Iqtisodiyot
Xitoy RFdan neft importining deyarli yarmidan voz kechdi
AQSh oktyabr oxirida “Rosneft” va “Lukoyl”ga sanksiyalar joriy etgandan so‘ng, Xitoyning yirik davlat kompaniyalari va qator xususiy korxonalari Rossiyadan neft importining qariyb yarmini bekor qildi, deb yozadi Bloomberg.
Sinopec va PetroChina kabi Xitoyning yirik davlat neft kompaniyalari, shuningdek, mamlakatning bir qator kichik xususiy korxonalari AQSh oktyabr oyi oxirida Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” konsernlariga nisbatan sanksiyalar kiritgandan keyin Rossiyadan yonilg‘i yetkazib berishlarini bekor qildi. Bu haqda 3 noyabr kuni Bloomberg agentligi treyderlarga tayanib xabar berdi.
Norvegiyaning Rystad Energy konsalting kompaniyasi baholashicha, jami bo‘lib Xitoy kuniga 400 ming barrel neft xarididan voz kechgan — bu Xitoyga yetkaziladigan rus nefti kunlik hajmining taxminan 45 foizi. Qaror ayniqsa Sibir neftining ESPO (VSTO) sortiga qattiq ta’sir qildi va uning narxi keskin pasaydi. Agar avvalroq noyabrda yetkazib beriladigan partiyalar narxi etalon Brent’ga teng (bir barrel uchun 64–65 dollar) yoki eng ko‘pi bilan 0,5 dollarga arzonroq bo‘lgan bo‘lsa, hozir chegirmalar 0,5–1 dollar oralig‘ida, ayrim hollarda 1,7 dollargacha yetib bormoqda. Shu holatda ham ESPO’ni dekabrda yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar sekin tuzilyapti.
Xitoyning xususiy korxonalari rus neftini sotib olishdan qaytishiga mamlakatdagi Shandong Yulong Petrochemical kompaniyasining Buyuk Britaniya va YeI sanksiya ro‘yxatlariga kiritilishi ham ta’sir ko‘rsatdi. Endi u g‘arb yetkazib beruvchilari bilan ishlay olmagani uchun faqat rus yonilg‘isini sotib olishga majbur.
Oktyabr oxirida, neft xaridlarini faqat Xitoy davlat kompaniyalari to‘xtatgani haqida xabarlar chiqqan paytning o‘zidayoq, Reuters xususiy kompaniyalar ham Rossiya yonilg‘isidan voz kechishi mumkinligi haqida taxmin qilgandi. Shu bilan birga, kelgusida savdo katta ehtimol bilan davom etishini qayd etgan: masalan, Hindistonning eng yirik neft konserni Indian Oil Corp (IOC) xaridlarni qayta tikladi.
AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Tashqi aktivlarni nazorat qilish idorasi (OFAC) 22 oktyabr kuni “Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha tinchlik jarayoniga Rossiyaning jiddiy qiziqishi yo‘q”ligi sabab qo‘shimcha sanksiyalar kiritdi. Yangi cheklovlar “Lukoyl” va “Rosneft”gina emas, balki ularning 34 ta shu’ba kompaniyasiga ham taalluqli. Shuningdek, “Lukoyl” va “Rosneft” ulushi 50 foiz yoki undan yuqori bo‘lgan barcha kompaniyalar ham bloklanadi.
Bundan bir hafta oldin “Lukoyl” va “Rosneft”ga nisbatan sanksiyalarni Buyuk Britaniya joriy etgan edi. Bu choralar aktivlarni muzlatish, trast xizmatlari va transport operatsiyalariga cheklov qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Londonda ta’kidlanishicha, “Rosneft” va “Lukoyl” Rossiya hukumati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega sohada — xususan, energetikada — faoliyat yuritadi.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat3 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Iqtisodiyot1 day ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
