Connect with us

Iqtisodiyot

Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lovi

Published

on


14-avgust kuni Way II kompaniyasi 2025-yil 30-iyungacha Akfa Aluminium Group’ga sarmoya kiritgan hamkorlariga ikkinchi dividend to‘lovini amalga oshiradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda tobora ko‘proq odamlar o‘z mablag‘larini xavfsiz usulda sarmoya qilib, daromadini oshirishga intilayotgani kuzatilmoqda. Shu kabi imkoniyatlardan biri – Way II, mamlakatdagi eng yirik sanoat loyihalaridan biri bo‘lgan Akfa Aluminium Group hissadori bo‘lish imkoniyatini taqdim etuvchi kompaniya.

3-mart 2025-yilda Way II o‘z investorlariga birinchi dividend to‘lovini amalga oshirib, kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va samaradorligini amalda isbotladi. Dividend to‘lovlari Way II’ning biznes modeli haqiqiy daromad keltirayotganini va o‘z majburiyatlariga qat’iy amal qilayotganini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng yangi investorlar sonida tabiiy o‘sish kuzatilmoqda, bu esa kompaniyaga bo‘lgan ishonchning yuqoriligi va real investitsiya vositalariga qiziqishning ortayotganini tasdiqlaydi.

Akfa Aluminium Group 21 yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida O‘zbekiston, MDH, Yevropa va Shimoliy Amerika bozorlarida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishda ishonchli hamkor sifatida tanilgan. 2024-yilda kompaniya sezilarli o‘sishga erishdi, jumladan, mahsulot eksporti 45% ga oshdi.

Way II’da investitsiya afzalliklari

Yilning birinchi yarmi uchun dividendlar hisobida o‘tgan moliyaviy yil ko‘rsatkichlari asos qilib olindi, chunki bu oraliq to‘lov hisoblanadi. 2025-yil yakuniy dividend miqdori 31-dekabrga qadar Akfa Aluminium’ning real foyda ko‘rsatkichlari va auditorlik hisobotiga asoslanib yangilanadi.

2025-yil birinchi yarim yilligi uchun dividend daromadi 13,61% yillik bo‘ldi. Ushbu foiz valyuta kursi farqidan zarar ko‘rmaslik uchun indeksatsiya asosida hisoblangan. Bu esa Way II investitsiyalarini naqd pul yoki oddiy bank omonatlariga qaraganda ancha jozibador qiladi.

Way II moliyaviy mahsulotlariga kiritilgan aktivlar nafaqat qiymatini saqlab qoladi, balki muntazam to‘lovlar orqali barqaror o‘sishni ham ta’minlaydi. Bu investorlar uchun kapitalni himoya qilish va uzoq muddatli qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi.

Bundan tashqari, Way II mahsulotlari Islamic Finance Consulting Board tomonidan sertifikatlangan va Islom moliyasi tamoyillariga to‘liq mos — ya’ni taqiqlangan sohalarga sarmoya kiritilmaydi.

Akfa Aluminium Group’ga qanday investitsiya qilish mumkin?

Investorlar kompaniya ofisiga tashrif buyurishlari yoki WAY INVEST mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin.

Minimal sarmoya miqdori — 14,3 million so‘m (taxminan 1 100 AQSh dollari) bo‘lib, bu imkoniyat keng omma uchun ochiq. Prognoz qilingan yillik daromad — 10–15% bo‘lib, u ham dollarda hisoblanadi.

Valyuta xavflaridan himoya qilish tizimi mavjud: mablag‘ so‘mda kiritilgandan so‘ng, darhol dollarga indeksatsiya qilinadi va prognoz qilingan foyda ham dollarda belgilanadi.

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1-uy

Telefon: (+998) 78−555−55−55

Sayt: waygroup.uz

Instagram: @way_ll_group

Facebook: @Way ll Group

Telegram: @wayllgroup

Twitter: @way_ll_group

LinkedIn: @wayllgroup

YouTube: @Way_ll_Group





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Eksport qilishda ba’zi cheklovlar olib tashlanadi

Published

on


Qonunchilik palatasining 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonunga O‘zbekiston Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinmoqda.

