Connect with us

Jamiyat

Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti rejali o‘chiriladi

Published

on


Kuz-qish mavsumi oldidan profilaktika-ta’mirlash ishlari munosabati bilan, poytaxtda ichimlik suvi vaqtincha bo‘lmaydi. “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ qaysi mahallada qachon suv bo‘lmasligi haqida ma’lumot berdi.

Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

O‘chirishlar grafigi:

8 sentabr 09:00 dan 9 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Uchtepa tumani bo‘yicha: Chilonzor 15-mavze, «Bog‘obod», «Ko‘hna Cho‘ponota», «Birlik» mahallalarida;

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: Qorasuv 1-dahasi 14, 15, 36, 45, 46-ko‘p qavatli uylar, Qorasuv 2-dahasi 13, 14-ko‘p qavatli uylar, 8-sonli oilaviy poliklinika, Qorasuv 4-dahasi 2-ko‘p qavatli uy, Avayxon ko‘chasidagi xususiy xonadonlar hamda ko‘p qavatli uylarda, Temur Malik ko‘chasi 112-sonli yotoqxona hamda 2-tor Avayxon ko‘chasida.

9 sentabr 09:00 dan 10 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: «Shukur Burhonov», «Alisher Navoiy», «Katta Qorasuv», «Oltintepa», «Avayxon», «Yangi Avayxon», «Gulsanam», «Sultoniya», «Chimyon», «Sho‘rtepa», «Ko‘hna Mevazor», «Gulzorobod», «Temuriylar» mahallalari, 2-sonli issiqlik markazi, IIV akademiyasi hamda «Muruvvat» internat uyida;

Yashnobod tumani bo‘yicha: «Semurg‘», «Mashinasozlar», «Do‘stobod», «Fidoyilar» mahallalarida.

9 sentabr 23:00 dan 10 sentabr 07:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: Oltintepa tor ko‘chalari bilan, To‘rtariq, Angren, Salom, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Bo‘zariq, Lomonosov, Arxeologiya, Qizilsuv, Podshobog‘, Sayohat, Qibray, Quduqboshi, Olchabog‘, Mirhosilboy, Qorasuv bo‘yi, Rishton, Ashxobod, Shams, Fazo, Fozil Yo‘ldosh, Sho‘rtepa ko‘chalarida, Xirmontepa va Intizor tor ko‘chalari bilan, Dilrabo, Gulsara ko‘chalari, Xolmirza ota berk ko‘chalari, Sadaf, O‘qituvchi, Latofat, Zaytun, Sayqali, Alpomish, Latofat, Charog‘on ko‘chalari, Mirishkor berk ko‘chalari, 2-sonli Markaziy kasalliklar shifoxonasi, Kasb kasalliklar shifoxonasi, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 58-ko‘p qavatli uydan 139/3-sonli ko‘p qavatli uygacha, «Sayohat» mehmonxonasi, Lashkarlar ko‘chasi 4, 6, 8, 10, 12-ko‘p qavatli uylar, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali, Prezident maktabi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, U.Orifov nomidagi elektronika instituti, Endokrinologiya shifoxonasi, Parkent, Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6-mavzelari, «O‘zavtosanoat» korxonasi, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 34-ko‘p qavatli uydan 96-ko‘p qavatli uygacha, Bo‘z 1-mavzesi 2-ko‘p qavatli uydan 25a-sonli ko‘p qavatli uygacha, Sayram ko‘chasi 1-ko‘p qavatli uydan 39-ko‘p qavatli uygacha, Bo‘z ko‘chasi 1-ko‘p qavatli uydan 8a-sonli ko‘p qavatli uygacha, Ziyolilar, Moylisoy, Arslonbobo, Qutb ko‘chalari, Mag‘rur ko‘chasi 51, 52, 55, 55a/2-sonli ko‘p qavatli uylarda, Chust ko‘chasi 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 12-ko‘p qavatli uylarda;

Yashnobod tumani bo‘yicha: «To‘ytepa», «Cho‘lpon», «Istiqlol», «Semurg‘», «Boyqo‘rg‘on», «Mashinasozlar», «Do‘stobod», «Fidoyilar» mahallalari, Maxmud Riyoziy dahasi, Indoneziya, Belarus, Xitoy, Turkiya, Fransiya, Yaponiya elchixonalarida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida.

