Mahalliy
«Teach For Uzbekistan» loyihasining Yozgi institutida o‘qituvchilarga tahsil berish yakunlandi (foto)
Toshkent viloyatida hududiy maktablarda dars berishga yuboriladigan o‘qituvchilar uchun «Teach For Uzbekistan» loyihasining 45 kunlik intensiv Yozgi oromgohining faoliyati o‘z nihoyasiga yetdi.
2025-yil 4-avgustda Bo‘stonliq tumanidagi «Yoshlar oromgohi»da «Teach For Uzbekistan» Yozgi instituti smenasining va institut bazasida tashkil etilgan Yozgi oromgohning yopilishi marosimi o‘tkazildi.
Yakuniy tadbirda loyiha yetakchilari: «Teach For Uzbekistan» direktori Umida Yo‘ldosheva va Yozgi institut direktori, «Teach For All» global tarmog‘ining vakili janob Satyam Mishra, shuningdek, Yozgi oromgohga o‘quvchilari saralab olingan maktablar rahbariyati, birinchi qabul qatnashchilari, AUT ko‘ngillilari, muvofiqlashtiruvchilar va «Teach For Uzbekistan» jamoasi qatnashdi.
Tadbir iliq va do‘stona muhitda o‘tdi. Umida Yo‘ldosheva yozgi oromgoh yakunlarini e’lon qildi va dasturning ilk natijalari, shuningdek, kelgusi rivojlanish rejalari haqida so‘zladi. Maxsus mehmon, Harvard universiteti bitiruvchisi va «Global Teacher Prize» mukofotining finalchisi janob Satyam Mishra xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimlaridagi asosiy o‘zgarishlar hamda ta’limning o‘zbek modelida o‘qituvchilarni tayyorlash sifati haqida hikoya qildi.
Yozgi institut bitiruvchilari TFU ilk qabuli qatnashchilari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Hududiy maktablarda bir yil ishlagan bu yoshlar dastur tufayli ular hamda o‘quvchilarining hayotlari nechog‘liq o‘zgarganligi haqida so‘zlab berdilar.
«Yozgi institut — shunchaki o‘quv kursi emas, balki maktablar va hamjamiyatlarni o‘zgartirishga qodir bo‘lajak yetakchilar shakllanadigan makondir. Yillar davomida turli mamlakatlardagi ta’lim dasturlari bilan ishlash mobaynida men bir narsaga amin bo‘ldim: haqiqiy o‘zgarishlar bolalarga ishonadigan va zimmasiga mas’uliyatni ola biladigan insonlardan boshlanadi. Aynan mana shunday g‘ayratni, onglilikni va kamolotga intilishni men O‘zbekistonda ko‘rdim. Bunday tashabbuslar har bir bolaga — sifatli ta’lim olish, yosh mutaxassislarga esa — mamlakat kelajagiga real ta’sir ko‘rsata olish imkonini beradigan ta’lim tizimlari uchun asos barpo etadi», — dedi «Teach For All» global tarmog‘i vakili janob Satyam Mishra.
«Teach For Uzbekistan» loyihasining Yozgi instituti
Yozgi institut (YoI) — «Teach For Uzbekistan» dasturi qatnashchilarini tayyorlashning asosiy bosqichi. Bu besh haftalik o‘quv-amaliy intensiv bo‘lib, unda bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik, kommunikativ va yetakchilik ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar va maktabda ishlashga tayyorlanadilar. Keyin finalchilar maktab huzuridagi yozgi oromgohda amaliyot o‘taydilar, klassik menejmentni o‘rganadilar va o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘radilar. Yozgi institut to‘liq mashg‘ullik formatida tashkil etilgan: butun besh hafta davomida qatnashchilar maxsus jihozlangan oromgohda yashaydilar, bu ularga tashqi omillarga chalg‘imay, diqqat-e’tiborni o‘qishga jalb qilishga imkon beradi.
2025-yilda Yozgi institut O‘zR Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik bazasida o‘tdi, u loyihaga Bo‘stonliq tumani tog‘laridagi hududni beg‘araz taqdim etdi. O‘zbekistonning turli hududlaridan 39 nafar nomzod loyiha qatnashchisi bo‘ldi. Ular — yetakchi milliy va xalqaro universitetlarning umumiy maqsad — ta’lim tizimini ichidan o‘zgartirish istagi birlashtirgan bitiruvchilaridir. Tahsil jarayoniga mahalliy va xalqaro ekspertlar jalb etildi.