Shu jumladan, loyihada litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga qo‘llaniladigan jarimalar ro‘yxatidan eksportga oid cheklovlar chiqarib tashlanishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, belgilanayotgan normalar mahsulotlar eksportini kengaytirish, eksportdagi mavjud cheklovlarni bartaraf etish, raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga, shuningdek, milliy qonunchilikni JST qoidalariga uyg‘unlashtiradi.

Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Toshkentda sanoat zonalari tashkil qilishga moratoriy e’lon qilindi

Published

on


Prezident farmoniga asosan, O‘zbekistonda “Toza havo” umummilliy loyihasi amalga oshiriladi. Ekologik vaziyatni yaxshilash uchun shoshilinch choralar ko‘rishga mas’ul Maxsus komissiya faoliyati endi faqat Toshkent shahri bilan cheklanmasdan, butun respublikani qamrab oladi. Toshkentda yangi sanoat zonalarini tashkil qilishga muddatsiz moratoriy joriy qilindi (xizmatlar sohasidagi zonalar bundan mustasno).

Sun’iy intellektda yaratilgan surat

O‘zbekiston prezidenti atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi to‘g‘risida farmon imzoladi.

Unga asosan, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Maxsus komissiya (2025 yil noyabr oyida tuzilgan) faoliyati 2027 yil 1 martgacha uzaytirildi. Komissiya bundan buyon Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha respublika Maxsus komissiyasi deb ataladi.

Har bir hudud uchun alohida “Toza havo” dasturlari ishlab chiqiladi.

2026 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida yangi sanoat zonalarini tashkil qilishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Xizmat ko‘rsatish yoki moliyaviy xizmatlarga ixtisoslashgan zonalar bundan mustasno.

Farmonga binoan:


2026 yil 1 oktyabrdan boshlab Xalqaro standartlashtirish tashkilotining ekologik menejment, issiqxona gazlarini boshqarish, ekologik xavfsizlik va yashil energiya xalqaro sertifikatlarini olib, mahsulotining 30 foizini muqobil energiya hisobiga ishlab chiqargan korxonalarning sertifikatni olish xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi (Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan);
2026 yil 1 maygacha Toshkent shahri hamda unga tutash hududlarda joylashgan issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish korxonalarida ustuvor (turg‘un) manbalar bo‘yicha majburiy tartibda avtomatik monitoring stansiyalari va avtomatik kuzatuv postlari o‘rnatiladi hamda ushbu qurilmalardan olinadigan ma’lumotlar Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinadi;
atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi korxonalar tomonidan o‘rnatilgan avtomatik monitoring stansiyalari Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilinmagan taqdirda, ularga nisbatan atrof tabiiy muhitni ifloslantirgani va chiqindilarni joylashtirgani uchun kompensatsiya to‘lovlari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi;
2026 yil 1 iyuldan boshlab issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlashda issiqxonalardagi muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan hamda yonish jarayoni nazorat qilinmaydigan qozonlardan foydalanish amaliyoti bekor qilinadi.

Qayd etilishicha, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan 100 mln dollar qarz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)dan 200 mln dollar davlat kafolatisiz kredit jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bu mablag‘lar tijorat banklari orqali sanoat korxonalariga yashil texnologiyalar, chang-gaz tozalash uskunalari, avtomatik monitoring stansiyalari, energiya samarador uskunalar va lokal suv tozalash inshootlarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratishga yo‘naltiriladi.

Vazirlar Mahkamasiga vazifa yuklatildi: hukumat 2026 yil 1 maydan boshlab 2026 yil 1 dekabrgacha atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi korxonalarda yashil texnologiyalar, chang-gaz tozalash uskunalari, avtomatik monitoring stansiyalari, energiya samarador uskunalar va lokal suv tozalash inshootlarni o‘rnatish rejasini tasdiqlab, ijrosini ta’minlashi kerak.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Quruvchilarga yangi ekologik majburiyatlar yuklandi

Published

on


1 iyundan boshlab qurilish obektlarida fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar ishlab turishi hamda ular Ekologiya qo‘mitasi bazasiga ulangan bo‘lishi talab etiladi. Ekologik huquqbuzarlik uchun quruvchining reytingi pasaytiriladi. Balandligi 12 metr yoki maydoni 500 kvadratdan ortiq qurilishlarda (hovlilar bundan mustasno) yer maydonining kamida 30 foizi yashil hudud bo‘lishi kerak. “Shamol guli” koridorlari inobatga olinmagan loyihalar ekspertizadan o‘tmaydi.