10 sentabr 09:00 dan 11 sentabr 12:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Olmazor tumani bo‘yicha: Beshqo‘rg‘on 2-daha, Beshqo‘rg‘on 3-daha, Beshqo‘rg‘on 4-dahalarida.

10 sentabr 23:00 dan 11 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Uchtepa tumani bo‘yicha: Uyg‘ur, Quyosh nuri, Zakovat, Mars, Jamshid, Ali Qushchi, Shu’la, Qashqariy, Zafariy, Dilnoz, Ibrat, Lochin, Dilkash, Durbek, Xondamir, Odil Muxtor, Quvnoq, Bayram ko‘chalarida, Degrez tor ko‘chasi.

11 sentabr 23:00 dan 12 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Yakkasaroy tumani bo‘yicha: «Rakatboshi», «Shohjahon», «Belariq», «Rakat» mahallalari, BAA va Pokiston elchixonalari, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat hamda Milliy rassomlik va dizayn institutlarida.

15 sentabr 23:00 dan 16 sentabr 9:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Olmazor tumani bo‘yicha: Farobiy ko‘chasi 1-ko‘p qavatli uydan 15-ko‘p qavatli uygacha, Mirzo G‘olib ko‘chasi 1-ko‘p qavatli uydan 7-ko‘p qavatli uygacha, Qamarniso ko‘chasi.

16 sentabr 09:00 dan 17 sentabr 12:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Yakkasaroy tumani bo‘yicha: Bobur ko‘chasi 46/1, 46/2, 46/3, 55, 57, 59, 61, 63, 65, 67/1, 67/2, 67/3, 67/4, 67/5, 67/6, 67/7, 67/8, 67/9, 67/10, 67/11, 67/12, 69/13, 67/14, 67/15, 67/16, 67/17, 69/1, 69/2, 69/3, 69/4, 69/5, 69/6, 69/7, 69/8, 69/9, 81/1, 81/4 ,72, 74, 74b – sonli ko‘p qavatli uylarda, Nukus ko‘chasi 2, 4, 6, 9, 57, 59 – sonli ko‘p qavatli uylar, Abdulla Qahhor 7-tor ko‘chasi 49/1, 49/2, 49/3, 49/4, 49/5, 49/6, 49/7, 49/8, 49/9, 49/10, 49/11, 49/12, 49/13, 49/14, 49/15, 49/16, 49/17, 128/1, 128/2, 128/3, 128/4, 128/5, 128/6-sonli ko‘p qavatli uylar, «Toshshahargazta’minot» korxonasi, «Toshkent issiqlik elektr markazi» hamda tuman IIBda.

18 sentabr 09:00 dan 19 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: «Humoyun», «Ahmad Yugnakiy», «Al– Farobiy», «Ahillik», «Geofizika», «Jasorat», «Geologlar», «Chingeldi», «Iqtidor», «Ijodkor», «Alisherobod», «Temuriylar», «Sarbon», «Gulzorobod», «Ko‘hna Mevazor» mahallalarida, «Qorasuv» qarorgoxi, Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi, «O‘zbekgeofizika» AJ boshqarmasi hamda 70-Oilaviy poliklinikada, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent viloyat Sud – tibbiyot ekspertiza markazida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligida, Yangi O‘zbekiston bog‘i, 70-sonli oilaviy poliklinika, Akfa universiteti hamda “Tanho Holding” zavodida.

18 sentabr 23:00 dan 19 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Uchtepa tumani bo‘yicha: Uyg‘ur, Fazilat, Zulfizor, Chevar, Sharof, Ko‘rkam, Mahorat, Atoiy, Botu, To‘qimachi tor ko‘chalari bilan birga.

22 sentabr 09:00 dan 22 sentabr 24:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Olmazor tumani bo‘yicha: Qorasaroy, Chuvalachi, Ochil Bobojonov, Fayzibaland, Yangi Olmazor, Zarqaynar, Shoshiy, Taraqqiyot ko‘chalari, Sariq suv tor ko‘chasida.

23 sentabr 09:00 dan 24 sentabr 21:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: «Bahor», «Shahriobod», «Habib Abdullayev», «Bog‘imaydon», «Navnihol», «Olimlar», «Oliyhimmat», «Sayram», «Katta Yalang‘och ota», «Yalang‘och», «Nodirabegim», «Munnavarqori», «Feruza», «Yangi Kamolot», «Kamolot», «Shalola», «Beshkapa» mahallalari, Chexiya elchixonasi, 1-sonli issiqlik markazi, 5-sonli bolalar shifoxonasi, Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi, Sog‘lom ona-bola klinikasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, TATUda.

