Jamiyat
Yangi Toshkent 2 million nafar odam yashaydigan ulkan megapolisga aylanadi
Davlatimiz rahbari Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan va istiqboldagi yirik qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Mazkur shahar qurilishiga 2023-yilda tamal toshi qo‘yilgan edi. Loyiha uchun Yuqori va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19 ming 700 gektar yer maydoni ajratilgan. Konsepsiya Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ayni paytda bu yerda 100 dan ziyod katta-kichik loyihalar jadal olib borilmoqda. Har bir tashabbus xalqaro me’yorlar va zamonaviy shaharsozlik tendensiyalariga asoslanadi.
Hozirga kelib, dastlabki inshootlar mahobati ko‘rina boshladi. Yakuniga yetayotgan 2025-yilda yangi shaharda olib borilayotgan qurilish maydonlari 3 million kvadrat metrga yetdi.
Bir qancha uy-joy massivlari qurilishi yakuniy bosqichga kirdi. Infratuzilma ob’yektlarida ishlar jadal bormoqda.
Birinchi bosqichda 6 ming gektar hududda qurilish ishlari bajariladi. Natijada 600 ming aholi uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishi belgilangan. Loyiha to‘liq yakunlanganda esa Yangi Toshkent 2 million nafar odam yashaydigan ulkan megapolisga aylanadi.
Bunday ko‘lamdagi qurilish uzoq muddatli va barqaror infratuzilmani talab qiladi. Hozirgi paytda hududda yirik yer osti muhandislik tarmoqlari qurilmoqda. Bir va ikki seksiyali kollektorlar yotqizilib, issiqlik, suv, elektr energiyasi va telekommunikatsiya kabi barcha tarmoqlarning yer ostidan o‘tkazilishi ta’minlanmoqda.
Transport qatnovini yengillashtirish maqsadida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tunnel va yer osti avtoturargohlarining barpo etilishi shaharning kelajakdagi harakatlanish tizimi uchun muhim ekani qayd etildi.
Hududda o‘n kilometrlik sohil bog‘i tashkil etildi. Bir million tup buta va ko‘chatlar ekildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan shaharsozlikda “yashil” tamoyillar muhim o‘rin tutishi lozimligi aytildi. Bunda metro va elektrobuslar harakatini muvofiqlashtirish, piyoda va velosipedchilar uchun xavfsiz, to‘siqsiz yo‘laklar barpo etilishi bo‘yicha mas’ullarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Hududda 60 dan ortiq davlat idoralari uchun zamonaviy ma’muriy binolar quriladi. Ayni vaqtda qator vazirlik va idoralar vaqtincha majmualarda faoliyat boshlagan.
Investorlarning faolligi ham yuqori. Auksion orqali sotilgan 24 ta tijoriy lot bo‘yicha 2 milliard dollarlik investitsiya shartnomalari imzolangan. Bu mablag‘lar hisobidan mehmonxonalar, restoranlar, servis markazlari va o‘ziga xos arxitekturaga ega zamonaviy binolar barpo etiladi.
Ayni paytdagi qurilish jarayonining o‘zida 10 ming nafar insonning bandligi ta’minlangan. Loyiha to‘liq amalga oshirilgandan keyin esa innovatsion texnologiyalarga asoslangan, yuqori daromadli yuz minglab doimiy ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
Prezidentimizga Yangi Toshkentda barpo etilayotgan turizm ob’yektlari, xizmat ko‘rsatish va dam olish majmualari, shuningdek, mamlakatimizning boshqa hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Davlatimiz rahbari har bir tashabbusda ilm-fan yutuqlariga tayanish, loyihalarda mahalliy ruhni aks ettirish, eng asosiysi, ular xalq manfaatiga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi.
Jamiyat
Farg‘onadagi kafeda salkam 1 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda «P.F.» MChJ mas’ul shaxslari MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 903,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «A.Y.» MChJ rahbari M.J. Qo‘shtepa tumani,«Qumtepa» MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 264,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.R.«Ziyolilar» MFY hududidagi xonadonda ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 248,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro G‘.A.«Obod» MFY hududidagi xonadonda umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 147,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda
Jamiyat
Shifokor yurak faoliyatini yaxshilovchi mahsulot nomini aytdi
Amerikalik kardiolog Brett A. Silavening so‘zlariga ko‘ra, zaytun yurak salomatligini yaxshilashi mumkin.
U tadbirkor va teleboshlovchi Marta Styuartning veb-saytida mahsulotning nozik foydalari haqida suhbatlashdi.
Shifokor zaytunni ratsionga qo‘shishni tavsiya qildi, chunki uning tarkibidagi yog‘lar, ayniqsa olein kislotasi xolesterin miqdorini tartibga solishi mumkin: ular past zichlikdagi lipoprotein darajasini pasaytiradi va yuqori zichlikdagi lipoprotein darajasini oshiradi.
Olein kislotasi shuningdek, organizmda xavfli tizimli yallig‘lanish xavfini kamaytiradi, bu esa xolesterin plakalarining paydo bo‘lishiga va qon tomirlarining elastikligini pasayishi, qon bosimining oshishi va yurak muammolari kuchayishining oldini oladi.
Kardiolog zaytun tarkibida tola va antioksidantlar kabi yurak uchun foydali boshqa ozuqaviy moddalar ham borligini ta’kidladi.
