Jamiyat
UZCARD “Omad mavsumi” aksiyasini uzaytiradi va 1 milliard so‘mlik sovrin jamg‘armasi bilan ikkinchi mavsumni e’lon qiladi!
Aksiyaning ikkinchi mavsumi yana uch oy davom etadi – 2025 yil 1 noyabrdan 2026 yil 31 yanvargacha.
Ushbu mavsumda omad ayniqsa kommunal xizmatlar uchun to‘lovni onlayn tarzda amalga oshiruvchilarga kulib boqadi — har bir 50 000 so‘mdan boshlangan chek uchun uchta g‘alaba imkoniyati beriladi; bu oddiy onlayn xaridlar yoki o‘tkazmalarga nisbatan uch barobar ko‘p.
Har oy har biri 25 mln so‘mlik ikki dona va har biri 100 mln so‘mlik ikki dona pul sertifikati o‘ynaladi. Final uchinchi bosqich o‘yini bilan birga o‘tkaziladi va unda noyabrdan yanvargacha bo‘lgan davrda jami 15 va undan ortiq imkoniyat to‘plagan ishtirokchilar qatnashadi. Finalning bosh sovrinlari — 50 mln so‘m va 200 mln so‘m miqdoridagi pul sertifikatlari.
Ishtirok etish uchun UZCARD kartalari bilan naqd pulsiz onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda davom ettirish kifoya — xaridlarni to‘lash, o‘tkazmalarni amalga oshirish yoki kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lov qilish.
Har bir onlayn to‘lov ma’lum miqdorda g‘alaba imkoniyatini taqdim etadi:
• 3 imkoniyat — kommunal xizmatlar onlayn to‘lovlari uchun;
• 2 imkoniyat — UZCARD kartalaridan o‘tkazmalar uchun;
• 1 imkoniyat — onlayn xaridlar va Tez QR orqali to‘lovlar uchun.
An’anaga ko‘ra, aksiyaning tashkilotchisi sifatida UZCARD sovrinlarni topshirish bilan bog‘liq barcha soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
To‘plangan imkoniyatlarni rasmiy Telegram bot orqali tekshirishingiz mumkin:
Aksiya qoidalari bilan batafsil havola orqali tanishishingiz mumkin:
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Davomli yo‘tal saraton alomati bo‘lishi mumkinligi aytildi
Davomli yo‘tal saraton kasalligi alomati bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya Milliy Sog‘liqni Saqlash Xizmati uch hafta yoki undan ko‘proq davom etadigan yo‘tal saraton kasalligining alomati bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Mirror gazetasi.
“Bu davrda davom etadigan yo‘tal o‘limga olib keladigan kasallik tufayli kelib chiqishi mumkin”, deb yozadi Mirror gazetasi. Nashr har yili 33 000 dan ortiq britaniyaliklar ushbu kasallikdan vafot etishini ta’kidladi.
Gazetaning ta’kidlashicha, yo‘tal ko‘pincha COVID-19 yoki oddiy shamollash kabi ko‘plab kasalliklarga xos bo‘lgan zararsiz alomatdir, ammo u o‘limga olib keladigan kasallikning alomati ham bo‘lishi mumkin.
Jamiyat
Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi
Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 6-noyabrdagi qarori bilan Rasulov Dilshod Ozodovich Toshkent viloyati hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi.
Dilshod Rasulov mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi-iqtisodchi, siyosatshunos.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Toshkentda issiq suvdagi zang holatlari tekshiriladi
Veolia Energy agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqilishi haqida xabar berdi.
Sun’iy intellekt chizgan surat
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv rangining vaqtincha o‘zgarishi bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha issiqlik tarmoqlari va tugunlari holatini tekshirish ishlarini davom ettirmoqda.
Qayd qilinishicha, fuqarolarning shu mazmundagi barcha murojaatlari ro‘yxatga olinadi va boshqaruv kompaniyalari, MJTK va bevosita boshqaruv vakillari bilan birgalikda uylar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
«Agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqiladi. Qayta hisob-kitob uchun asos bo‘lib, kompaniya vakili va iste’molchi tomonidan birgalikda tuzilgan, aniqlangan og‘ishlarning xarakteri va davomiyligini qayd etgan dalolatnomalar xizmat qiladi. Ushbu dalolatnomalar imzolangach, ular tuman bo‘limiga topshiriladi va shu asosda hisob-kitoblar belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi», deyiladi xabarda.
Poytaxtning qator tumanlarida issiq suv ta’minotida zangli suv kelishi avval ham aniqlangan edi. Veolia buni isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlab, murojaat qilgan iste’molchilar bilan dalolatnoma asosida qayta hisob-kitob etilishini ma’lum qildi.
Jamiyat
Ehtiyot bo‘ling: xavfli radiatorlar!
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xavfli radiatorlardan ogohlantirdi.
Inspeksiyaning Surxondaryo va Samarqand viloyatlari bo‘limlari tomonidan nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada Xitoyda ishlab chiqarilgan TDS va Valencia nomli isitish radiatorlari amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar:
• Suv bosimiga bardosh bera olmaslik;
• Xonani yetarlicha isitmaslik;
• Suv bosimi oshganda suv toshishi xavfi mavjud.
Bu kabi nuqsonlar o‘rnatilgan radiatorlardan foydalanish vaqtida xavfsizlikni jiddiy xavf ostiga qo‘yadi Jumladan, uy va mol-mulkka zarar yetkazishi, elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvga olib kelishi, hatto yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Jamiyat
Toshkent viloyatida salkam 2,5 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik fosh etildi
Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.X.” MChJ rahbari X.R. savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.T. Zangiota tumani, “Keng-kichik” MFY hududidagi savdo do‘koni va umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda aholiga mo‘ljallangan gazni pullagan rahbar ushlangandi.
-
Jamiyat4 days agoIsitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli berilishi boshlandi
-
Jamiyat4 days agoBekobodda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi aniqlandi
-
Iqtisodiyot3 days agoPokiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy operatsiyalar yo‘lga qo‘yiladi
-
Dunyodan5 days agoMeksikadagi fojiali olovda 22 kishi halok bo’ldi
-
Sport2 days agoDevid Bekhem ritsar unvonini oldi
-
Dunyodan2 days agoBritaniyaning eng boy odami 85 yoshida vafot etadi
-
Iqtisodiyot1 day agoO‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
-
Dunyodan2 days agoDik Cheyining o’limi milliy yo’qotish, deydi Jorj V. Bush