23 sentabr 23:00 dan 24 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Chilonzor tumani bo‘yicha: «Chilonzor», «Katta Chilonzor-1», «Katta Chilonzor-2», «Katta Qozirobod» mahallalarida.

24 sentabr 23:00 dan 25 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Shayxontohur tumani bo‘yicha: markaz-14 – 1a, 2a, 10a, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 13, 14, 15, 15a, 15b, 16, 16a, 9, 7a, 10, 11, 12, 18, 19a, 19b, 17a, 17b-sonli ko‘p qavatli uylar, Zarqaynar ko‘chasi 2, 2a, 2b, 2v, 2g, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 8a, 11, 18, 19, 20, 21, 23, 24, 25, 56, 56a-sonli ko‘p qavatli uylarda.

25 sentabr 09:00 dan 26 sentabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Shayxontohur tumani bo‘yicha: «Ibn Sino-1», «Ibn-Sino-2», «Jarariq», «Beltepa» mavzelari, «Katta Jarariq», «Zafarobod», «Shodlik», «Beltepa», «Yangi Beltepa» mahallalari, Ko‘ksaroy ko‘chasi, Soyguzar, Zangiota, Jarariq tor ko‘chalari bilan.

29 sentabr 09:00 dan 30 sentabr 12:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: «Oqqo‘rg‘on», «Oydin», «Katta Darxon», «Lashkarbegi» mahallalari, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU (talabalar uylari)da, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Xitoy va Latviya elchixonalarida;

Yunusobod tumani bo‘yicha: «Usta Shirin», «Turkqo‘rg‘on», «Iftixor», «Jomiy», «Minor», «Qashqar», «Yangiariq», «Bodomzor», «Xiyobontepa», «Shahriston», «Qo‘shchinor», «Akbarobod», «Ahilobod», «Astrobod», «Bog‘i bo‘ston», «Anorzor», «Otchopar-1», «Otchopar-2», «Yunusobod», «Bo‘zsuv», Firdavsiy, «Yangi tarnov», «Mirzo Ulug‘bek», «Shayx Shivli», «Buyuk Turon» mahallalarida.

29 sentabr 23:00 dan 30 sentabr 12:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Yunusobod tumani bo‘yicha: Shaxriston ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar, Oqilota ko‘chasi, Yunusobod 2, 3, 13-mavzelarida, Amir Temur ko‘chasidagi 1, 2, 3, 4, 5– ko‘p qavatli uylar, Yunusobod dehqon bozori.

2-oktyabr 09:00 dan 3-oktyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: «Bahor», «Shahriobod», «Habib Abdullayev», «Bog‘imaydon», «Navnihol», «Olimlar», «Oliyhimmat», «Sayram», «Katta Yalang‘och ota», «Yalang‘och», «Nodirabegim», «Munnavarqori», «Feruza», «Yangi Kamolot», «Kamolot», «Shalola», «Beshkapa» mahallalari, Chexiya elchixonasi, 1-sonli issiqlik markazi, 5-sonli bolalar shifoxonasi, Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi, Sog‘lom ona-bola klinikasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, TATUda.

2-oktyabr 23:00 dan 3-oktyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Shayxontohur tumani bo‘yicha: «Shayxontohur», «Xadra», «Janggoh», «Labzak», «O‘rda» mahallalarida.

3 oktyabr 23:00 dan 4 oktyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Yashnobod tumani bo‘yicha: «Istiqlol», «Semurg‘», «Do‘stobod» mahallalari, Oltintepa ko‘chasi 2, 7, 38-ko‘p qavatli uylar, Mavlono Riyoziy dahasida ko‘p qavatli uylarda;

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: «Turon» mahalla Parkent mavzesidagi ko‘p qavatli uylarda;

Sergeli tumani bo‘yicha: «Qumariq», «Jun ariq», «So‘g‘diyona», «Oltin Vodiy», «Madadkor», «Bunyodobod», «Nog‘oyqo‘rg‘on», «Qubaytepa», «Yuqori Darxon», «Qut Baraka» mahallalarida;

Yangihayot tumani bo‘yicha: «Yo‘ldosh», «Viqor», «Toshkent», «Fayzli», «Xushnud», «Choshtepa», «Yangi Choshtepa», «Yangi Darxon», «Zarbdor», «Chortoq», «Olchazor», «Charbog‘» mahallalarida.

