Connect with us

Mahalliy

Xalqaro ilmiy anjumandan muhim xulosalar

Published

on


Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya doirasida 13 ta sho‘’ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Unda Temuriylar davri merosi davlatchilikdan tortib, ilm-fan, san’at va zamonaviy texnologiyalargacha bo‘lgan keng qamrovda tahlil qilindi.

Anjumanning ilmiy muhokamalarida Amir Temurning davlat boshqaruvi va diplomatiyasi alohida o‘rin egalladi. Mutaxassislar uning shaxsini ilmiy jihatdan baholash, ideal hukmdor sifatidagi qiyofasi, Turon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqligi kabi masalalarni ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, saroy hujjatlari, diplomatik yozishmalar va tarjimonlik an’analari Temuriylar tashqi siyosatining muhim qismi sifatida tahlil etildi.

Harbiy san’atga bag‘ishlangan muhokamalarda Amir Temurning jahon harbiy tafakkuriga qo‘shgan hissasi, strategik yurishlar, razvedka va taktik yondashuvlari keng yoritildi. Zamonaviy tahlillar asosida uning geosiyosiy strategiyasi va harbiy boshqaruv tizimiga yangi baho berildi.

Shaharsozlik va me’morchilikka oid sho‘’bada esa Temuriylar davridagi arxitektura maktabi, Samarqand va Hirot kabi shaharlarning rivojlanish modeli, shuningdek, me’moriy yodgorliklarni saqlash va raqamli texnologiyalar orqali tiklash masalalari muhokama qilindi. Bu yo‘nalishda Temuriylar renessansining G‘arb me’morchiligiga ta’siri haqidagi ilmiy qarashlar ham ilgari surildi.

Tarixiy manbalarga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda rasmiy yozishmalar, xitoy va usmoniy manbalari, qo‘lyozmalarni saqlash va raqamlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Manbashunoslik va tekstologik tadqiqotlar Temuriylar davrini chuqur anglashda asosiy omil sifatida qayd etildi.

Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi muhokamalar Temuriylar renessansining mohiyatini ochib berdi. Xususan, Mirzo Ulug‘bek ilmiy maktabi, Ali Qushchi merosi hamda Ibn Xaldun bilan bog‘liq tarixiy muloqotlar jahon ilm-fani taraqqiyotidagi muhim bosqich sifatida baholandi.

Adabiyot va san’atga bag‘ishlangan sho‘’bada Alisher Navoiy ijodi markaziy o‘rinni egallab, uning asarlari poetika va ma’naviyat uyg‘unligi sifatida talqin qilindi. Shuningdek, Kamoliddin Behzod maktabi va qo‘lyozmalardagi matn va tasvir uyg‘unligi Temuriylar madaniyatining yuksak namunasi sifatida ko‘rsatildi.

Ijtimoiy-ma’naviy hayotga oid muhokamalarda jamiyatdagi axloqiy muhit, ta’lim, xayriya va ayollar o‘rni kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Bibixonim obrazi orqali ayollarning jamiyatdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilindi.

Anjumanda zamonaviy yondashuvlar ham e’tibor markazida bo‘ldi. Raqamli texnologiyalarga bag‘ishlangan sho‘’bada tarixiy manbalarni raqamlashtirish, me’moriy ob’yektlarni virtual tiklash va ularni turizm sohasiga integratsiya qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, xattotlik merosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Temuriylar davrida shakllangan yozuv madaniyati, Qur’on nusxalarini ko‘chirish an’analari va nasta’liq xati rivoji kabi masalalar yoritildi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur xalqaro anjuman Temuriylar merosini faqat tarixiy xotira sifatida emas, balki zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan muhim omil sifatida qayta baholash imkonini berdi.

Ushbu konferensiya O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib qilish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va Temuriylar davrini yangi ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganishda muhim bosqich bo‘lib qolishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mahalliy

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 6 mln 870 ming 500 nafarni tashkil etdi.

O‘quvchilar soni avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga oshgan.

Jami o‘quvchilarning 51,2 foizini o‘g‘il bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil qilgan.

Hududlar kesimida o‘quvchilar soni:


Samarqand viloyati — 814,2 ming nafar
Farg‘ona viloyati — 733,4 ming nafar
Qashqadaryo viloyati — 688,1 ming nafar
Andijon viloyati — 634,7 ming nafar
Surxondaryo viloyati — 572,8 ming nafar
Namangan viloyati — 571,3 ming nafar
Toshkent shahri — 562,1 ming nafar
Toshkent viloyati — 547,2 ming nafar
Xorazm viloyati — 377,4 ming nafar
Buxoro viloyati — 348,4 ming nafar
Jizzax viloyati — 284,6 ming nafar
Qoraqalpog‘iston Resp. — 375,5 ming nafar
Navoiy viloyati — 195,7 ming nafar
Sirdaryo viloyati — 165,1 ming nafar



Source link

Continue Reading

Mahalliy

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarni tanlamoqda?

