Iqtisodiyot
ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?
Dividendlar – barqaror pul oqimi bo‘lib, moliyaviy ishonchni mustahkamlash va kapitalni ko‘paytirishga yordam beradi.
Dividendlar – bu oddiy tushuncha
Moliya va investitsiyalar olamida bir qarashda murakkab ko‘ringan ko‘plab tushunchalar mavjud. Shulardan biri – dividendlar. Xo‘sh, dividendlar nima va nima uchun investorlarga ushbu tushuncha shunchalik muhim?
Tasavvur qiling: sotuvchi bozor rastasida olma sotadi. U mahsulotni xarid qiladi, ijara puli va soliqlarni to‘laydi. Olmalarni yuqoriroq narxda sotadi va tushum bilan xarajatlar orasidagi farq – uning foydasi.
Bir kuni u ikkinchi savdo nuqtasini ochishga qaror qiladi va biznesni kengaytirish uchun mablag‘ kiritadigan sherik topadi. Oradan bir oy o‘tadi, yangi do‘kon ish boshlaydi. Sotuvchi hisob-kitob qiladi: tushum qancha, xarajatlar qancha va sof foyda qancha. Natijada qolgan mablag‘ – bu sof foyda. Ular bu foydani o‘zaro bo‘lib olishadi. Ana shu bo‘lingan ulushlar dividend deb ataladi.
Barqaror daromad va o‘sish imkoniyatlari: dividendlar investorga nima beradi?
Biznes egasi uchun dividendlar – asosiy daromad manbai. Ammo xohlagan kishi, hatto doimiy ishi bo‘lsa ham, investitsiya qilib dividend olishni boshlashi mumkin. Bu – qo‘shimcha daromad yaratishning ajoyib imkoniyati.
Investitsiyalardan olinadigan dividendlar – muntazam pul tushumini olish usuli. Oqilona yondashuv bilan ular sizga nafaqat daromad keltiradi, balki kapitalingizni bosqichma-bosqich oshirish imkonini ham beradi. Buning uchun faqat mablag‘ni to‘g‘ri boshqarish kifoya.
Birinchidan, bu barqaror va ishonchli daromad manbai. Siz ushbu to‘lovlarni kundalik xarajatlarga sarflashingiz, jamg‘arishingiz yoki ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishingiz mumkin – masalan, ta’lim uchun to‘lov, sayohat yoki boshqa orzularingiz. Eng asosiysi – bu qo‘shimcha daromad olishning passiv usuli.
Ammo yana bir variant bor – olingan dividendlarni qayta investitsiya qilish. Bu reinvestitsiya deb ataladi. Bunday yondashuv orqali siz sarmoyani muntazam oshirib borasiz, buning uchun qo‘shimcha mablag‘ izlash yoki ish haqi hisobidan jamg‘arishga hojat qolmaydi. Vaqt o‘tishi bilan daromad yanada ortadi, chunki siz nafaqat dastlabki kapitaldan, balki keyinchalik qo‘shilgan mablag‘lardan ham foyda olasiz.
Muhimi shundaki, bularning barchasi murakkab bilimlarni talab qilmaydi. Asosiysi – dividend to‘laydigan ishonchli kompaniyani tanlash va o‘z daromadingizni qanday boshqarishni bilish: sarflash, jamg‘arish yoki qayta investitsiya qilish.
Oddiy qarorlar — ishonchli natijalar
Dividendlarning yana bir afzalligi – ular moliyaviy ishonch hissini beradi. Masalan, siz ishonchli kompaniyaga investitsiya kiritdingiz va belgilangan jadval asosida barqaror daromad olyapsiz. Bir necha yil davomida siz nafaqat kapitalingizni saqlab qolasiz, balki uni ko‘paytirasiz.
Agar siz dividendlarni qayta investitsiya qilsangiz – vaqt o‘tishi bilan daromadingiz yanada ortadi. Bu – kelajakdagi kapitalni ko‘paytirishning asosi hisoblanadi.
Eng muhimi – bozorni tahlil qilish va ishonchli investitsion kompaniyani tanlashdir.
Way II investitsion imkoniyatlari
Way II kompaniyasi investitsiya qilishni boshlash uchun qulay shartlarni taqdim etadi: kirishning minimal miqdori atigi 14 300 000 so‘m, bu esa keng auditoriya uchun imkoniyat yaratadi.