“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida qurilish obektlarida ekologik talablar kuchaytirilmoqda. Bu – 14 mart kungi prezident farmonida nazarda tutilgan.

Hujjatga asosan, 2026 yil 1 iyundan boshlab qurilish obektlarida (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno):


fon monitoring stansiyalari bilan jihozlash va Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish;
onlayn nazorat qilish uchun qurilish maydoni bo‘ylab va chiqish nuqtalarida onlayn kameralar o‘rnatish hamda bu kameralarni Ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish.
huquqbuzarlik sodir etgan qurilish tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini kamaytirish;
loyiha-smeta va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda majburiy ravishda ekologik ekspertiza xulosasini taqdim etish;
yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 metr kvadratdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko‘kalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 30 foizidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik tartibi joriy etiladi.

Farmonga asosan, bundan buyon ekologik va qurilish ekspertiza xulosalari olinishida “shamol guli” koridorlari harakatlanishini inobatga olish majburiy hisoblanadi.

Hududlarning bosh rejalari loyihalarida “shamol guli” koridorlari harakatlanishini inobatga olgan holda “shamol yo‘laklari” tasdiqlanadi.

Hujjatga binoan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan daryo va soylar o‘zanini tozalash jarayonida yoki noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olish natijasida buzilgan suv fondi yerlarini tiklash (reabilitatsiya, rekultivatsiya va ko‘kalamzorlashtirish ishlari) qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Hokimliklarga joriy yil 1 dekabrga qadar bir hududda kamida 1 gektar maydonda daraxt barglarini yig‘ish, ularni biologik usulda chiritish (kompostlash) orqali olingan organik moddalardan kompost sifatida va mulchalashda foydalanish tizimi joriy etish topshirig‘i berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari IV chorakda qariyb 40 foizga oshdi

Published

on


2025 yilning oxirgi choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 5 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foiz o‘sish kuzatildi. «Pul o‘tkazmalari miqdorining sezilarli o‘sishi asosan Rossiya va Osiyo mintaqasidan jo‘natmalarning ko‘payishi bilan bog‘liq», deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Foto: Patrick T. Fallon / Bloomberg

2025 yilning IV choragida mehnat muhojirlari tomonidan O‘zbekistonga 5 mlrd dollar miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,8 foiz o‘sish qayd etildi. Bu Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan mehnat bozori sharhida keltiriladi.

Pul o‘tkazmalari miqdorining sezilarli o‘sishi asosan Rossiya va Osiyo mintaqasidan jo‘natilgan o‘tkazmalarning ko‘payishi bilan bog‘liq. Ushbu mintaqalardan yuborilgan o‘tkazmalar hajmi IV chorakda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43 va 39 foizga oshgan.

2025 yilda aholining tashqi mobilligi va migratsiyasi ham sezilarli o‘sgan. Ushbu o‘sish bir tomondan pul o‘tkazmalarining turli mintaqalar kesimida diversifikatsiyalanishida, boshqa tomondan esa xorijga chiqib ketgan O‘zbekiston fuqarolari sonining sezilarli ko‘payishida namoyon bo‘lgan (xorijga chiqib ketgan fuqarolar (asosan turizm va qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida) soni 2024 yilga nisbatan 22,2 foizga yoki 1,4 mln nafarga o‘sgan).

«Ayrim davlatlarda makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligi hamda daromadlarning yuqori shakllanishi sharoitida ushbu davlatlarda migratsiya oqimining yuqori saqlanib qolishi kuzatilmoqda. Xususan, 2025 yilda Koreya Respublikasidagi O‘zbekistonlik rezidentlar soni 2024 yilga nisbatan 4,3 foizga o‘sib, 98,9 mingtani tashkil etdi. Shu bilan birga, Turkiya respublikasida O‘zbekiston fuqarolari uchun berilayotgan yashash ruxsatnomalari soni hamda doimiy bo‘lmagan migrantlar oqimining sezilarli o‘sishi kuzatildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra ushbu davlatda o‘zbekistonliklar uchun taqdim etilgan yashash ruxsatnomalari soni 10,7 foizga o‘sib, 64,1 mingtani, doimiy bo‘lmagan migrantlar soni esa 18,8 foizga o‘sib, 13,7 mingtani tashkil etdi», deyiladi MB sharhida.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi

