy belgilangan to‘lovni joriy qildi

Published

on


10 000 va 1 000 000 dollarlik pul o‘tkazmalari o‘rtasida umumiy nima bor? Ilgari hech qanday umumiylik bo‘lmagan, chunki komissiya bitim qiymati bilan birga o‘sib, foydaning katta qismini “yeb qo‘yardi”. Endi esa to‘lov miqdori qat’iy belgilangan. InfinBANK importchilar uchun o‘yin qoidalarini butunlay o‘zgartirib, to‘lov summasidan olinadigan standart komissiyalarni bekor qiladi.

Tranzaksiya miqdori endi muhim emas. Bank yangi korporativ mijozlar uchun bitta to‘lov bo‘yicha belgilangan narxlarni joriy etadi:

• Rublda — 100 000 so‘m.

• Yevro va dollarda — 600 000 so‘m.

Tovarning kichik partiyasini sotib olyapsizmi yoki katta shartnomani to‘layapsizmi, bank xarajatlari o‘zgarishsiz qoladi. Muntazam yetkazib berishlar bilan ishlaydigan biznes uchun bunday optimallashtirish har yili yuz millionlab so‘m mablag‘ni tejashga olib keladi. Bu bank o‘tkazmalari uchun emas, balki rivojlanishga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan sof foydadir.

2026 yil 1 oktyabrgacha hisobraqam ochishga ulguring va importingiz uchun eng yaxshi stavkadan foydalanib qoling.

  Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda sanoat sohasida qaysi hududlar yetakchi?

Published

on


2026-yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda jami 394,7 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Navoiy viloyati mamlakatda mutlaq yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Hisobot davrida Navoiy viloyatida 100,5 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Bu respublika bo‘yicha umumiy sanoat hajmining qariyb 25,5 foiziga teng.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati egalladi. Poytaxtda 63,7 trln so‘mlik, Toshkent viloyatida esa 58,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ushbu ikki hudud hissasiga respublika sanoatining yana 31 foizdan ortig‘i to‘g‘ri kelmoqda.

Andijon viloyatida 36 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati 19,8 trln so‘m va Farg‘ona viloyati 18,3 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan joylashdi.

Buxoro viloyatida 17 trln so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 15,4 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Namangan va Jizzax viloyatlari mos ravishda 12,6 trln va 12,4 trln so‘mlik natija qayd etgan.

Xorazm viloyati ham 11,3 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan sanoat ishlab chiqarishda barqaror o‘sishni saqlab qolmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,7 trln so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 8,9 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, hududda 5,5 trln so‘mlik mahsulot tayyorlangan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Moliyaviy hisobotlarga yangi talablar joriy etildi

Published

on


Adliya vazirligi tomonidan Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etishning konseptual asoslari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi hujjat O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan tayyorlanadigan moliyaviy hisobotlarning maqsadi, mazmuni va shakllantirish prinsiplarini belgilab beradi.

Konseptual asoslar moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladigan ma’lumotlarning sifati va foydaliligini oshirishga qaratilgan. Hujjatda hisobotlar investorlar, kreditorlar, davlat organlari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ishonchli axborot manbai bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan.

Shu bilan birga, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan asosiy mezonlar va moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash tamoyillari ham aniq belgilab berilgan.

Hujjatga ko‘ra, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda o‘rinlilik va haqqoniy, ya’ni ishonchli taqdim etish fundamental sifat tavsiflari hisoblanadi.

Shuningdek, qiyoslanuvchanlik, tekshiriluvchanlik, o‘z vaqtida taqdim etish hamda tushunarlilik kabi ko‘rsatkichlar ma’lumotlarning foydaliligini oshiruvchi qo‘shimcha sifat mezonlari sifatida belgilangan.

Konseptual asoslarda moliyaviy holatni baholash bilan bog‘liq asosiy elementlar ham belgilangan. Ular aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitaldan iborat.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.