Connect with us

Iqtisodiyot

Xitoy O‘zbekistondan asal sotib olishni boshlashi mumkin

Published

on


Xitoyning “Alashankou” erkin savdo zonasi orqali O‘zbekistondan asosan quritilgan mevalar importi amalga oshirilyapti.

Bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoy va Qozog‘iston chegarasi yaqinida joylashgan Bojxona xizmatining “Alashankou” erkin savdo zonasiga tashrifi davomida Alashankou shahri hokimining o‘rinbosari Shu Sheng Chiang ma’lum qildi.

Hokim o‘rinbosarining aytishicha, mazkur iqtisodiy zonada Xitoyga olib kilayotgan va eksport qilinayotgan mahsulotlarni yetkazib berish, o‘n turdagi mahsulotlarga setifikatlar taqdim etish, bojxona bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish va logistika xizmatlari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, iqtisodiy zonada tadbirkorlar tomonidan bir necha yirik omborlar tashkil etilgan. Ular mahsulotlarni saqlash, yuklash va hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashadi.

Ushbu yirik majmua 2011 yilda “Bir makon – bir yo‘l tashabbus doirasida tashkil etilgan. Bu yerdan mahsulotlar Xitoydan Yevropaga va Xitoydan Markaziy Osiyo mamlakatlariga, shu jumladan O‘zbekistonga yetkazib beriladi.

Mahsulotlar asosan poyezdda va yuk avtomobillarida tashiladi. Xususan, 2024 yilda poyezd orqali 7684 ta tashuvlar amalga oshirildi. Bu raqamlar 2023 yilga nisbatan qariyb 16 foizga ko‘pdir. Shuningdek, xorijdan kirgan 40 million tonna mahsulot Xitoy hududlariga yetkazib berilgan.

Hokim o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikka alohida to‘xtalib o‘tdi.

“O‘zbekistondan asosan quritilgan mevalar va tovuq oyoqchalari eksport qilinyapti, – dedi Alashankou shahri hokimining o‘rinbosari Shu Sheng Chiang. – Bu raqamlar juda kam. Ular ikki mamlakat salohiyatiga javob bermaydi. Biz o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sheriklikni kengaytirishga tayyormiz. O‘zbek hamkorlarimizning takliflarini eshitishga va ularga Xitoy bozorlariga kirishiga yordam berishimiz mumkin. Masalan, biz asalni Rossiyadan olib kiryapmiz. Bilishimcha, O‘zbekiston asali ham juda shirin va xaridorgir. O‘zbek tadbirkorlari asal mahsulotlarini zamon talablari asosida qadoqlab eksport qilsa, biz ular uchun Xitoy bozoridan xaridor topishga ko‘maklashamiz”, – dedi Alashankou shahri hokimining o‘rinbosari Shu Sheng Chiang.

“Alashankou” erkin savdo zonasi bilan tanishuv davomida mahsulotlar saqlanayotgan omborlar, yuklarni tushirish, qadoqlash va yuklash xizmatlari ko‘zdan kechirildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Apple yana dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

Published

on


Apple kompaniyasi kapitallashuv bo‘yicha grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasidan o‘zib ketdi.

Foto: Adam Gray/Bloomberg

Bloomberg xabariga ko‘ra, Apple kompaniyasi kapitallashuv bo‘yicha grafik protsessorlar ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasidan o‘zib ketdi va dunyoning eng qimmat ommaviy kompaniyasiga aylandi.

17 iyul kuni Nvidia aksiyalari 3,7 foizga arzonlashdi, oqibatda kompaniyaning bozor qiymati 4,8 trillion dollargacha tushdi. O‘z navbatida, Apple aksiyalari 0,4 foizga qimmatlab, kompaniya kapitallashuvi 4,9 trillion dollarga yetdi.

Nvidia 2025 yilning may oyidan buyon birjadagi eng qimmat kompaniyalar reytingini boshqarib kelayotgan edi. Oktabr oyida uning kapitallashuvi besh trillion dollarga yetgan.

Reuters nashrining qayd etishicha, eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida yetakchining o‘zgarishi investorlar e’tiborini Nvidia kabi «sun’iy intellekt bumining eng yaqqol benefitsiarlari» doirasidan tashqariga kengaytira boshlaganidan dalolat beradi. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘z modellarini rivojlantirishga mablag‘ sarflamagani uchun sun’iy intellekt poygasida ortda qolayotgan hisoblanardi, biroq endi «kayfiyat o‘zgargan».

«Apple <…> sun’iy intellektni servislari orqali monetizatsiya qilish, foydalanuvchilarni o‘z ekotizimiga bog‘lash va uskunalarni yangilash uchun ancha qulayroq mavqega ega. Qayta baholash sun’iy intellekt bilan bog‘liq spekulyativ o‘sishni emas, balki [kompaniya] daromadining barqarorligiga bo‘lgan ishonchni aks ettiradi», deb ta’kidladi BRI Wealth Management investitsiya bo‘limi rahbari Toni Medouz.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi qimmatlashuvi davom etadi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 14-iyuldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 16,89 so‘mga oshib, 12 092,87 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 24,14 so‘mga oshdi va 13 824,57 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 194,77 so‘m bo‘ldi (+0,88).

