Jamiyat

«Tashabbusli budjet»da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Published

on


«Tashabbusli budjet»ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 47 mlrd 657 mln so‘m ajratilib, 35 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan. 

G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, «Tashabbusli budjet» jarayonining 2025-yilgi 2-mavsumida jami 11 milliondan ortiq ovoz berilib, unda 3,2 trln so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version