Connect with us

Iqtisodiyot

“UzChasys” zavodidagi 70 foizlik davlat ulushi qariyb 333 mlrd so‘mga sotildi

Published

on


25 may kungi savdo 184 mlrd 978 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan boshlandi. Auksion 16 ta narx taklifidan iborat bo‘ldi va 51 daqiqa davom etdi. Yakunda 332 mlrd 961 mln so‘mlik taklif bilan “Best Pipe and Pars” AJ g‘olib bo‘ldi. Bu boshlang‘ich narxdan 80 foizga yuqori.  Xaridor bitimdan so‘ng kamida 10 yil davomida korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolishi, shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish va sotishda “O‘zavtosanoat” bilan kelishishi shart.

“UzChasys” zavodidagi 70 foiz davlat ulushi auksionda 332 mlrd 961 mln so‘mga sotildi. 

25 may kungi savdo 184 mlrd 978 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan boshlandi. Auksion 16 ta narx taklifidan iborat bo‘ldi va 51 daqiqa davom etdi.

Yakunda 332 mlrd 961 mln so‘mlik taklif bilan “Best Pipe and Pars” AJ g‘olib bo‘ldi. Bu boshlang‘ich narxdan 80 foizga yuqori.

Xaridor bitimdan so‘ng kamida 10 yil davomida korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolishi, shuningdek, ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish va sotishda “O‘zavtosanoat” bilan kelishishi shart.

Ma’lumot uchun, agar xaridor savdolar yakunlanganidan keyin 5 ish kuni ichida aktiv uchun to‘lovni amalga oshirmasa yoki oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh torsa, taklif ikkinchi eng yuqori narx bergan ishtirokchiga o‘tkaziladi. Takroriy rad etish holatida lot qayta savdoga qo‘yiladi.

“UzChasys” zavodi haqida

“UzChasys” zavodi Namangan viloyati, Davlatobod tumani, quruvchilar ko‘chasi, 50-uyda joylashgan. Majmua 4,14 gektar maydonni egallaydi, sexlar va yordamchi binolarning umumiy maydoni esa 19,2 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Faoliyat turi — avtomobillarga yoritish chiroqlari ishlab chiqarish.

Korxona 2008 yilda Janubiy Koreyaning “AMS Co Ltd” kompaniyasi va “O‘zavtosanoat” ishtirokida tashkil etilgan. 2025 yil yakuniga ko‘ra “UzChasys” sof foydasi 40,76 milliard so‘mni tashkil qilgan, zavodda mingdan ortiq xodim ishlaydi. 

Xaridor haqida

“Best Pipe and Pars” 1996 yilda tashkil etilgan. Asosiy faoliyat turi — avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar va aksessuarlar ishlab chiqarish. Ustav kapitali — 297 mln so‘m. Kompaniya ilgari “Uz-Dongwon Co” nomi ostida faoliyat olib borgan.

“Best Pipe and Pars” o‘tgan yil davomida ham bir qator yirik aktivlarni xarid qilgandi. Xususan, 2025 yilning fevral oyida “Avtokomponent” kompaniyasining 98,8 foiz ulushini 105 mlrd so‘mga, avgustda esa avtomobil konditsionerlari ishlab chiqaruvchi “Avto Climate Control” kompaniyasining 100 foizini 230 mlrd so‘mga sotib olgandi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.