Connect with us

Iqtisodiyot

ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?

Published

on


So‘nggi yillardagi O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishini migrantlar yuborayotgan pullarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotning 13 foizdan ko‘proq qismini tashkil etadi. Yuqori maosh to‘lanuvchi rivojlangan mamlakatlarda mehnat muhojirlari soni ko‘payayotgani ham umumiy pul o‘tkazmalari oshishida asosiy omillardan biriga aylandi. Kun.uz Xalqaro mehnat migrantlari kunida chet elda ishlayotgan vatandoshlarning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rniga e’tibor qaratdi.

BMT Bosh assambleyasining taklifiga binoan 2000 yildan buyon har yili 18 dekabr Xalqaro migrantlar kuni sifatida nishonlanadi. 1990 yilning xuddi shu kunida «Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi xalqaro konvensiya qabul qilingandi. O‘zbekiston ham chetga mehnat muhojirlarini yo‘llash bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayni paytda mamlakatdan xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketganlar soni 1,8 mlndan ko‘proq. 

Migrantlarning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni

Mehnat migrantlari yuborgan pullar uzoq yillardan beri O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim o‘rin tutib keladi va aholi turmush xarajatlarining sezilarli qismini qoplaydi. Xususan, 2024 yilda mamlakatga 14,8 mlrd dollarlik pul o‘tkazmalari kirib kelgan. Bu yalpi ichki mahsulotning 12,2 foizdan ko‘proq qismini tashkil etadi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili O‘zbekiston eksport qilgan oltinning umumiy qiymati 7,5 mlrd dollar bo‘lgan. 

2017-2025 yillar oralig‘ida O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari dinamikasining o‘zgarishi

*2025 yil uchun ma’lumotlar kutilayotgan prognoz ko‘rinishida berilgan;

P.S: 2022 yilda Rossiya-Ukraina urushi fonida Qirg‘iziston va Tojikistonda ma’lum miqdorda naqd valuta taqchilligi yuzaga kelib, banklarda ayrim cheklovlar joriy etilgandi. Bunday sharoitda mazkur davlat fuqarolari O‘zbekistonga valuta o‘tkazib, mamlakat banklari orqali naqd pul olib chiqib ketgani aytiladi. Shu sababdan 2022 yilda pul o‘tkazmalarining favqulodda keskin oshishi ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.

Pul o‘tkazmalari ko‘pincha iste’mol xarajatlarini qoplash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va uy-joy olish kabi sohalarga sarflanadi, bu esa ichki talabni oshiradi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, mamlakat valuta ehtiyojining sezilarli qismi migrantlar jo‘natgan pul hisobidan qondiriladi.

Ayrim hududlarda migratsiya oqimi daromadlar, ishsizlik bo‘yicha farqlanishning pasayishiga yordam beradi. Avvalroq iqtisodchi Mirkomil Xolboyev aholi daromadlari bo‘yicha 9 oylik rasmiy statistikaga asoslanib hisob-kitob yuritgan va shunday xulosaga kelgan edi: agar pul o‘tkazmalarida o‘sish bo‘lmaganida, O‘zbekiston aholisining jon boshiga umumiy daromadlari bu yil o‘smagan bo‘lardi. Jumladan, o‘tkazmalarning oshishi 8 ta viloyatda aholini kambag‘allashishdan saqlab qolgan.

Pul o‘tkazmalariga bog‘liqlik

S&P reyting agentligi o‘zining oxirgi hisobotida O‘zbekistonning demografik afzalliklarga egaligini ta’kidlagan holda aholi tarkibining qariyb 90 foizi mehnat yoshida yoki mehnat yoshidan kichkina bo‘lib, bu taklifga asoslangan o‘sish imkoniyatini yaratadi, deya qayd etgandi. Shu bilan birga, ish o‘rinlari o‘sishi talabni to‘liq qondira olmasligi taxmin qilingan. «O‘zbekistonning ko‘plab doimiy va mavsumiy mehnat migrantlari Rossiya, shuningdek Yevropa va Yaqin Sharqdagi yangi yo‘nalishlarda ish izlashni davom ettiradi. Natijada iqtisodiyot pul o‘tkazmalari oqimiga bog‘langanligicha qoladi», deya xulosaga kelgandi xalqaro reyting agentligi mutaxassislari.

Migratsiyaning diversifikatsiyasi

Yillar davomida o‘zbek migrantlari eng ko‘p yo‘l oluvchi davlatlar to‘rtligi quyidagicha shakllanib kelgan: Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Janubiy Koreya. Ammo oxirgi yillarda vaziyat birmuncha o‘zgardi.

Xususan, Rossiyadagi iqtisodiy vaziyat yomonlashuvi va migrantlar uchun talablarni qattiqlashtirish haqidagi chaqiruvlar, armiyaga jalb qilish bo‘yicha tashviqotlarning kuchayishi ushbu mamlakatga boruvchilar sonini qisqartirdi. Shuningdek, Turkiyaga borib ishlash ham o‘z jozibadorligini yo‘qotib boryapti. Bunga ushbu mamlakat iqtisodiyotining yomonlashuvi, liraning dahshatli qadrsizlanishi va yuqori inflatsiya ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbekistonliklar uchun Buyuk Britaniya, Germaniya, Polsha, Vengriya, Latviya, BAA, Saudiya Arabistoni va Yaponiya kabi yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Ushbu omil umumiy hisobda migrantlar soni kamayayotgan bo‘lsada, pul o‘tkazmalarining sezilarli darajada oshishida muhim o‘rin egallayapti.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.