Jamiyat
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
8 iyun sanasidan boshlab «Turon» va «Qipchoq» bekatlari oralig‘ida metro poyezdlari harakati to‘xtatiladi. Shu bois «Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq» yo‘nalishida yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatuvchi metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent metropolitenining Yerusti halqa yo‘li yo‘nalishi bekatlari oralig‘ida 3 oy davomida bosqichma-bosqich rejali profilaktik ishlari amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, 14 ta bekatdan iborat «Texnopark—Qipchoq» bekatlari va bekatlar oralig‘i bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
«Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yerusti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi», — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining «Texnopark—Qipchoq» bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025 yil 8 iyun sanasidan boshlab ikkita bekat — «Turon (13-bekat) — Qipchoq (14-bekat)» bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida «Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq» metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Jamiyat
Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi
Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.
Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq, Nurafshonda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi uchun avtoturargoh qurilishi yuzasidan tarqalgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, shaharda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori qabul qilingan.
Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat ko‘rsatish, elektromobillarni zaryadlash nuqtalari, yashil maydonlar, piyodalar yo‘laklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatish nazarda tutilgan.
“Ajratilayotgan 4,5 milliard so‘mni faqatgina avtoturargoh uchun deb talqin etmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Qaror matnida muayyan sabablarga ko‘ra, mablag‘ ajratish maqsadi “avtoturargoh majmuasi qurish uchun” deb emas, “avtoturargoh qurish uchun” deb izohlangani shunday bahsli muhokamalarga sabab bo‘lganini tushungan holda qo‘shimcha izoh berishni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.
Ta’kidlanishicha, loyiha qiymati 5,9 mlrd so‘mga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmachi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kurilish-montaj ishlari qiymati qayta ko‘rib chiqilib, ayrim ish turlari muvofiqlashtirilishi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd so‘mga maqbullashtirilgan.
Jamiyat
20:47 O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi
20:47
O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi
Source link
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 kishini afv etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami arafasida 615 kishini afv etdi
Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 615 nafar shaxsni afv etdi. Ulardan 9 nafari xorijlik, 29 nafari ayol, 264 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan (jumladan, ikki nafar bola) va to‘qqiz nafari taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo‘lgan shaxslardir.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
«Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi», – deyiladi farmonga sharhda.
-
Jamiyat5 days agoСаида Мирзиёева атмосфера ҳавосининг ифлосланиши бўйича йиғилиш ўтказмоқда
-
Iqtisodiyot3 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Jamiyat4 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Iqtisodiyot3 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Sport3 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Dunyodan4 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Siyosat3 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Siyosat3 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