Published

on


2026-yilning yanvar–fevral oylarida 3 964 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025-yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga yoki 23,6 foizga pasayish qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar eng ko‘p Rossiyaga ta’lim olish uchun yo‘l olgan. Ushbu davlatga 989 nafar talaba safar qilgan. Koreya 679 nafar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasiga 639 nafar fuqaro o‘qish maqsadida borgan.

Shuningdek, Turkiyaga 300 nafar, Tojikistonga 276 nafar va Xitoyga 252 nafar talaba yo‘l olgan. Qolgan 829 nafar fuqaro boshqa davlatlarda ta’lim olishni tanlagan.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Central Asian University klinik amaliyotning to‘laqonli simulyasiyasi orqali tibbiy ta’limning noyob formatini joriy etmoqda

Published

on


Central Asian University tibbiy ta’lim nafaqat nazariya, balki sog‘liqni saqlashning real tizimlarini ishga tushirishdan avval ularni ishlab chiqish, joriy etish va sinovdan o‘tkazish orqali ham yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini amalda namoyish etmoqda.

Central Asian University kampusi hududida faoliyat konsepsiyasi, bemorlarni yo‘naltirish, oqimlarni taqsimlash va asosiy bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligi jihatidan real klinikaga maksimal darajada yaqinlashtirilgan diagnostika markazining to‘liq formatli modeli yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘quv konsepsiyasi emas, balki bugungi kunda faol ishlab chiqish bosqichida turgan bo‘lajak tizimning prototipidir.

Simulyasion sinovlar kuniga 1000 nafarga yaqin bemorni qabul qilish quvvatiga ega olti kunlik ish formatida o‘tkazilmoqda. Loyiha qurilayotgan Social diagnostika markaziga nisbatan 1:3 masshtabida amalga oshirilayotgan bo‘lib, bu alohida elementlarni emas, balki bo‘lajak tizimning ishlash mantiqini bir butun majmua sifatida sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Bunday ko‘lam real amaliyotga maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitlarda yuqori yuklama, nostandart vaziyatlar, ortiqcha zo‘riqishlar, uzilishlar va bemorlarning o‘zgaruvchan xatti-harakatlarini qayta tiklash uchun zamin yaratadi.

Simulyasiyaning maqsadi nafaqat ssenariylarni ishlab chiqish, balki navbatlar qaysi bosqichlarda paydo bo‘lishini, bemorlar oqimi qayerda uzilib qolishi mumkinligini, cheklangan vaqt sharoitida shifokorlar ishining sifati qanday bo‘lishini va oilaviy shifokorlarga qanday real yuklama tushishini aniq belgilashdan ham iboratdir. Universitet natijalarni tahlil qilishda ilmiy yondashuvni qo‘llaydi: barcha ma’lumotlar tizimlashtiriladi, o‘rganiladi va simulyasiya yakunlari bo‘yicha CAU alohida ilmiy tadqiqot chop etishni rejalashtirmoqda.

Loyihaga yuzlab ishtirokchilar, jumladan, shifokor rolida ishlaydigan, bemorlarni real vaqtda qabul qiladigan, klinik ssenariylarda qatnashadigan va cheklangan vaqt ichida qaror qabul qiladigan CAU talabalari va rezidentlari jalb etilgan. Bunday yondashuv kuzatuvga asoslangan emas, balki amaliy tayyorgarlik shaklini yaratadi. Unda bo‘lajak mutaxassislar ta’lim bosqichining o‘zidayoq mavjud tizimning bir qismiga aylanadi.

Bu men shu vaqtga qadar duch kelgan eng qimmatli va ilhomlantiruvchi ta’lim shakllaridan biridir. Simulyasiya klinika faoliyati ichkaridan qanday yo‘lga qo‘yilganini yaqqol ko‘rish hamda shifokor mas’uliyatini nazariyada emas, amalda his etish imkonini beradi. Tez qaror qabul qilish, bemorlar bilan muloqot o‘rnata olish va jamoada ishlash naqadar muhim ekanini tushunib yetasan kishi. Bunday tajriba ta’lim jarayonini yanada mazmunli qiladi va bo‘lajak kasbingizga chinakamiga yaqinlashtiradi.

Shunchaki o‘qishni emas, balki ilk bosqichlardanoq haqiqiy tibbiyot muhitiga sho‘ng‘ishni istagan abituriyentlarga aynan shunday tayyorgarlik formatiga e’tibor qaratishni, albatta, tavsiya qilgan bo‘lardim, — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Central Asian University tibbiyot maktabi talabasi Marlen Ibragimov.

Unda stressli va tanqidiy ssenariylarga alohida e’tibor qaratilgan. Simulyasiya doirasida ish hajmining haddan tashqari ortib ketishi, belgilangan yo‘nalishlarning buzilishi, bemorlar oqimining keskin ko‘payishi va ish jarayonidagi uzilishlar modellashtiriladi. Shoshilinch diagnostika va tez yordamga alohida blok ajratilgan bo‘lib, unda xato qilishning bahosi vaqt va bemor hayoti bilan o‘lchanadigan sharoitlarda tezkor hamda aniq qarorlar qabul qilishni talab etadigan keskin holatlar va vaziyatlar qayta jonlantiriladi.

