Iqtisodiyot

Surxondaryo viloyat soliq boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Published

on


Tayinlovga qadar Akmal Valiyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Akmal Xamzayevich Valiyev Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akmal Valiyev 1975 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

U Samarqand viloyati soliq organlarida turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.

2024 yildan Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Akmal Valiyev soliq xizmatining 2-darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ega.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version