Jamiyat
Uzcard Express bank xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi
28 iyun kuni Farg‘onada birinchi Uzcard Express xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi, u orqali bank kartalarini ochish, POS-terminallarni xarid qilish, bankomat orqali naqd pul olish, shuningdek, raqamli to‘lovlar bo‘yicha maslahatlar olish mumkin. Bu “unbanked” segment vakillariga tez, qulay va bank filialiga bormasdan UZCARD ekotizimiga ulanish imkonini beruvchi to‘laqonli infratuzilmani yaratish yo‘lidagi qadamdir.
Uzcard Express shunchaki savdo nuqtasi emas, balki foydalanuvchi bank kartasini olishi, uni faollashtirishi, mavjud xizmatlar bilan tanishishi, biznes uchun terminalni ulashi yoki mutaxassisga savol berishi mumkin bo‘lgan ixcham markazdir. Bu yerda hamkor banklarning mahsulotlari, terminal uskunalari va ARCA, Smart Business (ex. UZKASSA) va BTECH kompaniyalarining zamonaviy to‘lov vositalari taqdim etiladi.
Ekspress formatda sotuvga qo‘yilgan birinchi mahsulot Moment kartasi bo‘ldi – bu tezkor emissiya uchun mo‘ljallangan bank mahsuloti. Uni atigi 5 daqiqada olish mumkin: identifikatsiya va faollashtirish hamkor bank ilovasi, Universalbank va Davr bank orqali amalga oshiriladi. Kelajakda nuqtadagi takliflar doirasi kengaytiriladi.
Ekspress format mahsulotni tanlashda yordam berishga, foydalanuvchi bilan maslahatlashishga va barcha bosqichlarda – sotib olishdan tortib to sozlashgacha hamroh bo‘lishga tayyor o‘qitilgan jamoaning mavjudligini nazarda tutadi. Nuqta bankomat, multikiosklar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun ko‘rgazma maydoni bilan jihozlanadi.
Farg‘ona aholi zichligi va tez, qulay to‘lov yechimlariga bo‘lgan talabi tufayli pilot hududi sifatida tanlandi. Ochilish kuni ulanish jarayonining namoyishi, UCMG tijorat direktorining nutqi va loyiha jamoasining maslahatlari bilan o‘tdi.
Uzcard Express loyihasi to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishdagi yangi qadam bo‘lib, unda Uzcard va hamkor banklar asosiy moliyaviy xizmatlarni mijozga yanada yaqinroq va qulayroq qilish uchun kuchlarini birlashtiradi. Ushbu format nafaqat moliyaviy xizmatlardan foydalanishni soddalashtiradi, balki kichik va mikrotadbirkorlikning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tishni rag‘batlantiradi. Ushbu yondashuv raqamli vositalarni keng doiradagi foydalanuvchilar uchun yanada yaqinroq va tushunarli qiladi – bank bilan bog‘lanish yoki to‘g‘ri yechimlarni izlashga vaqt sarflanmaydi.
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Toshkentda narkokurerga aylangan talabalar fosh etildi
Poytaxtda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida oliy ta’lim muassasasining 1-bosqich talabalari tomonidan amalga oshirilgan narkokurerlik faoliyati fosh etildi. Tadbir davomida jami 520 gramm, 2600 dozaga teng bo‘lgan sintetik giyohvand moddaning noqonuniy muomalasi oldi olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Yashnobod tumani hududida ikki nafar 1-bosqich talaba qo‘lga olingan. Tekshiruv chog‘ida ularning yonidan 120 gramm “Alfa PVP” turidagi sintetik modda ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shundan so‘ng, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning yotoqxonasi ko‘zdan kechirilib, u yerdan qo‘shimcha 400 gramm ushbu modda topilgani qayd etilgan. Shu tariqa, jami 520 gramm, 2600 dozaga teng “o‘lim dorisi”ning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi.
Tekshiruvlarda aniqlanishicha, talabalar moddani tanishlari tomonidan shaharning turli joylarida “tayyorlab” qoldirilgan nuqtalardan olib, yotoqxonada dozalarga bo‘lib, iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli protsessual tekshiruv va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.
Jamiyat
Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi
O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJ ga tegishli cho‘yan quyish sexining atmosfera havosiga zararli ta’siri ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu borada hech qanday ekologik ekspertiza xulosasi berilmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rilib, atmosfera havosini ifloslantirayotganligi sababli qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.
Bundan tashqari, sanoat korxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish, avtomatik stansiyalar o‘rnatish va ekologik ekspertiza xulosasi olinishi yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.
Jamiyat
Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi
Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.
Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq, Nurafshonda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi uchun avtoturargoh qurilishi yuzasidan tarqalgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, shaharda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori qabul qilingan.
Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat ko‘rsatish, elektromobillarni zaryadlash nuqtalari, yashil maydonlar, piyodalar yo‘laklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatish nazarda tutilgan.
“Ajratilayotgan 4,5 milliard so‘mni faqatgina avtoturargoh uchun deb talqin etmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Qaror matnida muayyan sabablarga ko‘ra, mablag‘ ajratish maqsadi “avtoturargoh majmuasi qurish uchun” deb emas, “avtoturargoh qurish uchun” deb izohlangani shunday bahsli muhokamalarga sabab bo‘lganini tushungan holda qo‘shimcha izoh berishni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.
Ta’kidlanishicha, loyiha qiymati 5,9 mlrd so‘mga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmachi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kurilish-montaj ishlari qiymati qayta ko‘rib chiqilib, ayrim ish turlari muvofiqlashtirilishi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd so‘mga maqbullashtirilgan.
Jamiyat
20:47 O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi
20:47
O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi
Source link
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Jamiyat5 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
-
Dunyodan5 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Sport4 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Siyosat4 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Iqtisodiyot5 days ago“Hech kim bizga kredit bermasdi”
