Iqtisodiyot
Way II ilk dividendlarini to‘lay boshladi, sarmoyadorlar yiliga 13,6 foiz daromad oladi
Way II 2024 yil dekabr oyiga qadar «Akfa Aluminium Group»ga sarmoya kiritgan investorlar uchun ilk dividend to‘lovlarini joriy yilning 3 mart kuni amalga oshiradi.
«Akfa Aluminium Group» moliyaviy ko‘rsatkichlarining o‘sishi
«Akfa Aluminium Group» 21 yillik muvaffaqiyatli faoliyati davomida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biriga aylandi. Xususan, O‘zbekiston, MDH davlatlari, Yevropa va Shimoliy Amerika bozorlarida mustahkam mavqega ega bo‘ldi.
2024 yilda kompaniya sezilarli o‘sishga erishdi, jumladan, mahsulot eksporti 45% ga oshdi. Ushbu moliyaviy yutuqlar investorlar uchun barqaror daromad manbaiga aylandi. Way II orqali sarmoya kiritgan hamkorlar esa yillik 13,6 % dividend olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
«Way II»ga investitsiya kiritishning afzalliklari
Way II investitsiyasining asosiy afzalliklaridan biri shundaki, 13,6% lik daromad valyuta kursining o‘zgarishidan kelib chiqadigan yo‘qotishlarni qoplash maqsadida indeksatsiya qilingan. Bu esa investorlarning kapitalini inflyasiya va valyuta tavakkalchiliklaridan himoya qilish bilan birga, uni naqd pul yoki bank hisob-varag‘ida saqlashga qaraganda ancha foydaliroq qiladi.
Way II moliyaviy mahsulotlariga kiritilgan aktivlar nafaqat o‘z qiymatini saqlab qoladi, balki har yili dividendlar shaklida barqaror daromad keltiradi. Bu investorlar uchun kapitalni inflyasiya va bozor tebranishlaridan himoya qilish bilan birga, uzoq muddatli qo‘shimcha daromad manbai yaratish imkonini beradi.
Way II investitsiyalari islom moliyasi tamoyillariga asoslangan bo‘lib, kompaniya «Islamic Finance Consulting Board» (IFCB) ilmiy kengashining tavsiyalariga to‘liq amal qiladi. IFCB ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, Way II ning moliyaviy faoliyati islom moliyasi me’yorlariga to‘la mos keladi. Bu esa investorlar uchun shaffof va halol sarmoya muhitini ta’minlaydi.
«Akfa Aluminium Group»ga qanday sarmoya kiritish mumkin?
«Akfa Aluminium Group» ulushiga investitsiya kiritish uchun investorlar kompaniya ofisiga tashrif buyurishi yoki WAY INVEST mobil ilovasi orqali sarmoya joylashtirishi mumkin. Minimal investitsiya miqdori taxminan 14 million so‘mni tashkil etadi. Kutilayotgan yillik daromad esa valyuta kursining o‘zgarishi va bozor sharoitlaridan kelib chiqib, 10–15% atrofida bo‘lishi mumkin.
Way II taklif etayotgan investitsiya imkoniyati bozordagi eng foydali yechimlardan biri bo‘lib, barqaror daromad va uzoq muddatli moliyaviy himoyani ta’minlaydi.
Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1Telefon: (+998) 78−555−55−55.
Veb-sayt: waygroup.uz
Ijtimoiy tarmoqlar:
Instagram: @way_ll_group
Feysbuk: Way II Group
Telegram: t.me/wayllgroup
Tvitter: way_ll_group
Linkedin: wayllgroup
Yutub: Way_ll_Group
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.
Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.
Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.
Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.
Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiyot
Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.
Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.
Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
