Jamiyat
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
Toshkentda yanvar oyida avtobusda chiptasiz yurgan 11 502 yo‘lovchi jarimaga tortildi. Har kuni avtobuslar 1,4 mln yo‘lovchi tashiydi. Chiptasiz yurganlik uchun 41 200 so‘m miqdorida jarima belgilangan.
Foto: Transport vazirligi
2026 yil yanvar oyida avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari chog‘ida 11 502 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, «Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Yanvar oyi mobaynida avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan 11 502 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalar qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi (Chiptasiz yurish)ga ko‘ra, jamoat transportida yo‘lkira to‘lamagan yo‘lovchiga BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida (41 200 so‘m) jarima belgilanadi.
Chiptasiz yurganlarni jarimaga tortish 2025 yil martidan boshlangandi. O‘tgan yil avgust oyida o‘tgan vaqt ichida Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurgan 4090 yo‘lovchiga ma’muriy choralar ko‘rilgani xabar qilingandi.
Transport vazirligining 2025 yil mayidagi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent avtobuslari har kuni 1 million 400 mingdan ortiq yo‘lovchi tashiydi.
Jamiyat
Ramazon hayiti munosabati bilan xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar
Butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan, ruhiy poklik, mustahkam imon, mehr-oqibat, rahm-shafqat, birodarlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Ramazon oyi hamda muborak Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yirik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Tabriknomalarda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga intilish qat’iy ekani bildirilgan.
Xususan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy;
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso al-Xalifa;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Liviya Davlati Prezident kengashi rahbari Muhammad Yunus al-Manfi;
Afg‘oniston Bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund;
Komor orollari Ittifoqi Prezidenti G‘azaliy Usmoniy;
Isroil Davlati Prezidenti Itsxak Gersog;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Holid al-Ananiy;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibiAsad Xon;
Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda,
Al-Azhar majmuasi rahbari Ahmad at-Toyib.
Tabriklar kelishda davom etmoqda.
Jamiyat
Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi Andijonda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 29 yanvar kuni Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida «O‘zbekiston» turar-joy majmuasining ochilish marosimi o‘tkazilgan edi. Tashrif davomida Hatay aholisi vakillari Navro‘z bayramida O‘zbekistonga taklif etilib, Andijon-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘ylab sayohat tashkil etish taklifi bildirilgandi.
Joriy yilning 20 mart kuni Turkiyaning Hatay viloyati va tumani xokimlari boshchiligida jami 170 ga yaqin kishi Andijon xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Tadjiyev hamda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari I.Ismanov tomonidan tantanali kutib olindi.
Tashrif dasturi doirasida mehmonlar Andijon shahrida hududning madaniyati, tarixi, va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida «Bog‘i Bobur» madaniyat va istirohat bog‘i va «Registon» maydoniga tashriflari rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida Turkiyaning Hatay viloyati delegatsiyasi, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga tarif buyuradilar.
Jamiyat
Bugun havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15–20° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18–20° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5–10° iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar sabab Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha transport harakati uchun yopiladi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr va gastro turizm ko‘chasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Xalq sayli” tadbiri tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan hudud 20 mart kuni soat 15:00 dan 21 mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Mutasaddilar haydovchilar va yo‘lovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni hamda muqobil yo‘llardan foydalanishni so‘ramoqda.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Jamiyat
Toshkentda bayram kunlari jamoat transporti uchun maxsus jadval joriy etildi
Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik maxsus jadval asosida tashkil etildi.
Foto: Transport vazirligi
«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 20–23 mart kunlari poytaxt avtobus yo‘nalishlari maxsus tartibda ishlaydi.
Jumladan, 20, 21 va 22 mart kunlari avtobuslar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. 23 mart kuni esa avtobuslar shanba kungi jadval bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, Ramazon hayiti kuni — 20 martda avtobuslar harakati ertalab soat 04:00 dan boshlangan.
Mazkur qaror fuqarolarga qulaylik yaratish, yo‘llarda tirbandliklarni kamaytirish hamda bayram kunlari xavfsiz va sifatli jamoat transporti xizmatini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Mutasaddilar bayram kunlari transport oqimi ortishini inobatga olgan holda, fuqarolarni shaxsiy avtomobildan ko‘ra jamoat transportidan foydalanishga chaqirmoqda.
-
Dunyodan2 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiyaning Baykal K2 bir tomonlama hujumga uchragan uchuvchisiz samolyotining toʻda harakatini sinovdan oʻtkazdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Siyosat2 days agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Jamiyat4 days ago
Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘paygan – Prezident
-
Iqtisodiyot2 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Iqtisodiyot5 days ago«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
-
Iqtisodiyot4 days ago“Markaziy Osiyo umumiy investitsiya makonini yaratishi zarur” – Alisher Umirdinov
