Jamiyat
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 mlrd so‘m zarar yetkazildi
Jamiyat | 15:32
625
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Bekobod tumanida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Reyd davomida huquqbuzarlar F.T. va U.Q. tomonidan Bekobod tumani «Achamayli» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidan yuk avtomobili hamda maxsus yuklovchi transport vositasi yordamida noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi ortib olib chiqib ketilayotgani aniqlandi.
Bu bilan O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 1 yanvardagi «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi»gi farmon hamda Vazirlar Mahkamasining qarori ilovasi bilan tasdiqlangan «Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida»gi nizomning tegishli bandiga asosan hisoblanganda tabiatga 16 milliard 912 million 862 ming 600 yuz so‘m zarar yetkazilgan.
Holatga huquqiy baho berish maqsadida to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi. Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
to‘rtinchi qavatdan tushib ketgan o‘zbekistonlik ayol shifoxonada vafot etdi
Avval xabar qilinganidek, Turkiyaning Izmir shahrida 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan qulashi oqibatida olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan edi. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan barcha zarur tibbiy muolajalarga qaramay fuqaro Sevdora Hakimjonova shifoxonada vafot etdi.
Ayni paytda konsulxona hamda O‘zbekiston Migratsiya agentligi marhumaning jasadini vatanga qaytarish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlarni olib bormoqda. Jasad 2026 yil 23 mart kuni “Istanbul — Andijon” reysi orqali O‘zbekistonga olib kelinadi.
Ma’lum qilinishicha, Hakimjonova Turkiya fuqarosi bilan (imom nikohi asosida) turmush qurgan bo‘lib, ushbu nikoh rasmiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Uning turmush o‘rtog‘i ham, o‘zi ham eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan. Ular Izmir shahrida erkakning yaqin qarindoshlari bilan birga yashab kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, to‘plangan materiallar prokuratura tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Jamiyat
Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 2026 yil 20 mart – juma kuni Ramazon hayiti kuni etib belgilandi.
Shunga ko‘ra Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:50 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:
1. Andijon viloyati 06:40
2. Farg‘ona viloyati 06:40
3. Namangan viloyati 06:40
4. Toshkent shahar 06:50
5. Toshkent viloyati 06:50
6. Sirdaryo viloyati 06:55
7. Jizzax viloyati 07:00
8. Samarqand viloyati 07:00
9. Navoiy viloyati 07:05
10. Buxoro viloyati 07:05
11. Qashqadaryo viloyati 07:05
12. Surxondaryo viloyati 07:05
13. Xorazm viloyati 07:25
14. Qoraqalpog‘iston Res. 07:30
Jamiyat
Prezident qo‘shaloq bayram munosabati bilan 392 nafar mahkumni afv etdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarni namoyon etgan holda hamda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 82 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.
Shuningdek, 53 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 3 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini ayol, 14 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 166 nafarini yoshlar hamda 24 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
Jamiyat
Toshkent viloyati tog‘larida adashgan fuqaro qutqarib qolindi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chinorkent tog‘larida adashib qolgan fuqaroga qutqaruvchilar yordam ko‘rsatdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan xabar Toshkent viloyati FVBBga «112» qisqa raqami orqali kelib tushgan. Unga ko‘ra, tog‘ hududida bir erkak adashib qolgani va qutqaruvchilar ko‘magi zarurligi bildirilgan.
Shundan so‘ng, zudlik bilan aytilgan manzilga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining qidiruv-qutqaruv guruhi yetib borgan.
Qutqaruvchilar tomonidan adashib qolgan fuqaro topilib, muvaffaqiyatli ravishda xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Jamiyat
Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, u 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga 2019 yilda shahar hokimligi tomonidan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur pul mablag‘i shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berilishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, u ham ushbu mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni kundalik hayotda shunday qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda, idoraning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi. Qayd etilishicha, murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
-
Dunyodan5 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Siyosat4 days agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Jamiyat5 days ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Iqtisodiyot5 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Dunyodan5 days ago
Istanbulda yetti yil avval sodir etilgan qotillik ishi fosh etildi. O’zbek ayoli vafot etdi
-
Dunyodan5 days ago
Isroil mintaqaviy tuzilmani qayta tiklamoqchi
-
Dunyodan4 days ago
Eron Hindistondan qo’lga olingan tankerni ozod qilishni talab qildi
-
Jamiyat3 days agoCoca-Cola O‘zbekistonda Ramazon oyida bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshirdi
