Connect with us

Jamiyat

Toshkentda shifokor amaliyotchi talaba qizlarga shilqimlik qildi

Published

on


Toshkent shahridagi xususiy shifoxonalardan birining 33 yoshli shifokori amaliyotchi talaba qizlarga shahvoniy shilqimlik qilib kelgan.  U 2026 yil mart oyi oxirida o‘z xizmat xonasida amaliyotchi talaba qizga jinsiy aloqa taklif qilgan. Aprel oyi oxirida esa boshqa bir talaba qizga shilqimlik qilib, unga uylanmoqchi ekanini va amaliyotga kelmagan kunlariga ijobiy baho qo‘yib berishini aytgan.

Toshkent shahrida amaliyotchi talaba qizlarga shahvoniy shilqimlik qilgan shifokor ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.

Sud hujjatiga ko‘ra, 33 yoshli S.S. poytaxtdagi xususiy shifoxonalardan birida urolog bo‘lib ishlaydi. 2026 yil 26 mart kuni u shifoxonaga amaliy mashg‘ulot o‘tash uchun kelgan talaba qizga o‘z xizmat xonasida jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan.

S.S. 2026 yil 28 aprel kuni shifoxonada boshqa bir talaba qizga shilqimlik qilgan: yaxshi ko‘rib qolganini, unga uylanmoqchi ekanini aytib, amaliyotga kelmagan kunlariga ijobiy baho qo‘yib berishini bildirgan.

Shifokor sudda aybga qisman iqror bo‘lgan. U birinchi talabaga shilqimlik qilmaganini, ikkinchi qizni esa yaxshi ko‘rib qolganini aytgan. 

Talaba qizlar shifokor ularga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilganini bildirib, S.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Qizlardan biri shifokor bilan o‘zaro suhbat jarayonini diktofonga yozib olganini ham ma’lum qilgan.

JIB Olmazor tuman sudining 2026 yil 1 iyundagi qarori bilan S.S.  MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Yuqori Chirchiqda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamalgandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi

Published

on


BYD haydovchisi chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan va yo‘lovchi avtobusga borib urilgan. Har ikki haydovchi shifoxonaga yuborilgan.

Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobus va BYD mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH “Nukus” va “T.Shevchenko” ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Yutong avtobusi chorrahadan “T.Shevchenko” ko‘chasiga burilayotganda qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelgan BYD avtobus bilan to‘qnashgan.

Ta’kidlanishicha, BYD haydovchisi chorrahada svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlangan. 

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, har ikki haydovchi tez-tibbiy yordam xodimlari hamrohligida shifoxonaga yuborilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda yo‘lovchi avtobus va Tracker to‘qnashgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yuqori Chirchiqda quvurga tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarib qolindi

Published

on


Qarovsiz qolgan bola chuqurga o‘rnatilgan quvurga tushib ketgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, bolaning hayotini saqlab qolishgan.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida FVV qutqaruvchilari 5 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 iyun kuni tushda Toshkent viloyati FVB navbatchilik qismiga Saksonota mahallasidagi xonadonlardan birida yosh bola quvur ichiga tushib ketgani haqida xabar berilgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Ular maxsus asbob-uskunalar yordamida qisqa vaqt ichida bolani quvur ichidan olib chiqishgan hamda tibbiyot xodimlariga topshirishdi.

Shifokorlar bolaning ahvoli yaxshi ekanini bildirishgan.

Vazirlik ota-onalardan kichik yoshdagi farzandlarini qarovsiz qoldirmaslikni so‘ragan. 

Avvalroq Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarilgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi

Published

on


Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy etishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, suv fondi yerlarini ijaraga berish elektron auksionlar orqali amalga oshiriladi, suv obektlarini tozalash ishlariga esa tadbirkorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilinadi.

Prezidentning “Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan suv fondi yerlaridan foydalanish va suv xo‘jaligi obektlarini saqlash sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Hujjatga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi suv fondi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha yagona buyurtmachi etib belgilandi.

Shuningdek, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obektlarini tuproq materiallaridan tozalash ishlariga tadbirkorlarni eng yaxshi takliflari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali jalb qilishga ruxsat berildi.

Farmonga ko‘ra, suv omborlarining suvdan bo‘shagan va tuproq namligi saqlangan yerlari elektron onlayn-auksion savdolari orqali qisqa muddatli ijaraga berilib, ularda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish imkoniyati yaratiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar va mutaxassislar uchun Germaniyada maxsus yozgi o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu masala Germaniyaning Frayburg shahrida o‘tkazilgan xalqaro uchrashuvda muhokama qilindi.

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari, Shveytsariyaning Swiss Cham Asia tashkiloti hamda Singularity Academy instituti rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’lim, ilm-fan va sarmoya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar va mutaxassislar uchun Germaniyada yoz mavsumida maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, ularning xalqaro tajriba va bilimlarini oshirish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar “O‘rta koridor” transport yo‘lagini ilmiy jihatdan o‘rganish, O‘zbekistonga sarmoya jalb qilish, sog‘liqni saqlash va “yashil” energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Published

on


Navoiy shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida sakkizta xonadon zararlandi. Favqulodda vaziyatlar xizmati yong‘inni bir soatdan ortiq vaqt ichida bartaraf etdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2 iyun kuni soat 04:19 da Navoiy shahrining Kimyogar mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga yettita yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi va ikkita avtonarvon jalb qilinib, qutqaruvchilar soat 04:23 da yetib borgan. Yong‘in soat 04:35 da qurshab olingan va soat 05:35 da to‘liq o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz qavatli uyning to‘qqizinchi qavatida joylashgan sakkizta xonadonning tom qismi, shiftlari va ichki hududi jami 300 kvadrat metr maydonda yongan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.