Siyosat

O‘zbekiston uchun nimalar muhim? (video)

Published

on


Bugungi dunyoda xalqaro siyosat shiddat bilan o‘zgarmoqda. Bir tomonda geosiyosiy raqobat kuchaysa, ikkinchi tomonda esa yangi iqtisodiy va xavfsizlik masalalari kun tartibiga chiqmoqda. 2025-2026 yillar xalqaro munosabatlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Jumladan, bu yil Amerika Qo‘shma Shtatlari mustaqilligining 250 yilligini nishonlaydi, bu nafaqat tarixiy sana, balki AQShning kelajakdagi global maqsadlarini belgilab berish nuqtai nazaridan ham muhim voqea hisoblanadi.

Shuningdek, bugun har bir uchrashuv, sammitlarda xavfsizlik, mudofaa xarajatlari va yangi tahdidlarga qarshi kurash masalalari muhokama qilinyapti.

Bunday jarayonlar fonida O‘zbekistonning tashqi siyosati, AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari, Markaziy Osiyoning xalqaro maydondagi o‘rni haqida ham ko‘plab savollar paydo bo‘lmoqda.

Ana shu dolzarb mavzular yuzasidan siyosatshunos olim, ekspert Sayfiddin Jo‘rayev bilan suhbatlar davom etadi.

Ekspertdan:
– Amerika Qo‘shma Shtatlari mustaqilligining 250 yilligi yubileyi, AQSh tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat ekanligi, Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston bu siyosatda qanday o‘rin tutishi haqida fikrlarini so‘radik.

Bundan tashqari keyingi yillarda O‘zbekiston-AQSh munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilayotgani hamkorlikning eng istiqbolli sohalari, Yevropa Ittifoqi qanday asosiy sinovlar oldida turgani, iqtisodiy raqobat, migratsiya, xavfsizlik va energetika kabi masalalar bo‘yicha vaziyatni qanday baholashi bilan qiziqdik.

Suhbat davomida yangi siyosiy fikrlar qarama-qarshiligi bo‘layotgan bir paytda O‘zbekiston qanday tashqi siyosiy yondashuvni saqlab qolishi muhimligi haqida ham fikrlar bildirildi.

Xalqaro siyosatda kechayotgan jarayonlar endi faqat yirik davlatlar taqdiriga emas, balki har bir mamlakatning taraqqiyoti va xavfsizligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. AQShning 250 yilligi, NATO va Yevropa Ittifoqi doirasida qabul qilinayotgan qarorlar, xalqaro munosabatlardagi yangi tendensiyalar – bularning barchasi kelajak dunyo tartibotini shakllantiruvchi muhim omillardir.

Eng muhimi, O‘zbekiston ham bu jarayonlarni kuzatuvchi emas, balki xalqaro maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan faol ishtirokchi sifatida harakat qilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version