Jamiyat
Toshkentdagi ko‘chalardan biri qariyb bir oyga transport harakati uchun yopildi
Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmadagi ko‘prikosti qismida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari olib boriladi.
Foto: Yashnobod tumani hokimligi
2025 yilning 5 oktyabr kunidan 1 noyabr kuniga qadar Maxtumquli ko‘chasining ko‘prikosti qismida avtomobil yo‘lining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi.
Toshkent kichik halqa avtomobil yo‘li (THAY)ning Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmadagi ko‘prikosti qismida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari olib boriladi.
2025 yilning 1 noyabr kuniga qadar ishlar yakunlangach, yo‘l harakati to‘liq tiklanadi.