Connect with us

Jamiyat

Toshkentda transport vositalari ekologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Published

on


Ayni damda Toshkent shahrida «Toza havo» oyligining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirda 10 sentabrdan to bugunga qadar muntazam YPX maskanlarida, ko‘chalarda hamda avtokorxonalarga kirish-chiqish joylarida foydalanishda bo‘lgan 26 900 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, «Toza havo» oyligi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunlari ijrosini ta’minlash, foydalanishda bo‘lgan avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazorati olib borish maqsadida respublika miqyosida doimiy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Tekshiruv davomida Toshkent shahrida 367 ta transport vositasi atmosferaga me’yordan ortiq zararli tashlamalar chiqarayotganligi aniqlandi. Ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo‘pol ravishda buzgan avtotransport haydovchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Poytaxtda «Toza havo» oyligining 2-bosqichi 10 oktyabrgacha davom etadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani ingliz tilida chop etildi

Published

on


O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani ingliz tilida jahon kitobxonlariga taqdim etildi.

Ushbu nashr – 2026 yilda adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan yubiley tadbirlari oldidan madaniy tuhfa bo‘ldi, deya xabar berdi “O‘zA”.

2025 yilda adibning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tashabbus doirasida yozuvchining rafiqasi – “Do‘stlik” ordeni sohibasi Maryam aya Shariatullayeva (Yoqubova) tomonidan berilgan oq fotiha va rozilik asosida “Ulug‘bek xazinasi” romanini ingliz tiliga tarjima qilish loyihasi boshlangan edi.

Mazkur ilmiy-adabiy jarayon Andijon davlat chet tillar universiteti doktoranti Abdullajon Ro‘ziyev rahbarligida amalga oshirildi.

Keyinchalik loyiha universitet rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashi bilan xalqaro hamkorlik darajasiga ko‘tarildi. Tarjima jarayonida amerikalik muharrirlar – Shimoliy Karolina universiteti bitiruvchisi Matyu Piyerro (Mattew Pierro) va Alon Shneydman (Alon Schenidman) faol ishtirok etdi.

Ularning hamkorligi natijasida roman ingliz tiliga tarjima qilinib, Amazon platformasida va O‘zbekistonda nashr etildi.

Mirzo Ulug‘bek hayoti, uning ilmiy-ma’rifiy merosi va tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni tasvirlangan ushbu roman endilikda xalqaro kitobxonlarga O‘zbekiston tarixining muhim sahifalarini, milliy madaniyat va adabiy merosni yanada yaqinroq tanitish imkonini beradi.

Kitob zamonaviy nashr standartlariga muvofiq ravishda qattiq muqova (hardcover), yumshoq muqova (paperback) hamda elektron (ebook) formatlarda chop etildi va keng kitobxonlar ommasi uchun Amazon platformasi orqali dunyo bo‘ylab taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, “Ulug‘bek xazinasi” romani dunyoning ellikka yaqin tillariga tarjima qilingan.

Kelgusi yilda Odil Yoqubovning “Qo‘hna dunyo” romanini ingliz tiliga tarjima qilib nashr etish ko‘zda tutilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Markaziy bank vakolatlari va mustaqilligi kuchaytirilmoqda

Published

on


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Markaziy bank faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, Markaziy bank va uning tizimi faoliyatini tekshirish Senat qarori yoki qonunda belgilangan holatlardagina amalga oshiriladi. Kredit tashkilotlari uchun belgilanadigan talablar va normativ hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi. Shuningdek, moliya bozorida favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkor huquqiy choralar ko‘rish mexanizmi joriy etiladi.

Deputatlar qonun loyihasi bank tizimi barqarorligini ta’minlash, tavakkalchiliklarni boshqarish va xalqaro amaliyotlarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Migratsiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

Published

on


Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali qidiruvga berildi.

35 yoshli Azizbek Toshtemirovning ismi «qizil bildirishnomalar» ro‘yxatida va u firibgarlikda gumonlanmoqda.

Toshtemirov 2025-yilga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (2024-yil oktyabr oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi)da Janubiy Koreyadagi vakolatxona rahbari sifatida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin agentlikning sobiq xodimlari hamda bir guruh shaxslar odamlarni Koreyaga ishga jo‘natish vaji bilan ulardan katta miqdordagi pullarni talab qilib olish va ularni o‘zlashtirib yuborish kabi qilmishlarni sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga oligani aytilgan edi.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Stomatologiya xizmatlari narxi o‘tgan yilga nisbatan qancha oshdi?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil aprel oyida stomatologik xizmatlar narxi bir oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga oshgan. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda esa mazkur xizmatlar 4,4 foizga qimmatlashgan.

Qayd etilishicha, narxlar o‘sishi faqat stomatologiya sohasi bilan cheklanmagan. Tibbiyotning boshqa xizmat turlarida ham qimmatlashish dinamikasi kuzatilgan. Xususan, diagnostik vizualizatsiya va tibbiy laboratoriya xizmatlari narxi aprel oyida o‘rtacha 0,6 foizga oshgan.

Shu jumladan, diagnostik vizualizatsiya va laboratoriya xizmatlari narxi 2025 yil apreliga nisbatan 7,7 foizga qimmatlashgan. Bu tibbiy xizmatlar orasida eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan.

Shuningdek, ko‘z uchun yordamchi mahsulotlar narxida ham o‘sish qayd etilgan. Aprel oyining o‘zida mazkur mahsulotlar 0,6 foizga qimmatlashgan. Yillik hisobda esa ko‘z uchun yordamchi vositalar narxi 3,1 foizga oshgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 5,4 trillion so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Xorazmda «hojatbaror» MIB xodimi qo‘lga olindi

Published

on


Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Majburiy ijro byurosining Xiva tuman bo‘limi davlat ijrochisi xizmat mavqeidan foydalanishga uringan.  U bo‘lim ish yurituvidagi ijro ishi bo‘yicha 1995-y.t. fuqarodan undirilishi lozim bo‘lgan 4 mln 526 ming so‘m soliq qarzdorligini, shuningdek, unga va uning otasiga nisbatan hisoblangan jami 22 mln 822 ming so‘m yer va mol-mulk soliqlarini mansabdor tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan. Natijada Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali qidiruvga berilgani ma’lum bo‘lgandi. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.