Jamiyat

Toshkentda shifokor amaliyotchi talaba qizlarga shilqimlik qildi

Published

on


Toshkent shahridagi xususiy shifoxonalardan birining 33 yoshli shifokori amaliyotchi talaba qizlarga shahvoniy shilqimlik qilib kelgan.  U 2026 yil mart oyi oxirida o‘z xizmat xonasida amaliyotchi talaba qizga jinsiy aloqa taklif qilgan. Aprel oyi oxirida esa boshqa bir talaba qizga shilqimlik qilib, unga uylanmoqchi ekanini va amaliyotga kelmagan kunlariga ijobiy baho qo‘yib berishini aytgan.

Toshkent shahrida amaliyotchi talaba qizlarga shahvoniy shilqimlik qilgan shifokor ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.

Sud hujjatiga ko‘ra, 33 yoshli S.S. poytaxtdagi xususiy shifoxonalardan birida urolog bo‘lib ishlaydi. 2026 yil 26 mart kuni u shifoxonaga amaliy mashg‘ulot o‘tash uchun kelgan talaba qizga o‘z xizmat xonasida jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan.

S.S. 2026 yil 28 aprel kuni shifoxonada boshqa bir talaba qizga shilqimlik qilgan: yaxshi ko‘rib qolganini, unga uylanmoqchi ekanini aytib, amaliyotga kelmagan kunlariga ijobiy baho qo‘yib berishini bildirgan.

Shifokor sudda aybga qisman iqror bo‘lgan. U birinchi talabaga shilqimlik qilmaganini, ikkinchi qizni esa yaxshi ko‘rib qolganini aytgan. 

Talaba qizlar shifokor ularga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilganini bildirib, S.S.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Qizlardan biri shifokor bilan o‘zaro suhbat jarayonini diktofonga yozib olganini ham ma’lum qilgan.

JIB Olmazor tuman sudining 2026 yil 1 iyundagi qarori bilan S.S.  MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Yuqori Chirchiqda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamalgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version