6 oktyabr 09:00 dan 7 oktyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Bektemir tumani bo‘yicha: «Mirishkor», «Rohat», «Majnuntol», «Zilola», «Iqbol», «Iyk ota», «Abay», «Gulbog‘», «Husayn Boyqaro», «Bektemir», «Oltintopgan», «Sohil», «Musaffo» mahallalarida.

6 oktyabr 23:00 dan 7 oktyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, «O‘zbekneftgaz» AJ, «O‘zmilliybank» AJ binosi, «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» MTU, «O‘zog‘irsanoatloyiha» instituti, Markaz-2, 1-sonli ko‘p qavatli uydan 88-sonli ko‘p qavatli uygacha.

7 oktyabr 09:00 dan 8 oktyabr 21:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Sergeli tumani bo‘yicha: 8-sonli issiqlik markazi, Quruvchilar, Sergeli 2, 5, 5a, 6, 6a, 7, 7a, 8, 8a-mavzelarida, «Pepsi» zavodi, «Ko‘hna Qumariq», «Nomdanak», «Qorasuv», «Taraqqiyot», «Sadoqat», «Daryo bo‘yi», «Fayzli», «Eski Jaloyir», «Qipchoq», «O‘zgarish», Habibiy, «Mehrigiyo», «Ziynat», «Ezgulik», «Madadkor», «Ittifoq», Nilufar, «Yangi Bunyodobod», «Asrobod», «No‘g‘oyqo‘rg‘on», «Qubaytepa», «Belariq», So‘g‘diyona, «Qumariq», «Qo‘shqo‘rg‘on», «Ziyokor», «Xonobod», «Xonobodtepa», «Jaloir», «Yangi Sergeli», «Fayzli», «Qut-baraka», «Keng makon», mahallalarida;

Yangihayot tumani bo‘yicha: «Tashabbus», «Yangi Umid», «Yangi Hayot», «Oriyat», «Marhamat», «Gulshanobod», «Yangi Turmush», «Yangi Darxon», «Navqiron», «Mash’al», «Zarbdor», «Do‘stlik», «Charog‘on», «Humo», «Olchazor», «Xushnud», «Chorbog‘», «Yorqin Hayot» mahallalarida, Sergeli 3a, 5a, 7a, 8a, 9a, 10a-mavzelarida, Yo‘ldosh-16, 16a, 17, 18, TS-1-mavzelarida.

9 oktyabr 09:00 dan 10 oktyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Mirobod tumani bo‘yicha: Qo‘yliq 1, 2, 3, 4-mavzelarida, «Chinor», «Yangi Qo‘yliq», «Tolariq», «Yuksalish», «Ziyonur», «Qorasuv», «Bilimdon», «Fayziobod», «Oq uy» mahallalarida.

9 oktyabr 23:00 dan 10 oktyabr 09:00 gacha

Suv bo‘lmaydi:

Yashnobod tumani bo‘yicha: «Katta Qo‘yliq» mahallasi 1, 1a, 2, 2a, 3, 4, 5b, 5v, 6, 7, 8 , 9, 10, 10a-sonli ko‘p qavatli uylarda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi

Published

on


Toshkent viloyatida favqulodda vaziyatlar tizimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs tadbirkordan katta miqdorda pul talab qilgani aniqlandi. U tuman hududidan oqib o‘tuvchi uchta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va beton plitali yo‘l o‘tkazgichlari qurishga oid umumiy qiymati 5,04 mlrd so‘mlik shartnomalarni olib berganini ro‘kach qilgan.

Mazkur shartnomalarni go‘yoki vazirlikdagi hamkasblari orqali mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga rasmiylashtirib berganini aytgan mansabdor, korxona rahbaridan 63 ming AQSh dollari miqdorida «ulush» talab qilgan.

2026-yilning mart-aprel oylarida u ushbu mablag‘ning 24 ming dollarini olgani ham ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik esa tadbirkordan qolgan 39 ming dollarni ham berishni talab qilishda davom etgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda mansabdor talab qilingan pulning navbatdagi qismi — 25 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat uning «Tracker» rusumli xizmat avtomashinasida sodir bo‘lgani qayd etildi.