Published

on


2025 yilda real ish haqining eng yuqori o‘sishi Namangan (13,1 foiz), Sirdaryo (11,5 foiz) va Jizzax viloyatlarida (11,1 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past o‘sish Andijon (2,9 foiz) viloyatida qayd etildi. Eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta (17,6 mln so‘m) hamda axborot va kommunikatsiya (15,3 mln so‘m) xizmatlari yo‘nalishlarida, eng past ish haqi esa qishloq xo‘jaligi (3,4 mln so‘m) va ijtimoiy xizmatlar (4,1 mln so‘m) yo‘nalishlarida kuzatildi.

2025 yil davomida nominal ish haqi 18,9 foizga o‘sgan bo‘lsa, real ish haqining oshishi 9,3 foizni tashkil etgan. O‘rtacha oylik ish haqi esa qariyb 6,4 mln so‘mga teng bo‘ldi, deyiladi Markaziy bankning Mehnat bozori sharhida.

Eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya va sug‘urta (17,6 mln so‘m) hamda axborot va kommunikatsiya (15,3 mln so‘m) xizmatlari yo‘nalishlarida, eng past ish haqi esa qishloq xo‘jaligi (3,4 mln so‘m) va ijtimoiy xizmatlar (4,1 mln so‘m) yo‘nalishlarida qayd etilgan.

«So‘nggi yillarda (2023 yildan keyingi davrda) aksariyat tarmoqlarda kuzatilgan ish haqi o‘sish sur’atining pasayish tendensiyasi 2025 yil ikkinchi yarim yilligidan o‘suvchi fazaga o‘tdi. O‘sishning tezlashishi asosan qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda sezilarli yuqorilagan bo‘lsa, savdo va axborot xizmatlari sohalarida pasayish tendensiyasi saqlanib qoldi», deyiladi MB sharhida.

2025 yilning ikkinchi yarim yilligidan ish haqining o‘suvchi fazaga o‘tishi davlat sektorida oyliklarning indeksatsiyalanishi bilan bog‘liq. Bu, o‘z navbatida, ayrim tarmoqlarda ish haqi o‘sish sur’atining boshqa tarmoqlarga nisbatan yuqoriroq shakllanishiga olib keldi. Xususan tashish va saqlash yo‘nalishida faoliyat yurituvchi xodimlarning ish haqi nominal qiymatda 18,9 foizga (real o‘sish 9,3 foiz), ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchilarniki esa 17,4 foizga (real o‘sish 7,9 foiz) o‘sdi. Ish haqining eng kam o‘sishi qurilish sohasida saqlanib qoldi, ushbu tarmoqda faoliyat yurituvchi xodimlarning o‘rtacha ish haqi nominal qiymatda yillik 9,1 foizga, real qiymatda 0,6 foizga ko‘paygan. Hududlar kesimida, 2025 yilda real ish haqining eng yuqori o‘sishi Namangan (13,1 foiz), Sirdaryo (11,5 foiz) va Jizzax viloyatlarida (11,1 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past o‘sish Andijon viloyati (4,6 foiz) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (6,2 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

«Tarmoqlar va hududlar kesimida ish haqi o‘sishi sur’atlarining sezilarli farqlanishi mehnat bozorida daromadlar tafovuti saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi. Biroq, ta’kidlash joizki, so‘nggi davrlarda yuqori maosh to‘lanadigan tarmoqlarda ish haqi o‘sishi tendensiyasining pasayishi fonida ayrim nisbatan past maoshli sohalarda (qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmatlar) o‘sishning tezlashishi kuzatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat bozorida sekin bo‘lsa-da tabaqalanishning pasayishi sodir bo‘layotganligini anglatadi», deyiladi MB sharhida.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda aholi umumiy daromadlarining nominal o‘sishi 18,5 foizni, real o‘sishi esa 8,1 foizni tashkil etgandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.