Jamiyat
Uzun o‘rmon xo‘jaligida daraxtlar qo‘porilgan – ishchi guruh vaziyatni o‘rganmoqda
Kecha, 3 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sangardak mahallasidagi Uzun o‘rmon xo‘jaligiga qarashli yer maydonida daraxtlarni qo‘porish va ularga shikast yetkazish holatlari qayd etilgan.
Ayni damda Ekologiya milliy qo‘mitasi Ekopolitsiyasi, Bosh prokuratura, viloyat hokimligi hamda ekologiya hududiy bosh boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh vaziyat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishlar hech qanday ruxsatsiz, ekologiya xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay amalga oshirilgan.
Ayni damda daraxtlarga yetkazilgan ekologik zarar miqdorini aniqlash, qurilish ishlarining amaldagi ekologik qonunchilik talablariga muvofiqligiga huquqiy baho berish hamda aybdor shaxslarni belgilashga doir o‘rganishlar olib borilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 11 tup qariyb 100 yillik Zarafshon archasi qo‘porilgani aniqlangan. To‘liq o‘rganish natijalaridan so‘ng huquqbuzarlarga nisbatan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qat’iy choralar qo‘llanadi hamda bu haqda jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Jamiyat
Toshkentda «15 daqiqalik shahar» konsepsiyasi joriy etiladi
Prezident qaroriga muvofiq, Toshkentda zamonaviy «15 daqiqalik shahar» urbanistik konsepsiyasi amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, poytaxt aholisi uyidan chiqib 15 daqiqa ichida asosiy xizmatlar, yashil hududlar va dam olish maskanlariga piyoda yetib borishi uchun sharoit yaratiladi.
Loyiha doirasida yashil hududlar kengaytiriladi, shahar infratuzilmasi takomillashtiriladi hamda aholi uchun yanada qulay shahar muhiti shakllantiriladi.
Jamiyat
O‘zbekistonda bugun ham 43 darajagacha issiq saqlanib qoladi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Havo harorati 36–41 daraja, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 42–43 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3–8 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 37–39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo kam, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 28–33 daraja bo‘ladi.
Jamiyat
Andijonda yerni noqonuniy sotishga uringan bankir va mashinist ushlandi
Davlat zaxirasidagi yerni olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi.
Andijon viloyati Marhamat tumanida faoliyat yurituvchi bank xizmatlari markazlaridan birining boshlig‘i va «Norin-Qoradaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mashinisti o‘zaro til biriktirib, 1989-y.t. fuqaroning ishonchiga kirishgan. Ular Marhamat tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 24 sotix yer maydonining go‘yoki turar-joy toifasiga oid hujjatlari borligini aytib, mansabdor tanishlari orqali uni kelgusida mazkur fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 39 ming AQSh dollari talab qilishgan.
Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda mashinist oldindan 25 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
IIV sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi sudga oshirildi: tafsilotlar
IIV sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘riladi. Sud ishi 29-iyul kuniga belgilangan.
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)ning bir qator qism va bandlari bo‘yicha ayblanmoqda.
Sud ishi jadvaliga ko‘ra, Bekmurod Abdullayev bilan birga jami 30 kishiga oid ish jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Ularning ko‘pchiligi (167-modda 3-qismi a-bandi v-bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish)da ayblanmoqda. Sudlanuvchilar orasida Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov ham bor. U 167-modda 2-qismi a-, b-bandlari, 167-modda 3-qismi a-, v-bandlari hamda 205-modda 2-qismi a-, b-bandlari bilan ayblanmoqda.
Ma’lumki, Bekmurod Abdullayev 2021-yil aprel oyidan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2025-yil 3-noyabr kuni ishdan olingan edi.
2026-yil yanvar oyida u qamoqqa olindi, keyinroq garov evaziga ozod etilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Jamiyat
O‘zbekistonda bugun ham quruq va issiq ob-havo saqlanib qoladi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi.
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi qariyb 665 trln so‘mga yetdi
-
Jamiyat5 days ago
Andijonda yerni noqonuniy sotishga uringan bankir va mashinist ushlandi
-
Sport2 days ago
Osiyo Kubogidagi g‘oliblik real imkoniyatmi yoki orzu?
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonda bugun ham 43 darajagacha issiq saqlanib qoladi
-
Siyosat3 days ago
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari «Boku» mehmonxonasining ochilishida qatnashdi (+foto)
-
Iqtisodiyot3 days ago
Mahallalarni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistonning oltin eksporti qariyb 5 mlrd dollarga kamaydi
-
Sport3 days ago
Shavkat Mirziyoyev suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)