Tezkor tadbir davomida u ashyoviy dalillar bilan ushlangani rasman tasdiqlandi. Bu holatda pul mablag‘larining aynan talab qilingani va olingani hujjatlashtirildi.

Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov organlari tomonidan barcha holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda ikki qizga zo‘ravonlik qilgan vaqtinchalik vasiy ayolga chora ko‘rildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan Samarqandda ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlik holati fosh etildi. Voqea Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi.

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan ikki nafar qizga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik holati aniqlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21-aprel kuni fuqaro M.S. o‘zining vaqtincha vasiyligida bo‘lgan 2019-yilda tug‘ilgan B.D. va 2017-yilda tug‘ilgan B.M.ga nisbatan turli shaklda tazyiq o‘tkazgan. U bolalarning xorijda bo‘lgan onasi D.M.dan pul undirish maqsadida zo‘ravonlik qilgani va bu holatni videoga olgani qayd etilgan.

Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakil joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi va bolalarni himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tuman vasiylik organi — «Inson» markazi mas’ullari tomonidan M.S. vasiylik vazifasidan chetlatildi. Bu qaror bolalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

Shuningdek, bolalarga yetkazilgan tan jarohatlari darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Bu jarayonda barcha holatlarga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan qizlarning ruhiy holatini barqarorlashtirish maqsadida psixolog jalb qilingan. Hozirda ular tumandagi oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Shu bilan birga, yashash hududiga yaqin maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga rasmiylashtirilib, ta’lim olish huquqlari tiklandi.

Ayni paytda xorijda bo‘lgan onaning o‘z ota-onalik majburiyatlarini qay darajada bajarayotgani ham o‘rganilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur ish bo‘yicha kuzatuvni davom ettirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«maqsadli omonat» tizimi joriy etiladi

Published

on


O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan ta’minlashni rag‘batlantirish maqsadida ipoteka bozorida yangi mexanizm — «maqsadli ipoteka omonati» amaliyotini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tashabbus Prezidentning 2026-yil 24-fevraldagi PF–29-son farmoni ijrosi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2026-yil 1-iyuldan boshlab tajriba-sinov tarzida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Yangi tizimning asosiy g‘oyasi — aholining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini uy-joy xaridiga yo‘naltirish. Fuqarolar ipoteka krediti olishdan oldin maxsus omonat hisobvarag‘ida mablag‘ jamg‘aradi. Bu mablag‘lar keyinchalik dastlabki badalni shakllantirishda ishlatiladi.

Bunda:
– tijorat banklarida maxsus omonat hisoblari ochiladi;
– omonatlarga bozor stavkalarida foiz hisoblanadi;
– davlat tomonidan subsidiyalar ajratiladi;
– jamg‘arilgan mablag‘lar ipoteka krediti uchun maqsadli yo‘naltiriladi.

Yangi mexanizm ikki tomonlama samara beradi. Birinchidan, fuqarolar uchun uy-joy sotib olish imkoniyati kengayadi – chunki ular oldindan mablag‘ jamg‘arib, kredit yukini kamaytiradi. Ikkinchidan, banklar uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar bazasi shakllanadi.

 Dastlabki badalning bir qismi davlat subsidiyasi hisobidan qoplab berilishi, ipoteka foizlarining ma’lum qismiga ham kompensatsiya berilishi (5 yilgacha) hamda fuqaro uy olmasa, omonat mablag‘lari foizlari bilan qaytarilishi kabi shartlar qo‘shimcha imkoniyatlar sifatida taqdim qilinmoqda.

 «Maqsadli ipoteka omonati» tizimi ipoteka bozorida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. U nafaqat aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi, balki ichki moliyaviy resurslarni iqtisodiyotga jalb qilish orqali umumiy iqtisodiy barqarorlikni ham mustahkamlaydi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda 490 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Published

on


U Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini sotishni rejalashtirgan.

Samarqand shahrida yer uchastkasini noqonuniy sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, u Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan til biriktirib, uning turmush o‘rtog‘iga issiqxona tashkil qilish uchun ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini sotishni rejalashtirgan.

Shaxs xaridorga ushbu yerni 490 ming AQSh dollariga sotishini, shuningdek mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 50 ming dollar talab qilgan.

U Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 50 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


U kelishilgan 18 ming dollar puldan 9 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, fuqaro M.Ch. 18 000 AQSh dollari evaziga fuqarolar A.I. va B.X.ni haj ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgan.

U kelishilgan puldan 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirgandi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.