Barcha jarayonlar raqamlashtirilgan. Ma’lumotlar maxsus ishlab chiqilgan IT-infratuzilma hamda simulyasiya loyihasi uchun yaratilgan yagona boshqaruv markazi orqali boshqariladi va tahlil qilinadi. Kutish vaqti, mutaxassislarning ish yuki, bemorlar oqimi va yo‘nalishlar samaradorligi kabi asosiy ko‘rsatkichlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Bu nafaqat kelajakdagi modelning barqarorligini baholash, balki “Social” diagnostika markazi faoliyatini tashkil etish uchun amaliy tushunchalarni aniqlash imkonini ham beradi.

Bu nafaqat universitet, balki butun mintaqa uchun ham noyob va haqiqatan ham innovatsion loyihadir. Biz talabalar va rezidentlar sog‘liqni saqlashning real tizimiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitda amaliy tajriba orttiradigan muhitni yaratmoqdamiz. Bunday simulyasiyada ishtirok etish klinik tafakkurni, bosim ostida ishlash ko‘nikmasini, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish qobiliyatini va butun tizim mantiqini tushunishni shakllantiradi. Bu tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashning tamomila yangi bosqichidir, — deya ta’kidladi CAU Tibbiyot maktabi dekani, doktor Murodbek Ahrorov.

Ushbu loyiha mintaqa uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlashda yangi bir mezon bo‘lib xizmat qiladi. Central Asian University nafaqat bo‘lajak shifokorlarni o‘qitibgina qolmay, ayni paytda boshqariladigan, raqamli va real amaliyotga asoslangan yangi avlod sog‘liqni saqlash modelini oldindan sinovdan o‘tkazadigan yondashuvni namoyish etmoqda.

Central Asian University (CAU) haqida

2019-yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng jadal rivojlanayotgan xususiy universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet tibbiyot, stomatologiya, biznes, muhandislik, arxitektura va turizm sohalarida xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.

Zamonaviy kampus, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilar va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv CAUni turli mamlakatlar talabalari uchun jozibador qiladi.

Central Asian University Round University Ranking 2025 jahon reytingining TOP-1000 taligiga kirgan, THE Impact Rankings 2025 reytingida debyut qilgan hamda QS Stars xalqaro baholash tizimida 4 yulduzga sazovor bo‘lgan. Universitet, shuningdek, Science and Innovation Awards talqiniga ko‘ra O‘zbekistonning eng innovatsion oliy ta’lim muassasasi deb e’tirof etilgan va HE Higher Education Ranking 2026 talqiniga ko‘ra TOP-30 oliygohlar qatoridan joy olgan.

CAU Yevropa va AQSh universitetlari bilan qo‘shma ta’lim hamda tadqiqot loyihalarini amalga oshirib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirmoqda va mintaqada zamonaviy oliy ta’lim modelini shakllantirmoqda.

Sayt: centralasian.uz

Instagram: @cauuniversity.official

Telegram: t.me/centralasianuni

Call-markaz: +998 71 208 12 34





Source link

Continue Reading

Mahalliy

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Published

on


Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida «Xorijiy tillarni o‘qitishdagi yangi tendensiyalar: inklyuziv ta’lim va EFL/ESPdagi innovatsiyalar» mavzusida tashkil etilgan ilmiy konferensiya xalqaro va mahalliy oliy ta’lim muassasalari professorlarini oflayn va onlayn shaklda bir joyga jamladi.

Mazkur anjuman xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari hamda EFL (ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qitish) va ESP (maxsus maqsadlar uchun ingliz tili) yo‘nalishlaridagi innovatsion usullarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Unda xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan til o‘qitish metodikasi, madaniyatlararo kommunikatsiya, korpus lingvistikasi, inklyuziv ta’lim, sun’iy intellektning metodik imkoniyatlari hamda leksik xaritalash orqali so‘z boyligini oshirish kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.

Konferensiya doirasida xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarni joriy etish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan sho‘’ba yig‘ilishlari ham tashkil etildi.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Amir Temur merosi xalqaro e’tibor markazida

Published

on


Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Amir Temur va temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaning birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning ochilish qismida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar, ekspertlar va diplomatlar ishtirok etib, Temuriylar davri merosining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

Yalpi majlis davomida Amir Temur shaxsiyati, uning davlatchilik an’analari, ilm-fan va madaniyatga qo‘shgan hissasi, shuningdek Temuriylar renessansi fenomeni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilindi.

Shuningdek, birinchi yalpi majlis doirasida “Amir Temur va dunyo tamadduni” hujjatli filmining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda Sohibqironning jahon tarixi va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning davlatchilik maktabi va sivilizatsion ta’siri badiiy-hujjatli yondashuvda yoritilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.