Connect with us

Sport

 «Vazifamiz – bizga autsayder sifatida qarashlarini yo‘qqa chiqarish…» – Shomurodov

Published

on


O‘zbekistonlik 30 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov FIFA’ga intervyu berib, jahon sahnasiga chiqish nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun ham katta faxr ekanini ta’kidladi.

«Bu his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash juda qiyin. Nafaqat biz, balki butun O‘zbekiston bu yo‘llanmani juda istagan edi. Natijadan keyin hamma xursand bo‘ldi, chunki bu xalqimiz va muxlislarimiz uchun nimani anglatishini yaxshi tushunardik. Shuning uchun bu biz uchun juda katta voqea.

Nafaqat O‘zbekistondan, balki butun Markaziy Osiyodan futbol muxlislari bizni tabrikladi. Agar yanglishmasam, Qozog‘iston prezidenti ham bir tadbirda bizning prezidentimizni tabriklagan. Agar biz yaxshi o‘ynab, munosib natijalar ko‘rsatsak, O‘zbekiston terma jamoasining butun dunyo bo‘ylab muxlislari paydo bo‘ladi», – dedi u.

Jahon chempionatida O‘zbekiston K guruhida Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo DR, Yamayka yoki Yangi Kaledoniyadan biri bilan to‘p tepadi. Uchrashuvlar Mexiko, Xyuston va Atlanta shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Terma jamoaga jahon chempioni Fabio Kannavaro murabbiylik qiladi.

«Qur’a tashlashdan oldin ham kim bilan tushishimiz u qadar muhim emasligini bilardim. Bizning vazifamiz — guruhdan chiqish, qolgani taqdirga bog‘liq.

Albatta, qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. Biz o‘z mamlakatimizni namoyon etyapmiz va shu sabab butun dunyoga O‘zbekiston kuchli jamoalardan biri ekanini ko‘rsatishga harakat qilamiz. Ammo katta va’dalar berolmaymiz.

Ayrimlar bizga autsayder sifatida qarashi mumkin, lekin vazifamiz — bu tasavvurlarni yo‘qqa chiqarish», – dedi u.

Shomurodov 22 yoshida «Rostov» orqali Yevropaga yo‘l olgan. Keyin «Jenoa», 2021-yilda esa «Roma»ga o‘tdi.

2022-yilda u «Roma» bilan UEFA Conference League’ni yutib, Yevropa klub musobaqasida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi. Hozirda Turkiyaning «Bashakshehir» klubida ijara asosida to‘p surayotgan Shomurodov joriy mavsumda 17 o‘yinda 12 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshlab turibdi.

Yevropada o‘n yil davomida Krishtianu Ronaldu, Xames Rodriges kabi yulduzlar bilan to‘qnash kelgan Shomurodov uchun bu nomlar endi qo‘rqituvchi emas. U ko‘proq o‘z misolida yosh o‘zbek futbolchilariga yo‘l ochishni muhim deb biladi.

«Men Yevropaga ketganimda bizdan oldin u yerda o‘ynagan futbolchilar juda kam edi. Endi esa biz qodir ekanimizni isbotladik. O‘zbekistondan chiqqan futbolchilar kuchli Yevropa jamoalarida o‘ynayotganini butun dunyo ko‘rdi. Bu nafaqat terma jamoaga, balki umumiy o‘zbek futboliga ham foyda keltiradi.

O‘zbekistonda futbolni doim yaxshi ko‘rishgan. Bolaligimda jahon chempionatiga chiqolmaganimizda muxlislar qanchalik xafa bo‘lganini eslayman. Bugun esa so‘nggi muvaffaqiyatlarimiz va prezident tomonidan sportga, ayniqsa futbolga berilgan e’tibor tufayli muxlislarning munosabati o‘zgardi.

Futbolchilar Yevropaga yo‘l oldi, infratuzilma rivojlandi, yoshlar uchun imkoniyatlar yaratildi. Endi bularning samarasi ko‘rina boshladi», – deydi Shomurodov.

Uning aytishicha, jahon chempionatida AQShda yashovchi o‘zbeklar qo‘llab-quvvatlashi ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

«Endi jahon chempionatiga chiqishimiz aniq bo‘lgani uchun O‘zbekistondan ham ko‘plab muxlislar borishni rejalashtirmoqda. Ular oldida o‘ynash bizga katta kuch beradi. Amerikada ham ko‘plab o‘zbeklar bor – ularning qo‘llab-quvvatlashi yangi g‘alabalarimizga yordam beradi», – deydi O‘zbekiston terma jamoasi sardori.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.

Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.

Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi

Published

on


Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.

Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

Published

on


Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.