Jamiyat
Toshkentda sifatsiz dori-darmonlarning yirik partiyasi qo‘lga olindi
Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda qonunga xilof ravishda tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan D.I. va D.T. fuqaro U.Sh.ga xorijda ishlab chiqarilgan 3 turdagi 7 600 quti xirurgiya igna ipini 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tadbir davomida, ularning yonidan sotish uchun olib kelingan umumiy bahosi 214,5 mln so‘mlik 23 turdagi 13 621 dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Jurnalist Abdusamad Yo‘ldoshev vafot etdi
Taniqli jurnalist, mehnat faxriysi Abdusamad Yo‘ldoshev 86 yoshida vafot etdi.
Abdusamad Yo‘ldoshev 1940 yili Zangiota tumani, Xonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Ko‘p yillar O‘zbekiston radiosi, «Xalq so‘zi», «Toshkent haqiqati» gazetalarida turli vazifalarda – muxbir, bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari vazifalarida mehnat qilgan.
Abdusamad Yo‘ldoshev «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Yaratgan marhumning so‘nggi manzilini keng va yorug‘ qilsin.
Jamiyat
FVV qutqaruvchilari Qamchiq dovonida haydovchilarga yordam ko‘rsatdi
Qamchiq dovonida kuzatilgan noqulay ob-havo sabab yo‘lda qiyinchilikka duch kelgan haydovchi va yo‘lovchilarga FVV qutqaruvchilari amaliy yordam ko‘rsatdi. Muzlama hosil bo‘lishining oldini olish uchun qum-tuz aralashmasi sepildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) qutqaruvchilari Qamchiq dovonida ob-havoning keskin yomonlashuvi natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan haydovchi va yo‘lovchilarga amaliy yordam ko‘rsatdi.
Ma’lum qilinishicha, FVV hamda tegishli xizmatlar xodimlari hamkorligida yo‘lda muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilgan. Bu choralar harakat xavfsizligini ta’minlash va transport oqimining barqarorligini saqlashga qaratilgan.
Ayni paytda Qamchiq dovonida holat barqaror, havo bulutli ekani bildirildi. FVV haydovchilardan yo‘l qoidalariga rioya qilish, tezlikni ob-havo sharoitiga moslashtirish va ehtiyotkorlikni kuchaytirishni so‘radi.
Jamiyat
Robaxon Mahmudova og‘ir judolikka uchradi
O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari Robaxon Mahmudovaning o‘g‘li Rustam Mahmudov vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Robaxon Mahmudova 2023-yilgi prezidentlik saylovida «Adolat» partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, u 4,43 foiz ovoz yig‘ib, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagandi.
“Xabar.uz” jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.
Jamiyat
“Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi har oy o‘tkaziladi
Beg‘araz qon donorligini rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Unda har oy milliy donorlik aksiyasi, mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida donorlik tadbirlari, shuningdek harbiylar ishtirokida donorlik kunlari tashkil etish nazarda tutilgan.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan beg‘araz qon donorligi harakatini rivojlantirish maqsadida qator tashkiliy choralar yo‘lga qo‘yiladi.
Xususan, har oy “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi o‘tkaziladi. Aksiya doirasida har oyning 1-haftasi mobaynida — qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning 3-haftasi mobaynida — ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida yilda bir marotaba donorlik kunlari o‘tkazish belgilangan.
Mehnat jamoalarida donorlik kunlarini tashkil etish yo‘lga qo‘yilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida esa donorlik bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, tug‘uruqda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi har bir muassasada qon va uning tarkibiy qismlari shoshilinch zaxirasi tashkil etilishi hamda bu zaxira qon mahsulotlari, jumladan plazma va eritrotsitar massa bilan ta’minlanishi belgilandi.
Jamiyat
O‘tgan yili 9 nafar mansabdor soliqchilar ishdan olingan – Soliq qo‘mitasi
2025-yilda zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 53 nafar mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanilgan.
Bu haqda Soliq qo‘mitasida markaziy apparat va hududiy soliq idoralari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda davlat soliq xizmati organlarining 2025-yildagi faoliyati natijalari sarhisob qilinib, 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olingan.
Qayd etilishicha, hisobot davrida yuqoridagi sabablarga ko‘ra, 7 nafar hududiy soliq inspeksiya rahbarlari, 1 nafar soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda 1 nafar soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan ozod etilgan.
Hay’at yig‘ilishida, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari, hududiy boshqarma va tuman (shahar) rahbarlarining hisobotlari ham eshitildi.
Yig‘ilish so‘ngida, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning 1-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlarini barcha soliq turlari bo‘yicha sifatli ravishda so‘zsiz ta’minlash, qonun hujjatlari asosida soliq ma’murchiligiga kiritilgan yangiliklarni soliq to‘lovchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazilishini ta’minlash borasida ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.
-
Dunyodan2 days agoPrezident Tramp Grenlandiya vaziriga: “Biz amerikalik boʻlishni xohlamaymiz” dedi va dunyo yetakchilari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya Suriyada oʻt ochishni toʻxtatishni olqishlaydi, birlik va hududiy yaxlitlikni qoʻllab-quvvatlaydi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev “Davlat tili” haqidagi qonunni oʻzgartirish uchun parlamentga qaytarib yubordi
-
Iqtisodiyot3 days agoAyrim xomashyo import boji “nol” stavkada 2027 yilgacha uzaytirildi
-
Dunyodan4 days agoPrezident Tramp Tinchlik kengashiga aʼzolik uchun pul toʻlamoqchi.
-
Iqtisodiyot5 days agoMasdar kompaniyasi Qashqadaryoda quyosh stansiyasi va energiya saqlash tizimi quradi
-
Jamiyat3 days agoToshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
-
Mahalliy5 days agoSanoat korxonalarini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish boshlandi