Prognoz qilingan yillik daromad – 10-15%. Bundan tashqari, Way II investitsion modeli valyuta xavflaridan himoyalangan: mablag‘lar kiritilgach, ular AQSh dollari qiymatiga bog‘lanadi. Shuning uchun 10-15% daromad prognozi ham dollar ekvivalentida belgilanadi.
Way II sizga mamlakatdagi eng yirik sanoat loyihalaridan biri – Akfa Aluminium Group kompaniyasining hamkoriga aylanish imkonini beradi. Investorning daromadi ushbu kompaniyalardan olinadigan foydadan shakllanadi.
Shuningdek, Way II investitsion vositalari islomiy moliya me’yorlariga to‘liq mos keladi, bu Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan. Demak, mablag‘lar taqiqlangan sohalarga yoki noqonuniy faoliyatga yo‘naltirilmaydi.
Aloqa ma’lumotlari:
Telefon: (+998) 78−555−55−55
Manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Sayt: waygroup.uz
Ijtimoiy tarmoqlar:
Instagram: @way_ll_group
Facebook: @Way ll Group
Telegram: @wayllgroup
Twitter: @way_ll_group
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Iqtisodiyot
«O‘zmilliybank» AJ O‘zbekiston emitentlari orasida birinchi bo‘lib Xitoy kapital bozoriga 250 mln dollarlik obligatsiyalar chiqarmoqchi
2026 yil 9–10 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududiga tashrifi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ («O‘zmilliybank» AJ) va «China International Capital Corporation» (CICC) Osiyo kapital bozorida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining 11-sammiti doirasida tomonlar Gonkong fond birjasida Xitoy yuani va O‘zbek so‘mida umumiy qiymati 250 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish hamda ularni Gonkong fond birjasida listingdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladilar.
Erishilgan kelishuv «O‘zmilliybank» AJning Osiyo kapital bozoriga ilk bor chiqishini anglatadi hamda bankning xalqaro qarz olish geografiyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur kelishuvning amalga oshishi bankning moliyalashtirish manbalari va valyuta tarkibini diversifikatsiya qilish, xalqaro investorlar doirasini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Osiyo kapital bozori resurslarini jalb qilish imkonini beradi.
Rejalashtirilayotgan mazkur emissiya «O‘zmilliybank» AJning xalqaro kapital bozorlaridagi izchil faoliyatining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. 2020 yildan buyon bank London va Vena fond birjalarda umumiy qiymati 1,13 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi uchta obligatsiya emissiyasini amalga oshirgan.
Mazkur kelishuv 2026 yilga mo‘jallangan davlat investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida imzolangan bo‘lib. Ushbu dasturga muvofiq, «O‘zmilliybank» AJ zimmasiga O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro moliya institutlaridan jami 1,5 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni jalb etish vazifasi yuklatilgan.
Imzolangan kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirish borasidagi amaliy natijalardan biri bo‘lib, mazkur hamkorlik so‘nggi yillarda ikki davlat yetakshilarining uzoqni ko‘zlagan siyosati va strategik qarashlari tufayli yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard AQSh dollariga yaqinlashdi. Yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 30 milliard AQSh dollariga yetkazish maqsad qilib olindi. Amaldagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard AQSh dollarini tashkil etib, O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlik kengayib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kapital jalb qilishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. «O‘zmilliybank» AJning CICC bilan erishgan kelishuvi mazkur yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekistonning Osiyo kapital bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli resurslarni jalb etishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik tizimli ahamiyatga ega bank hisoblanadi. 2025 yil yakuniga ko‘ra, bank aktivlari 12 milliard AQSh dollaridan, kredit portfeli 9 milliard AQSh dollaridan, jami kapitali esa 1,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.
China International Capital Corporation (CICC) 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning yetakchi investitsiya banklaridan biri hisoblanadi. Kompaniya investitsiya banking, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish sohalarida xizmatlar ko‘rsatadi hamda Gonkong, Singapur, London va Nyu-York kabi xalqaro moliya markazlarida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):
Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
-
Jamiyat5 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Sport5 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat3 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Jamiyat5 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Iqtisodiyot5 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning inklyuziv loyihasi Yevropa mukofoti finaliga chiqdi
