Jamiyat
Vodiydagi “metan zapravka”larga ko‘chma konteynerlarda tabiiy gaz yetkazib berish tizimi ishga tushiriladi
Ma’lumot berilishicha, bir dona gaz tashish konteyneri 6 ming kub metr gazga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘rtacha 300 ta yengil avtomobilga xizmat ko‘rsata oladi.
Energetika vazirligi va «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan tabiiy gazni (SNG) yuqori bosimdagi ko‘chma konteynerlarda yetkazib berish bo‘yicha pilot loyiha boshlandi.
Xabar qilinishicha, Xitoyning 3 ta yirik ishlab chiqaruvchi zavodlari — “Himile Mechanical Manufacturing (Shandong) Co., Ltd.”, “Luxi New Energy Equipment Group Co., Ltd.”, “Xinjiang Silk Road Golden Camel Supply Chain Management Co., Ltd.” kompaniyalari bilan kompressor stansiyasini qurish, 150 ta yuqori bosimdagi ko‘chma gaz konteynerlari va sinov stendini yetkazib berish hamda maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
“Loyihaning asosiy maqsadi — Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qish mavsumida quvurlarda gaz bosimi pasayishi kuzatilgan hududlarda joylashgan gaz to‘ldirish shahobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish. Bu orqali eng avvalo, ijtimoiy soha obektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda aholi yengil avtomobillariga gaz yetkazilishi ta’minlanadi”, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Ma’lumot berilishicha, bir dona gaz tashish konteyneri 6 ming kub metr gazga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘rtacha 300 ta yengil avtomobilga xizmat ko‘rsata oladi. Bu taxminan bir sutkada 15 mingtagacha avtomobilga gaz to‘ldirish imkonini yaratadi.