Yozgi institut dasturi quyidagilarni qamrab oldi:
o‘qitish uslubiyoti, sinfni boshqarish, inklyuziv ta’lim, tanqidiy va tizimli tafakkurni takomillashtirish bo‘yicha intensiv treninglar;
aktyorlik mahorati va notiqlik san’ati bo‘yicha mashg‘ulotlar;
tajribali ustozlar va ta’lim yetakchilari bilan sessiyalar;
muntazam amaliy mashg‘ulotlar va yozgi maktabda dars berish.
Institut huzuridagi Yozgi oromgoh
Yozgi institutning oxirgi haftasida qatnashchilarning sa’y-harakatlari bilan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun Yozgi oromgoh tashkil etildi. Bolalar tabiatda vaqt o‘tkazdilar, salomatliklarini mustahkamladilar, kuch to‘pladilar, loyiha qatnashchilari esa real maktab muhitida stajirovka o‘tash va o‘quv yili boshlanishidan oldin amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yozgi institut yakunlari bo‘yicha nomzodlarni yakuniy saralash quyidagi mezonlarga ko‘ra o‘tkazildi:
psixometrik test;
individual intervyu: qarashlar, qadriyatlar, ma’naviy tamoyillar va yetakchilik sifatlari haqida suhbat;
texnik intervyu: o‘qitiladigan fan bo‘yicha bilimlarni tekshirish;
sinfda ishlashni modellashtirish: sinov darsini rejalashtirish va o‘tkazish, u o‘qituvchi materialni qanchalik tayyorlagani, bolalar xatti-harakatlarini qanchalik nazorat qilishi va xavfsiz hamda o‘zaro hurmat muhitini yarata olishini ko‘rsatadi.
Mashg‘ulotlardan bo‘sh paytlarida qatnashchilarga kechki o‘yinlar, jamoaviy faoliyatlar va madaniy tadbirlar taklif etildi, ular jamoaviy ruhni mustahkamlashga va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishga xizmat qilibgina qolmay, soft skills, hamkorlik va «Teach For Uzbekistan» hamjamiyati ichida barqaror gorizontal aloqalarni rivojlantirishga ham yordam berdi.
«Teach For Uzbekistan» — bu shunchaki dastur emas, balki ta’lim kuchi orqali bolalar hayotini o‘zgartirishga tayyor insonlar hamjamiyatidir. Yozgi institut O‘zbekistonda nafaqat o‘qitish, balki ruhlantirish, qo‘llab-quvvatlash va o‘z ortidan ergashtirishga qodir pedagoglar avlodi o‘sib kelayotganini ko‘rsatdi. Biz har bir qatnashchidan faxrlanamiz va bu katta yo‘lning ibtidosigina ekaniga ishonamiz. Bu yil 31 nafar qatnashchi hududlardagi maktablarga o‘qitishga yo‘l oladi, jumladan, birinchi marta Surxondaryo viloyatiga birinchi bor o‘qituvchilar jo‘natiladi», — dedi «Teach For Uzbekistan» direktori Umida Yo‘ldosheva.
Yozgi institut «Teach For Uzbekistan» strategik missiyasini: hatto eng murakkab va chekka joylarda ham maktab o‘quvchilariga sifatli ta’lim berishga tayyor yetakchi pedagoglarning yangi avlodini tayyorlashni amalga oshirishda yordam beradi.
«Teach For Uzbekistan» to‘g‘risida
«Teach For Uzbekistan» — kadrlar yetishmaydigan hududiy maktablarda o‘qituvchi bo‘lib ishlab, bolalarga o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam beradigan iqtidorlik yosh mutaxassislarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturdir. Dastur maqsadi: qayerda yashashidan qat’i nazar, har bir bola sifatli ta’lim olish uchun teng imkoniyatga ega bo‘lsin.
Mahalliy
Buxorodagi davlat bog‘chalari ham vaqtincha yopiladi
Buxoroda ham bog‘chalar vaqtincha yopiladi.
Buxoro viloyatida kutilgan kuchli issiqlar munosabati bilan 15–17-iyul kunlari barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Bu haqda Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining xulosasiga asoslanib ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, qaror maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini jazirama issiqning salbiy ta’siridan muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 20 iyul kunidan boshlab belgilangan tartibda o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.
Ota-onalardan ushbu vaqtinchalik cheklovni to‘g‘ri qabul qilish, shu kunlarda farzandlari salomatligi va xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish so‘raldi.
Avvalroq Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Navoiydagi bog‘chalar vaqtincha yopilishi ma’lum qilingandi.
