Jamiyat
Toshkent shahri va viloyatida atmosferaga zarar yetkazayotgan 100 dan ortiq xo‘jalik faoliyati to‘xtatildi
Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura hamda mahalliy hokimliklar ishtirokida o‘tkazilgan keng ko‘lamli nazorat tadbirlari doirasida 4869 ta obekt ko‘rib chiqildi. Qonun talabi buzilgan holatlarda 106 ta xo‘jalikning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 58 ta issiqxonaga ma’muriy jarima qo‘llandi, 387 holat bo‘yicha rasmiy ogohlantirish yuborildi.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 fevraldagi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosiga chiqarilayotgan tutun, chang va zaharli gazlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari hamkorligida 300 dan ortiq mutaxassisdan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Ular poytaxt va viloyat hududlaridagi issiqxona xo‘jaliklari, sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek ijtimoiy soha obektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazdi.
Nazorat tadbirlari yakunida jami 4869 ta obekt o‘rganildi, jumladan:
595 ta issiqxona xo‘jaligi (Toshkent viloyatida — 381 ta, Toshkent shahrida — 214 ta);
2265 ta ijtimoiy soha obekti;
1998 ta sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari.
O‘rganishlar davomida atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilmagan holatlar aniqlanib, keskin choralar ko‘rildi. Jumladan, ba’zi xo‘jaliklarda zararli kimyoviy, fizik va biologik ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar havoga chiqarilgani, dudburondan foydalanish qoidalari buzilgani qayd etildi.
Natijada:
58 ta issiqxona xo‘jaligiga ma’muriy jarimalar qo‘llandi;
106 ta xo‘jalik faoliyati vaqtincha to‘xtatildi;
387 ta holat bo‘yicha ekologik talablarga moslashtirish hamda plyonka, avtoshina va o‘simlik qoldiqlarini yoqilg‘i sifatida foydalanmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi.
Mas’ul idoralar nazorat tadbirlari tizimli davom ettirilayotganini ma’lum qildi.
Jamiyat
Yer maydoni va kadastr hujjatlari uchun pora talab qilganlar qo‘lga olindi
DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hududiy bo‘linmalari tomonidan Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yer maydoni ajratish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish bahonasida yirik miqdorda pora talab qilgan bir necha shaxsning noqonuniy faoliyati fosh etildi.
Toshkent viloyatidagi holat
Ohangaron tumanidagi unitar korxona yuristi, muqaddam sudlangan shaxs xaridorga Nurafshon shahrida parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonaga ajratilgan 90 sotix bo‘sh yer maydonini 250 ming AQSh dollariga “sotishini” taklif qilgan.
U, shuningdek, kadastr idoralaridagi tanishlari orqali mazkur yer maydonida kottejlar qurilishiga ruxsat olib berishini va’da qilib, o‘z “xizmati” uchun 30 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u avans sifatida 40 ming AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qashqadaryo viloyatidagi holat
Tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi o‘zining mansabdor tanishlari orqali Ko‘kdala tumanida davlat zaxirasida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini xaridorga 500 million so‘mga “sotish”ga kelishgan.
U belgilangan summadan oldindan 20 ming AQSh dollari olgan paytida tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi.
Buxoro shahridagi holat
Muqaddam sudlangan, hozirda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs Buxoro shahrida yashovchi fuqarodan uning foydalanuvida bo‘lgan, umumiy maydoni 1 250 kvadrat metr bo‘lgan ko‘chmas mulk obekti toifasini o‘zgartirib, tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 14 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur jinoyat ishlariga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Jamiyat
Toshkentda narkokurerga aylangan talabalar fosh etildi
Poytaxtda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida oliy ta’lim muassasasining 1-bosqich talabalari tomonidan amalga oshirilgan narkokurerlik faoliyati fosh etildi. Tadbir davomida jami 520 gramm, 2600 dozaga teng bo‘lgan sintetik giyohvand moddaning noqonuniy muomalasi oldi olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha asosida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Yashnobod tumani hududida ikki nafar 1-bosqich talaba qo‘lga olingan. Tekshiruv chog‘ida ularning yonidan 120 gramm “Alfa PVP” turidagi sintetik modda ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shundan so‘ng, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning yotoqxonasi ko‘zdan kechirilib, u yerdan qo‘shimcha 400 gramm ushbu modda topilgani qayd etilgan. Shu tariqa, jami 520 gramm, 2600 dozaga teng “o‘lim dorisi”ning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi.
Tekshiruvlarda aniqlanishicha, talabalar moddani tanishlari tomonidan shaharning turli joylarida “tayyorlab” qoldirilgan nuqtalardan olib, yotoqxonada dozalarga bo‘lib, iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli protsessual tekshiruv va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.
Jamiyat
Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi
O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJ ga tegishli cho‘yan quyish sexining atmosfera havosiga zararli ta’siri ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu borada hech qanday ekologik ekspertiza xulosasi berilmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rilib, atmosfera havosini ifloslantirayotganligi sababli qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.
Bundan tashqari, sanoat korxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish, avtomatik stansiyalar o‘rnatish va ekologik ekspertiza xulosasi olinishi yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.
Jamiyat
Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi
Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.
Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.
Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.
Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi
Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq, Nurafshonda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi uchun avtoturargoh qurilishi yuzasidan tarqalgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, shaharda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori qabul qilingan.
Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat ko‘rsatish, elektromobillarni zaryadlash nuqtalari, yashil maydonlar, piyodalar yo‘laklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatish nazarda tutilgan.
“Ajratilayotgan 4,5 milliard so‘mni faqatgina avtoturargoh uchun deb talqin etmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Qaror matnida muayyan sabablarga ko‘ra, mablag‘ ajratish maqsadi “avtoturargoh majmuasi qurish uchun” deb emas, “avtoturargoh qurish uchun” deb izohlangani shunday bahsli muhokamalarga sabab bo‘lganini tushungan holda qo‘shimcha izoh berishni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.
Ta’kidlanishicha, loyiha qiymati 5,9 mlrd so‘mga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmachi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kurilish-montaj ishlari qiymati qayta ko‘rib chiqilib, ayrim ish turlari muvofiqlashtirilishi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd so‘mga maqbullashtirilgan.
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Jamiyat5 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
-
Dunyodan5 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Sport4 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Siyosat4 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Iqtisodiyot5 days ago“Hech kim bizga kredit bermasdi”
