Connect with us

Iqtisodiyot

so‘nggi oylardagi eng yirik biznes bitimlari

Published

on


Oxirgi 5 oy ichida O‘zbekistondagi xususiy biznes olami bir qator yirik investitsiya va oldi-sotdi bitimlariga guvoh bo‘ldi. Korzinka xorijdan 110 mln dollar, Uzum esa qariyb 70 mln dollar investitsiya jalb qildi. Click aksiyadorlari 247 mln dollarlik bitimlar asosida Tengebank bilan kuchlarni birlashtirdi. Gruziyaning TBC ekotizimi o‘z tarkibiga OLX Uzbekistan va BILLZ’ni qo‘shib oldi.


Nyu-York fond birjasi Korzinka’ni 110 mln dollarlik investitsiya bilan tabriklamoqda.

Korzinka’ning 110 mln dollarlik investitsiya bitimi

1 aprel kuni O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo kompaniyasi – Korzinka supermarketlar tarmog‘i 110 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilayotganini e’lon qildi. Xususiy kompaniyaning bunday ko‘lamdagi sarmoya kelishuvi – O‘zbekiston uchun noyob holat. 10 iyun kuni investitsiya kiritish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangani ma’lum qilindi.

Sarmoya kiritgan investorlar – Abu Dhabi Uzbek Investment va UzOman moliyaviy tashkilotlari. Bu Korzinka tarixida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2020 yilda kiritgan investitsiyadan keyingi ikkinchi yirik sarmoyadir.

Kompaniya reliziga ko‘ra, investitsiya ko‘p kanalli chakana savdo modelining tezkor o‘sishiga yo‘naltiriladi. Xususan, supermarket formatidagi mavjud yetakchilik mavqeyini mustahkamlash, Korzina Mahalla kichik formatli do‘konlar tarmog‘ini kengaytirish va Korzina Go elektron tijorat loyihasini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, mablag‘ 2025 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirilishi rejalashtirilgan 49 ming kvadrat metr maydonga ega yangi taqsimot markazini qurish uchun ham sarflanishi reja qilingan. Logistika markazini qurish uchun 2024 yilning oktyabr oyida Germaniya investitsiya va rivojlanish jamiyatidan ham 25 mln dollar mablag‘ jalb qilingandi.

Yangi sarmoyalar tufayli Korzinka o‘rta muddatli istiqbolda do‘konlari sonini mingtadan oshirishni rejalashtiryapti. Hozirda tarmoq do‘konlari soni 150 tadan ortiqni tashkil etadi.

Click va Tengebank kuchlarni birlashtiradi


Click asoschilaridan biri va bosh direktori Ulug‘bek Rustamov hamda Halyk Bank raisi Umut Shayaxmetova

Iyul oyining oxirida raqamli to‘lovlar bozori yetakchilaridan biri Click kompaniyasi va Qozog‘istonning eng yirik banki Halyk Bank o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Bitim shartlariga ko‘ra, Qozog‘iston kompaniyasi Click’ning 49 foiz ulushini 176,4 mln dollarga sotib oladi. O‘z navbatida, Click aksiyadorlari Halyk Bank’ning O‘zbekistondagi shu’basi bo‘lmish Tengebank’ning 49 foiz ulushini 60,76 mln dollarga xarid qiladi. O‘zaro ulush almashinuvi doirasidagi bitimning umumiy qiymati 237 million dollarga teng.

Bu hamkorlik natijasida O‘zbekiston va Qozog‘istonda ishlaydigan yagona raqamli ekotizim paydo bo‘lishi kutilyapti. Bitim doirasida Click to‘lov kompaniyasi 360 mln dollarga, Tengebank esa 124 mln dollarga baholandi.

Ma’lumot uchun, Click o‘z faoliyatini 2011 yilda boshlagan va O‘zbekiston bozoriga telefon orqali (avvaliga USSD-so‘rov shaklida) to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish orqali kirib kelgan. 2025 yilning birinchi yarmida to‘lov tashkilotining sof foydasi 154,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32,2 foizga oshdi.

TBC’ning xaridlari: OLX Uzbekistan va BILLZ

Gruziyaning TBC guruhi O‘zbekistonda 2020 yilda bank ochgan, keyinchalik Payme to‘lov tizimini ikki bosqichda sotib olgandi. 2025 yilda TBC’ning O‘zbekistondagi portfeliga BILLZ va OLX Uzbekistan ham qo‘shildi.