Mahalliy
Ayrim fransuz tili o‘qituvchilariga umumiy qiymati 1,3 mln yevrolik grant ajratiladi
Fransiyaning Nitsa shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi hamda Frankofoniya instituti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, 2030 yilgacha O‘zbekistondagi 1 410 nafar fransuz tili o‘qituvchisining malakasi oshiriladi. Ularning 910 nafari uchun umumiy qiymati 1,3 million yevroga teng bo‘lgan bepul pedagogik stipendiya (grant) ajratiladi.
Shuningdek, tomonlar «Allyumer le zetual» («Allumer les étoiles») dasturi doirasida pedagoglar malakasini oshirish, trenerlar tayyorlash hamda xorijiy til mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Bundan tashqari, A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida Frankofoniya instituti byurosini ochish masalasi ham muhokama qilindi. Mazkur byuro kelgusida mintaqaviy markaz sifatida fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirishga xizmat qilishi rejalashtirilmoqda.
Mahalliy
O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab «Canva»dan bepul foydalanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov boshchiligidagi delegatsiya Fransiyadagi O‘zbekiston elchixonasida «Canva» kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. Hujjatga muvofiq, mamlakatdagi 10 mingdan ortiq umumta’lim maktabi «Canva for Education» platformasidan uch yil mobaynida mutlaqo bepul foydalanadi.
Kelishuv Parij shahridagi YuNESKO bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan «Ta’lim transformatsiyasi sammiti +4» doirasida imzolandi. Grantning umumiy qiymati 20 million AQSh dollariga teng bo‘lib, u maktablarda zamonaviy raqamli ta’lim vositalarini keng joriy etishga xizmat qiladi.
«Canva» — Avstraliyada tashkil etilgan va hozirda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida qo‘llanilayotgan yetakchi vizual dizayn platformasi hisoblanadi. Uning ta’limga mo‘ljallangan «Canva for Education» xizmati o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan minglab tayyor shablonlar hamda dizayn vositalarini taklif etadi.
Platforma orqali o‘quvchilar taqdimot va infografikalar tayyorlash, vizual materiallar yaratish, sun’iy intellekt asosida ta’lim kontenti ishlab chiqish, guruh bo‘lib onlayn hamkorlik qilish va raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mahalliy
OTMlarga kirish uchun test sinovlari 14 iyuldan boshlanadi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 14-23 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, test sinovlari 10 kun davomida kuniga ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00, ikkinchi smena esa 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan belgilangan hududga test boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin yetib kelishlari so‘ralgan.
Ma’lum qilinishicha, test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi» my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlarga ruxsatnomani yuklab olib, chop etish tavsiya etilgan.
Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzil, sana va smenada test topshiradi. Boshqa hudud, kun yoki smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Agentlik abituriyentlar test sinoviga pasport yoki ID-karta hamda ruxsatnoma bilan kelishi shartligini eslatdi. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Mahalliy
O‘zbekistonda 13 mingga yaqin abituriyent test sinovlaridan ozod qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish jarayonida 13 mingga yaqin nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda barcha fanlar bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test topshirmasdan, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazilgan. Mazkur toifadagi abituriyentlar uchun testga kirish ruxsatnomasi shakllantirilmagan. Taqqoslash uchun, 2025 yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan.
2026/2027-o‘quv yili uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 5–25 iyun kunlari davom etdi. Bu davrda 677 907 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 451 744 nafari joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari esa avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tamomlagan fuqarolardir.
Ro‘yxatdan o‘tganlarning 365 196 nafari ayollar, 312 711 nafari erkaklarni tashkil etgan. Test sinovlarida esa 664 609 nafar abituriyent ishtirok etadi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yuklangan 24 526 ta milliy va xalqaro sertifikat tasdiqlangan. Shuningdek, umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 nafar sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
Test sinovlarini o‘tkazish uchun respublika bo‘yicha 64 ta yirik sig‘imli bino tayyorlangan. Ularda bir smenada 35 490 nafar, bir kunda esa 70 980 nafar abituriyent test topshirishi mumkin. Test sinovlari 10 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
-
Sport4 days agoAngliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
-
Sport4 days agoIspaniya Belgiyani yengib, yarimfinalga chiqdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar aniqlandi
-
Dunyodan4 days ago
Frantsiyada ko’pchilik qo’rqqan narsa yuz berdi.
-
Sport3 days agoInfantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
-
Jamiyat4 days agoBektemir tumanida «zakladchik»lar qo‘lga olindi
-
Jamiyat4 days agoDori narxini sun’iy oshirgan yuzlab dorixonalar aniqlandi
-
Jamiyat4 days agoJanubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
