Dunyodan

Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Published

on


Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari 2027-yilning 27-yanvarida o‘tkazilishi mumkin.

“Report.az”ning Qirg‘iziston OAVlariga tayanib xabar berishicha, Jogoruk Kenesh (parlament) “Prezident va Jogoruk Kenesh deputatlarini saylash bo‘yicha konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ovoz berish yanvar oyining oxirgi yakshanbasida bo‘lib o‘tishi kerak. Shu bois navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 31-yanvarga belgilangan edi.Ammo parlament tomonidan maʼqullangan tuzatishga koʻra, saylov yanvar oyining oxirgi chorshanbasida (27-yanvar) oʻtkaziladi.

Tuzatishdan maqsad saylovchilarning faolligini oshirishdan iborat. Qonun prezident tomonidan imzolanishi kerak.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version