Iyun oyi oxirida TBC Bank Group O‘zbekistondagi chakana savdoni avtomatlashtirish bo‘yicha eng yirik SaaS platformalardan biri – BILLZ’ning nazorat paketini sotib oldi.

Bitim qiymati 12 mln dollargacha bo‘lib, birinchi bosqichda 53 foiz aksiya 9 mln dollarga xarid qilindi. Ikki yil ichida bankning ulushi 60 foizgacha oshadi. Shu tariqa, BILLZ’ning qiymati 20 mln dollarga baholandi. Startap o‘z brendi ostida faoliyatini davom ettiradi, biroq TBC Uzbekistan ekotizimiga qo‘shiladi.

BILLZ 2017 yilda paydo bo‘lgan va 2020 yilda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Sturgeon Capital fondidan 150 ming dollar miqdorida institutsional investitsiya jalb qilishga erishgan. O‘sha paytda umumiy qiymati 800 ming dollar atrofida baholangan kompaniya bahosi 5 yil ichida 25 barobarga qimmatlashdi.


TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani hamda BILLZ asoschilaridan biri va bosh direktori Rustam Hamdamov

BILLZ bilan kelishuv TBC uchun ham strategik ahamiyatga ega. O‘zbekiston Markaziy banki mikrokreditlarga nisbatan talablarni kuchaytirmoqda. Unga ko‘ra, banklar portfelida mikroqarzlar ulushi 25 foizdan oshmasligi kerak. Shu paytgacha asosan chakana kreditlash bilan shug‘ullanib kelgan TBC esa endilikda BILLZ mijozlar bazasidan foydalanib, kichik va o‘rta biznes segmentidagi o‘z mavqeyini mustahkamlash va kredit portfelini diversifikatsiya qilish imkoniyatiga ega.

21 avgust kuni Gruziya banki mamlakatdagi eng yirik onlayn e’lonlar platformasi – OLX Uzbekistan ulushlarining nazorat paketini ham sotib olayotganini e’lon qildi. TBC bitim uchun Titan Investmens xalqaro investitsiya holding kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tuzgan. OLX Uzbekistan aksiyalarining 100 foizi qo‘shma korxonaga o‘tadi. TBC undagi nazorat paketiga (50 foiz + 1 aksiya), Titan Investmens esa qolgan ulushga egalik qiladi.

Sotuvchi tomon – Niderlandiyaning Prosus guruhiga kiruvchi OLX Group. Bitim qiymati ochiqlanmadi, ammo TBC’ning rasmiy relizida O‘zbekistonning oxirgi 30 yillik tarixidagi eng yirik konsentratsiya bitimlaridan biri haqida gap ketayotgani aytiladi.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, olx.uz – O‘zbekistondagi saytlar orasida eng ko‘p odam kirishi bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi – oyiga 5,4 mln faol foydalanuvchi va 2,2 millionta aktual e’lon bor. Savdo xizmatlari, tovarlar, avtomobillar va ko‘chmas mulk platformasi mamlakat faol internet auditoriyasining 20 foizdan ortig‘ini qamrab oladi. OLX o‘z brendi ostida ishlashda davom etadi, biroq kelajakda u TBC Uzbekistan ekotizimiga integratsiya qilinadi. Kelishuv summasi hozircha noma’lum.

Uzum – 1,5 mlrd dollarlik kompaniya

Avgust oyi boshida O‘zbekistondagi yirik raqamli ekotizim – Uzum Xitoyning IT giganti Tencent hamda VR Capital xalqaro investitsion fondidan qariyb 70 mln dollar jalb qildi.

Kelishuvlarda 2024 yil mart oyida yakunlangan birinchi raundning lid-investori bo‘lmish FinSight Ventures ham ishtirok etdi. Bu sarmoya natijasida Uzum’ning bozordagi bahosi taxminan 1,5 mlrd dollarga yetdi.

Jalb qilingan mablag‘lar ekotizimning o‘z fintex-infratuzilmasini rivojlantirish, mahsulotlar qatorini kengaytirish, elektron tijorat yechimlarini takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun, Uzum ekotizimi – O‘zbekistondagi eng yirik marketpleysdan tashqari, raqamli bank, bo‘lib to‘lash va taom yetkazish servislari, shuningdek, avtomobil oldi-sotdi platformasini o‘z ichiga oladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):


Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi

Published

on



Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.

2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).

Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.