«Va nihoyat, zaytun tarkibida qizil qon tanachalarining barqaror ishlashini ta’minlaydigan temir va yurak salomatligi va immunitetni qo‘llab-quvvatlaydigan mis mavjud», deb xulosa qildi Silave.
Jamiyat
Saida Mirziyoyeva Urgutning chekka hududidagi poliklinikani borib ko‘rdi
Urgut tumanining «Bahrin» mahallasida joylashgan 21-sonli «Navoiy» oilaviy poliklinikasi kapital rekonstruksiyadan so‘ng mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi.
O‘zbekiston Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida mazkur tibbiyot maskanida amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish va ta’mirlash ishlari, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Loyiha doirasida poliklinikaning mavjud binosi to‘liq yangilanib, unga qo‘shimcha bino hamda zamonaviy talablarga javob beradigan 20 o‘rinli yangi tug‘ruq bo‘limi qad rostladi.
Mazkur yangilanishlar hududdagi 13 mingdan ziyod aholining tibbiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga qaratilgan. Hozirda yangi binolarni zamonaviy tibbiy jihozlar va qo‘shimcha zarur anjomlar bilan to‘liq ta’minlash ishlari jadal olib borilmoqda.
Ushbu maskanning foydalanishga topshirilishi nafaqat «Bahrin», balki unga tutash mahallalar aholisi uchun ham sifatli tibbiy xizmatdan bahramand bo‘lish imkoniyatini kengaytirdi.
«Bahrin»da istiqomat qiluvchi Javlon Xaydarovning xonadoni tomorqadan unumli foydalanish va oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda namuna bo‘lib kelmoqda.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ushbu xonadon faoliyati bilan yaqindan tanishib, yerdan oqilona foydalanish borasidagi namunali tajribani ko‘zdan kechirdi.
0,38 gektar maydonga ega bo‘lgan ushbu tomorqada chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari tizimli tashkil etilib, bugungi kunda 15 ta qoramol, 21 ta qo‘y va 2 500 ta tovuq parvarishlanmoqda. Shuningdek, bir yilda 2-3 marotaba hosil olish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tomorqada 7 turdagi poliz mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Mazkur serqirra faoliyat natijasida xonadon egalari yiliga 300-350 million so‘m miqdorida barqaror daromad olishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Muhimi, ushbu kichik xo‘jalik nafaqat oilaning iqtisodiy farovonligini ta’minlamoqda, balki 4 nafar fuqaroning ish bilan bandligini ham tashkil etgan.
Tashrif davomida Javlon Xaydarovning mehnatsevarligi va yerning har bir qarichidan unumli foydalanish borasidagi yondashuvi aholi farovonligini oshirishda o‘ziga xos tajriba maktabi ekanligi ta’kidlandi.
Jamiyat
Pora olgan elektr muhandislari ushlandi
Toshkent shahridagi tuman elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi.
Muhandislar tijorat banklaridan birining binosida elektr hisoblagich noto‘g‘ri ulangani va elektr sarfi xato hisoblanayotgani haqida dalolatnoma rasmiylashtirishgan. Ular ushbu dalolatnoma bo‘yicha 400 mln so‘m jarima hisoblashgan va uni 65 mln so‘mga tushirib berish evaziga MChJ rahbaridan 8 ming dollar talab qilishgan.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muhandislar so‘ralgan pulni uchinchi shaxs orqali olayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Toshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
Toshkent shahrida elektr tarmoqlari korxonasining ikki nafar muhandisi katta miqdordagi jarimani kamaytirib berish evaziga pora talab qilgan vaqtda qo‘lga olindi.
Toshkent shahri tumanlaridan birida faoliyat yurituvchi elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi tijorat bank filiali binosida o‘rnatilgan elektr hisoblagichni tekshirish jarayonida qonunbuzilish holatini aniqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, elektr hisoblagich tarmoqqa noto‘g‘ri sxema orqali ulangani sabab elektr energiyasi hisob-kitoblari xato yuritilayotganligi qayd etilgan. Shu asosda ular tomonidan 400 mln so‘m miqdorida jarima hisoblangan.
Biroq muhandislar elektr hisoblagichni tarmoqqa ulagan mas’ul MChJ rahbariga ushbu jarimani 65 mln so‘mga tushirib berishni va’da qilib, evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandislar so‘ralgan pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda 1520 qisqa raqami orqali xabar berish so‘raldi. Shaxs sir saqlanishi kafolatlanadi.
-
Siyosat4 days agoSaida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
-
Siyosat5 days agoSamarqandda narkotiklarning transmilliy tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
-
Siyosat5 days agoGiyohvand moddalar savdosini moliyaviy tomirlarni kesish orqali to’xtatish mumkin.
-
Siyosat4 days agoHukumat mehnat muhojirlariga til oʻrgatish va malaka olish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlashi kerak
-
Siyosat3 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
-
Siyosat3 days agoPrezident Mirziyoyev mintaqaviy sammitda yashil savdo yoʻlaklari va yagona iqlim investitsiya strategiyasini taklif qildi
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp Eron rahbariyati bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
-
Iqtisodiyot2 days ago
Markaziy bank: 24-aprelda dollar pasayadi