Rossiya rubli 157,13 so‘m etib belgilandi (-0,19).


Foto: Markaziy bank

 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Tadbirkorlar uchun valuta operatsiyalarida yangi yengillik joriy etildi

Published

on


O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari endilikda ichki valuta bozoridan sotib olingan valuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini qayta sotib olish amaliyotisiz o‘zgartirishi mumkin.

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarining 28-bandiga kiritilgan o‘zgartirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3281-6-son, 2026 yil 16 iyul).

Amaldagi tartibga ko‘ra, “Valutani tartibga solish to‘g‘risida“gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, joriy xalqaro operatsiyalar bilan bog‘liq hollarda chet el valutasini sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, maxsus valuta hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar buyurtmada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun sarflanishi shart edi.

Ilgari bir shartnoma doirasida sotib olingan valuta mablag‘laridan boshqa shartnoma bo‘yicha foydalanish zarurati tug‘ilganda, tadbirkorlar ushbu valutani avval bankka sotishi, so‘ngra yangi maqsad uchun qayta sotib olishi talab etilardi.

Yangi o‘zgartirish mazkur jarayonni soddalashtirishga qaratilgan. Endi tadbirkorlik sub’yektlari ichki valuta bozoridan sotib olingan valuta mablag‘laridan foydalanish maqsadini belgilangan tartibda o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur o‘zgartish tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni qisqartirish, shuningdek, valuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Ingliz tili Toshkent xalqaro moliya markazining rasmiy tili bo‘ladi

Published

on


O‘zbekistonda «Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, markaz alohida belgilangan hududda maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yuritadi.

Qonunda qayd etilishicha, moliya markazining dastlabki chegaralari uni tashkil etishga oid Prezident farmoni bilan belgilanadi. Markaz tomonidan qabul qilinadigan har bir qaror esa kuchga kirishidan avval rasmiy reyestrda e’lon qilinishi shart.

Shuningdek, qonun talablari yoki moliya markazi qarorlariga zid ravishda tijorat yoki moliyaviy faoliyat yuritgan ishtirokchilarga yirik miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilandi. Jarima 10 million AQSh dollaridan yoki qoidabuzarlikka asos bo‘lgan bitim yoki faoliyat qiymatining 10 foizidan oshmasligi lozim.

Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, moliya markazi tuzilmasiga Kengash, Ma’muriyat, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi hamda Toshkent xalqaro tijorat sudi kiradi.

Markazning har bir organi moliya yili yakunlanganidan keyin to‘rt oy ichida yillik shaffoflik hisobotini e’lon qilishi shart.

Qonunga muvofiq, ingliz tili Toshkent xalqaro moliya markazining rasmiy tili etib belgilandi.

Konstitutsiyaviy qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Biznes-ombudsman Toshkent shahar hokimligini ogohlantirdi

Published

on


O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar huquqlari bo‘yicha vakili (Biznes-ombudsman) Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning tom qismiga o‘rnatilgan reklama konstruksiyalari demontaj qilinishi bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Idora reklama pasportlari qonuniy kuchida bo‘lgan tadbirkorlarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Reklama joyi pasportidan namuna

Nizoli holat yuzasidan avvalroq Kun.uz tarqatgan xabarda aytilganidek, poytaxt hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan dizayn kod kuchga kirishi bilan ko‘p kvartirali uylar tomidagi reklama konstruksiyalarini demontaj qilish borasida talabnoma yuborilgan.

Kun.uz’ga murojaat qilgan tadbirkor hokimlik tomonidan 2030 va 2034 yilgacha muddatga berilgan reklama pasportlarining bekor qilinishi noto‘g‘ri ekanini aytgandi.

14 iyul kuni Biznes-ombudsman ushbu masalani nazoratga olganini ma’lum qildi.

“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, reklama joyining pasporti — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan beriladigan hujjat bo‘lib, ushbu hujjat yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi reklama va axborot obektlarini (konstruksiyalarini) unda ko‘rsatilgan yer uchastkasiga, binoga yoki inshootga, mulk shaklidan qat’i nazar, o‘rnatish huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. 


“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga ko‘ra, manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug‘dirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma’muriy organlarga taqiqlanadi.


Qolaversa, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasiga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi”, – deyiladi Biznes-ombudsman bayonotida.

Tashkilot Toshkent shahar hokimligiga reklama pasportlari amalda bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan xulosa kiritgan.

Agar bu jarayonda tadbirkorlarning mulkiy huquqlari yoki qonuniy manfaatlari buzilsa, Biznes ombudsman o‘z vakolatlari doirasida ularning huquqlarini, jumladan, sudlarda ham himoya qilishini bildirdi.

Vaziyat bo‘yicha poytaxt hokimligi va Adliya vazirligining izohi bilan Kun.uz’ning avvalgi materialida tanishishingiz mumkin.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.